rimliklarga vassal bo‘lgan mahalliy hokimlar qo‘lida qoldi.
4. Makedoniya. Bu davlat tarkibiga Makedoniya, Yunonis-
ton va Egey dengizidagi bir necha orollar kirgan. Ptolemeylar
Misri Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin
dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlari-
dan so‘ng Makedoniya tushkunlik holatida edi. Aholining katta
qismi Aleksandr yurishlari davrida Sharqqa ko‘chdi. Antigo-
nidlar sulolasi olib borgan doimiy urushlar, shimoldagi varvar
qabilalarining xavfi makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi.
Antigonidlar sulolasi xo‘jalik hayotini qayta tiklash, aholi ning
ko‘payishiga e’tibor berishga majbur bo‘ldilar. Shu sababli,
yangi shaharlar qurilib, eskilari qayta tiklandi. Bo‘sh yotgan
yerlarga aholi ko‘chirildi. Konlar qazildi. Kemasozlik rivojlandi.
Qurilish yog‘ochlari bilan qizg‘in savdo qilindi.
Iqtisodiyotning asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi tashkil etar edi. Podshoga faqat o‘rmon va qazil-
ma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho hokimi-
yati ba’zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo‘shin yig‘ini av-
valgidek, podshoning taxtga chiqish vaqtidagi o‘z ahamiyatini
saqlab qoldi. Qo‘shin yig‘ini
oliy sudya rolida chiqar edi. Make-
doniyadagi beqaror vaziyat Aleksandr vafotidan so‘ng qariyb el-
lik yil davom etdi. Aleksandrning o‘limidan so‘ng Makedon tax-
tiga rasmiy huquqni Kassandr oldi. Uning o‘limidan so‘ng mil.
avv. 298-yilda Makedoniya taxtiga Kassandrning o‘g‘illari Lisi-
max, Ptolemey Keravn, epirlik Pirr, Dimitriy Poliorket, uning
o‘g‘li Antigon egalik qildilar. Aholining katta qismini sharqqa
ko‘chishi, dehqonlarning xonavayron bo‘lishi mamlakat ahvoli-
ni og‘irlashtirdi. Mil.avv. 276-yilda galat (kel’t)lar hujumini ikki
marta qaytardi. Shu tarzda Antigon Yunonistondagi vaziyatni
barqaror qilgan Antigon Dimitriy Poliorketning o‘g‘li bo‘lib, mil.
avv. 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon II epirlik Pirrning hujumi-
ni qaytarib, shimoliy chegarani mustahkamladi, barqaror den-
giz aloqasini yo‘lga qo‘ydi. Makedoniyani yunon shaharlariga
ta’sirini kuchaytirdi. Antigon II Gonatning avlodlari Makedoni-
yani Rim bosib olgunga qadar (mil.avv. 168-yilgacha) boshqar-
dilar. Antigonidlar sulolasi uchun Yunonistonni bo‘ysundirib
turish juda qiyin siyosiy muammo edi. Bu davrda manfaatlari
bir-biriga zid bo‘lgan yunon polislari Etoliya va Axey ittifoqlariga
birlashib, urush olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha
433
yunon polislari kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik qildi va yunon
shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi.
Rim va Ptolemeylar sulolasi yunon polislarini Makedoni-
yaga qarshi chiqishlarini qo‘llab-quvvatladilar. Ikkinchi puni
urushlari davrida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi.
Bunga qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir necha po-
lislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga undadi. Natijada mil.
avv. 215–206-yillarda 1-makedon urushi yuz berdi. Karfagenni
Gannibal ustidan g‘alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni
Italiyaga yurish xavfini yo‘qqa chiqardi.
G‘ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq tuzib, zaif-
lashgan Ptolemeylarning Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib
oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib, Rimdan yor-
dam so‘radi. Natijada 2-makedon urushi (mil.avv. 200–197-yil-
lar) boshlandi. Fessaliyadagi mil.avv. 197-yildagi hal qiluvchi
jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va Kichik Osiyodagi
barcha mulklaridan ajraldi.
Filipp V ning o‘g‘li Persey (mil.avv. 179–168-yillar) Makedoni-
yaning avvalgi qudratini qayta tiklashga urindi. Ammo u Rim
bilan urushda (3-makedon urushi mil.avv. 171–168-yillar) Pid-
na
yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g‘oliblar o‘rta-
sida to‘rt okrugga bo‘lindi. Mil.avv. 148-yilda Andriskning Rim-
ga qarshi qo‘zg‘olonidan so‘ng Makedoniya Rim provinsiyasiga
aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |