4. Tarixnavislik, arxeologik topilmalar. An’anaviy Xitoy
tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat ajralib turadi: Xi-
toy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunli-
gi; Xitoy davlatchiligining kelib chiqishini afsonalarga bog‘lab
o‘ta qadimiylashtirish. Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda
yapon olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini bar-
cha davrlari o‘rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka
Sigeki qadimgi Xitoy davlatlarining shakl lanishiga oid kapital
tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari
katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima
Syanning «Tarixiy yozishmalar»ini tarjima qila boshladi. Mash-
hur sharqshunos, fransuz olimi A. Maspero o‘zining «Qadimgi
Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi. AQShda XX asrning 60-yil-
lari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish» xalqaro jamiyati
tashkil topdi (AQShda kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan olimlar Xi-
toy tarixini o‘rganadilar). Amerikalik olim Rixtgofenning ilgari
surgan nazariyasi qadimgi Xitoy madaniyatini kelib chiqishiga
ko‘ra, Xitoy xalqining ajdodlari Xitoy hududiga qadimgi davr-
larda O‘rta Osiyodan yoki Sharqiy Turkistondan (hozirgi G‘ar-
biy Sinzyan) ko‘chib kelganlar. Rixtgofen nazariyasini uning
tarafdorlari quyidagi dalillar bilan asosladilar:
1. Xitoy hududida ilk odamlarning suyaklari topilmagani;
2. Shimoliy Xitoyning turli hududlaridan topilgan neolit davri
naqshli sopol buyumlari keyingi davr Xitoy keramikasidan bu-
tunlay farq qiladi va o‘xshash emas. U o‘z tipiga ko‘ra, Tripole
naqshli keramikasiga yaqinlashadi.
3. Qadimgi Xitoy mifologiyasida «bizning ajdodlar g‘arbdagi
tog‘lardan keldilar» deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.
XIX asrning oxirida arxeologlar mil.avv. XI–V asrlarga oid
In va Chjou sulolalariga tegishli jez ko‘zalarga tushirilgan
yozuv lar, hayvon suyaklari va toshbaqa qalqonidagi bitiklar-
ni topdilar.
Shved geologi G. Anderson 1914-yilda ilk bor Xitoyda paleo-
lit va neolit yodgorliklarini topdi. Fransuzlar Suyyuan provin-
siyasidan mustye qurollari va neandertal odamning tishlarini
topdilar. XX asrning 20-yillarida yosh Xitoy olimi Pey Ven-
Chjun Pekindan 50 km janubiy-g‘arbda joylashgan Chjou-
278
koudyan qishlog‘i yaqinidagi g‘ordan eng qadimgi odamlardan
biri bo‘lgan sinantrop qoldig‘ini va quyi paleolit tosh qurollar-
ini topdi. Shu yillarda Anderson Xenan provinsiyasidan neolit
davri manzilgohi va bu yerdan yerto‘lalar, silliqlangan tosh qur-
ollari, naqshli loy idishlarni topdi. Bu madaniyat topilgan qish-
loq nomi Yanshao madaniyati deb ataldi. Bu madaniyatning
so‘nggi bosqichida mis buyumlar paydo bo‘ladi.
1930-yil Shandun provinsiyasidan neolit madaniyati manzil-
gohi ochildi. Bu yerda qora va sariq rangli silliqlangan idishlar
topildi. Bu madaniyatning Yanshao madaniyatidan farqli tomoni
shundaki, bu yerdan topilgan sopol buyumlarda naqshlar yo‘q.
Bu Lunshan madaniyati nomini oldi. Bu madaniyatga tegishli
Chenszyay manzilgohi mustahkam devor bilan o‘rab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |