Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Pergam. Attalidlar davlati. Mil.avv. 287-yil Pergam Salav-

kiylar davlati tarkibiga kirdi. Makedon zodagoni Attalning o‘g‘li 

Fileter Salavkiylarning noibi edi. U Diadozlarning o‘zaro urush-

laridan foydalanib, Pergam va bu yerda saqlanayotgan xazinani 

bosib oldi. Fileter Pergamni 22 yil boshqarib, keyin hukm-

ronlikni jiyani Attalga topshirdi. Mil.avv. 240-yil Salavkiy lar  

noibi hisoblangan Attal I Pergamni mustaqil deb e’lon qilib, 

podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning 

shimoliy-g‘arbiy qismi va Misiya

 viloyatidan iborat edi. Attalid-

lar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda mohir 

diplomatiyasi sababli, Pergam davlatining hududi mil.avv. II 

asr boshlarida G‘arbiy Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariya



 

va Likiyani qo‘shib olinishi bilan kengaydi. Bu hududlarda qa-

dimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo‘lganligi sababli, 

rivojlangan iqtisodiyotga ega edi. 

Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigi-

ga qarshi turib, g‘arbda kuchli ittifoqchi sifatida Rim davlati-




434

ga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe 

bo‘lishga olib keldi. Attal I (mil.avv. 241–197-yillar) galatlar us-

tidan g‘alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U 1- va 2-makedon 

urushlarida (mil.avv. 215-205-yillar va 200–197-yillar) rimliklar 

tomonidan ishtirok etdi. Rimliklarning homiyligi yordamida 

Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha Salavkiylar mulk-

larini egallab oldi va o‘zining eng qudratli davriga kirdi. Ammo 

Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III 

hukmronligi davrida Rim Pergam jamiyatining hukmron ta-

baqalariga kuchli ta’sir o‘tkazgan holda podsholik ning ichki 

va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. Oqibatda Attalidlar 

sulolasining so‘nggi podshosi mil.avv. 133-yilda vafot etgan At-

tal III ning vorisi bo‘lmaganligi sababli, o‘z davlatini rimliklarga 

vasiyat qilishga majbur bo‘ldi.

Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari pod-

sho Yevmen II ning noqonuniy o‘g‘li Aristonik boshchiligida 

qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Qo‘zg‘olonni yunon shaharlari aholisi 

qo‘llab-quvvatlamadi. Natijada qo‘zg‘olonchilar yengildi. Aris-

tonik mil.avv. 129-yilda rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasi-

yat qilingan podsholik o‘rniga Rimning Osiyo provinsiyasi tash-

kil etildi.

Pergam ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan 

markazlaridan biri edi. Qulay iqlim va tabiiy sharoit qishloq 

xo‘jaligini uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam 

O‘rtayer dengizi hududi aholisi uchun qishloq xo‘jaligi mah-

sulotlari yetkazib beradigan markazlardan biriga aylandi. Qul 

mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz 

savdosi yo‘llarida turganligi uchun mamlakatning boy xom-

ashyolari (metall, yog‘och, smola, teri, jun), Pergam hunar-

mandchilik mahsulotlari, jumladan

pergament qog‘ozi butun 

O‘rtayer dengizi ehtiyojlarini qondirdi.

Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka 

homiylik qildilar. Yunon tipidagi yangi shaharlarga asos sol-

dilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqti-

sodiyot va madaniyat o‘choqlariga aylandi. Attalidlar fan, ada-

biyot va san’atga faol homiylik ko‘rsatdilar. Podsholik poytaxti 

Pergamda  galatlar  ustidan  g‘alaba  sharafiga  ulkan  Zevs  ibo-

datxonasi qurildi. Yevmen

  II mashhur Pergamda kutubxona 

binosini  barpo  qildi.  Bu  kutubxona  antik  mualliflar  asarlari 

to‘plami hamda filologiya maktabiga ega bo‘lib, mashhur  Alek-

sandriya kutubxonasi bilan raqobat qildi.




435


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish