ELLIN DAVLATLARI
1. Ellinizmning mohiyati. 2. Ellin Misri (mil.avv.
323–30-yillar). 3. Salavkiylar davlati. 4. Makedoniya.
5. Pergam. Attalidlar davlati. 6. Yunoniston materigi va
orollar.
1. Ellinizmning mohiyati. Aleksandr yurishlaridan bosh-
lab to mil.avv. II asrgacha Rim Yunoniston va Yaqin Sharqda o‘z
hukmronligini o‘rnatganiga qadar bo‘lgan davr G‘arb adabiyoti-
da ellinizm davri, deb ataladi. Bu davrda savdo-hunarmand-
chilik, madaniyat o‘choqlari – shaharlar jadal rivojlandi (Alek-
sandriya, Antioxiya, Baqtra va boshqalar). Bu davrda O‘rtayer
dengizining g‘arbiy qismi Sharqning boy qadimgi madaniyati
bilan jadal tanishib, uning to‘rt ming yillik to‘plagan madaniy
yutuqlarini o‘zlashtirib ola boshladi.
Ma’naviy-madaniy hayot,
ilm-fan va san’at bu davrda yuksak darajada rivojlandi. Yan-
gi ilm-fan o‘choqlari, oliy maktablar va kutubxonalar paydo
bo‘ldi. Fan-texnikada kashfiyotlar, ixtirolar qilinib, nodir asar-
lar yaratildi. Yangi fan tarmoqlari paydo bo‘ldi. Fanning taniqli
arboblari o‘zlarining nodir asarlarini yaratdilar. Ijtimoiy-siyo-
siy, falsafiy ta’limotlar shakllandi.
«Ellinizm» tushunchasi tarix fanida birinchi marta XIX asr-
ning birinchi yarmida nemis olimi I. Droyzen tomonidan kiri-
tildi. Droyzen bu tushunchani makedoniyalik Aleksandrning
bosqinchilik yurishlaridan keyingi katta tarixiy davrga nisbatan
qo‘lladi va uning mazmunini madaniy soha bilan chekladi.
XX asrning 50-yillari boshlaridan ko‘pchilik tarixchilar el-
linizm davrini siyosiy-iqtisodiy va madaniy-mafkuraviy so-
halarda mahalliy (Sharq) va ellin (G‘arb) madaniyatining sin-
tezi natijasida madaniy taraqqiyotning yangi bosqichi deb hi-
soblaydilar. Bu sintez qadimgi Sharqning ko‘pgina hududlari
yunon-makedon istilolari oqibatida aniq tarixiy vaziyatda amal-
ga oshdi degan tushuncha hukm suradi. Haqiqatga esa, mil.
avv. I ming yillikdan boshlab, ayniqsa, dunyoda birinchi bor
uch qit’ani birlashtirgan ulkan Ahmoniylar imperiyasi davrida
Sharq va G‘arbning madaniy-iqtisodiy aloqalari va madaniyat-
lar muloqoti boshlangan edi.
425
Ellin davrining uch yuz yillik xronologik davri uch tizim-
li izchil bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich Aleksandrning
Sharqqa yurishlari, uning davlatining tashkil topishi va dia-
doxlar urushlari natijasida bu davlatning yemirilishi (mil.avv.
334–281-yillar)ni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich (mil.avv.
280-mil.avv. II asr o‘rtalari) yunon-sharq davlatchiligi, iqtisodi-
yoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri. Ellin davrining
yetuklik bosqichi. Uchinchi bosqich mil.avv. II asr o‘rtalaridan
ellin davlatchiligining oxir-oqibatda yemirilishiga olib kelgan
tushkunlik belgilarining yaqqol ko‘rinishi bilan tavsiflanadi.
So‘nggi ellin davlati – Ptolemeylar Misrining mil.avv. 30-yilda
halokatga uchrashi va uning Rim davlati tarkibiga qo‘shib olini-
shi bilan belgilanadi. Bu vaqt Ellin tafakkurining yaqqol so‘nish
davri edi. Ilgari Ellin davlatlariga qarashli butun hudud g‘arbda
Rim, sharqda Parfiya davlatlari tomonidan bo‘lib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |