Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy III asr)



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

7. Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy III asr). Mil.

avv. IV asrda boshqa davlatlarda ham davlat hokimiyatini mus-

tahkamlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni barqaror qiladigan 



286

islohotlar o‘tkazildi. Amaldor Shan Yanning mil.avv. 350-yil-

larda o‘tkazgan islohoti natijasida Sin davlati qudratli davlatga 

aylandi. Shu davrdan boshlab Sin hukmdorlari bosqinchilik si-

yosatini olib bordilar. Qo‘shni davlatlarning ichki ziddiyatlari va 

o‘zaro urushlaridan foydalangan Sin vanlari qadimgi Xitoyning 

barcha davlatlari hududlarini bosib ola boshladilar.

Mil.avv. 246-yil Sin taxtiga 10 yoshli In Chjen chiqdi. Mil.

avv.  238-yil  yosh  podsho  Chjen  o‘ziga  qarshi  fitnani  fosh  qil-

di. Mil.avv. 230-yil asosiy raqib bo‘lgan Xan podsholigini, mil.

avv. 228–221-yillar oralig‘ida boshqa besh podsholiklarni bosib 

oldi. Mil.avv. 221-yil Shandun yarim orolidagi so‘nggi mus-

taqil davlat Si podsholigi bosib olinib, Xitoy o‘z tarixida ilk bor  

yagona davlatga birlashtirildi. Sin davlatining poytaxti Syanyan 

umumxitoy davlati poytaxti deb e’lon qilindi. Sin vani 28 yoshli 

In Chjen Sin Shixuandi («Sin sulolasining birinchi imperato-

ri») unvonini qabul qildi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga 

ko‘ra, Ershi («Ikkinchi»), San’shi («uchinchi») va toki o‘n ming-

lab avlodlargacha ular abadiy merosxo‘r bo‘ladilar», deb o‘z far-

monida tantanali e’lon qildi. Ammo bu davlat bor-yo‘g‘i 14 yil 

yashadi. 

Sin Shixuandi bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Shi-

molga yurish qilib, syunnu qabilalarini Xuanxe havzasidan 

haydab chiqardi. U Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamga 

 

yurish qildi. Qo‘shin bu yurishda juda katta talafot ko‘rdi. Qad-



imgi Ve’tnamning Namyue (Namvyet) va Oulo (Aulak) davlatlari 

rasman bo‘ysundirildi xolos. Sin davlatining poytaxti Chyanyan 

imperiya poytaxtiga aylantirildi.

Sin Shixuandi butun mamlakatda Shan Yan ko‘rsatmalarini 

yuritdi. Sin hududi zodagonlari imtiyozli mavqega ega bo‘lib, 

barcha davlat lavozimlarini egallab oldilar. Ieroglif yozuv uni-

fikatsiya  qilinib,  soddalashtirildi.  Barcha  to‘la  huquqli  erkin 

fuqaro uchun qonun bilan «qoraboshlar» nomi belgilandi. Qul-

lar bozori tashkil etildi. 

Mamlakat hududi 36 yirik ma’muriy okrug (szyun)ga bo‘lin-

di. Har bir okrug uyezdlar (szyan)ga, uyezdlar volostlar (szyan)

ga, volostlar esa bir necha jamoa (li)dan iborat edi. Okrug bosh-

lig‘i (szyun shou) va okrug qo‘shin boshlig‘i (szyun vey) impe-

rator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig‘i uyezd boshlig‘i va 

ularning o‘rinbosarlarini tayinlagan. Har ikki lavozimga bir xil 

miqdorda maosh berilgan. Jamoa oqsoqollari (fulao yoki sanlao) 

saylab qo‘yilgan. Imperatorning ikki maslahatchisi (chensyan) 



287

bo‘lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. Impe-

ratorning barcha farmonlarini hayotga tadbiq qilishga mas’ul 

bo‘lganlar. 

Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, impe-

rator oilasi bo‘limi va inspeksiya nazorat bo‘limlaridan tash-

kil topgan. Harbiy ishni imperiyaning barcha qo‘shinlarining 

qo‘mondoni (tayvey) boshqargan. Unga okrug harbiy boshliqlari 

bo‘ysungan. Moliya boshqarmasi boshlig‘i Chjisuneyshi deb 

atalgan. Sud boshqarmasi boshlig‘i tinveyning vakolatiga jinoiy 

qonunlarni bajarish va nazorat qilish kirgan. Imperator oilasi 

bo‘limi boshlig‘i (shaofu) imperator oilasi shaxsiy ehtiyojlari-

ning ta’minoti bilan shug‘ullangan. 

Qat’iy markazlashgan davlat boshqaruv apparatida eng 

quyi bo‘g‘inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat jamiyat 

hayotining barcha jabhalarini qat’iy bir qolipga soldi. Aholi-

dan barcha qurollar tortib olinib, qo‘ng‘iroqlar quyildi. Mam-

lakat bo‘yicha yozuv, pul, tanga, o‘lchov birliklari, yo‘llarning 

kengligi,  aravalarning  o‘lchami  unifikatsiya  qilindi.  Beqi yos 

shavqatsiz ruhda bo‘lgan yagona qonunchilik tizimi joriy 

qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan. O‘lim jazosi 

barcha ayblar uchun qo‘llanilgan. Jinoyatchilar ommaviy 

ravishda 

katorga ishlariga surgun qilingan. Mafkura ham 

bir  xil  qilindi;  xususiy  maktablar  taqiqlandi;  ta’lim  davlat 

tasarrufiga  o‘tdi.  Eskilik  to‘g‘risida  fikrlash  jinoyat  deb  qa-

raldi. Konfutsiy kitob lari yoqilib, 460 olim hukmdor farmoni 

bilan tiriklay yerga ko‘milgan. Odamlar Sin davridan oldin-

gi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan 

oldingi davrda yozilgan asarlarni yo‘q qilishga buyruq beril-

gan. Qadimiyatga e’tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy 

ta’limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo‘q qilingan. Butun 

Xitoy aholisi og‘ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko‘rilma-

gan qurilish bo‘lgan: shimoldan xunnlardan himoya vositasi 

bo‘lgan 5 ming km uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorini bun-

yod qilishga kirishildi. Uzoq davom etgan istilochilik urush-

lari, Buyuk Xitoy devori, sug‘orish inshootlarining qurilishi, 

yo‘llar, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va shaharlar qu-

rilishi ulkan xarajatlar, yuz minglab odamlarni qurbon qilish 

evaziga amalga oshirildi. Sin Shi Xuandi istilochilik urush-

larini olib bordi. Shimolda 300 ming kishilik Xitoy qo‘shini 

xunnlarga zarba berdi. Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamni 

bosib olish uchun urush olib borildi. Xitoy qo‘shini ulkan 




288

yo‘qotishlar evaziga qadimgi Ve’tnamning Namvyet va Aulak 

davlatlarini rasman bo‘ysundirdi. 

Epon imperator saroyi va tog‘ qoyatoshida o‘yib qurilgan im-

perator sag‘anasida o‘rtacha odam bo‘yi balandligida bo‘lgan 6 

ming jangchi haykallari joylashtirildi. Xitoyning barcha hudud-

lari aholisi bu qurilishlarga majburan, zo‘ravonlik bilan haydab 

kelindi. Sin Shixuandi mil.avv. 210-yil to‘satdan 48 yoshida va-

fot etdi. Uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat qo‘zg‘olonlar 

ichida qoldi. Qo‘zg‘olonchilar boshida dehqon yo‘lboshchilari va 

eski zodagonlarning vakillari turdilar. Qo‘zg‘olonchi guruhlar-

dan birining omadli yo‘lboshchilaridan biri, oddiy jamoachilar-

dan chiqqan Lyu Ban xalq harakati kuchlarini birlashtirdi. Har-

biy ishga Sin hokimiyatining dushmanlari bo‘lgan merosiy zo-

dagonlarni jalb qildi. Qo‘zg‘olonchilar mil.avv. 207-yil poytaxt ni 

ishg‘ol qilib, Sin sulolasini hokimiyatdan mahrum qildilar. 

Mil.avv. 202-yilda Lyu Ban Gao-szi nomi bilan imperator deb 

e’lon qilindi (mil.avv. 202–195-yillar) va u yangi Xan sulolasi 

asoschisi bo‘ldi. Xan sulolasi davri (mil.avv. 202-yildan – mi-

lodiy 220-yillar) qadimgi Xitoy xalqi shakllanishining muhim 

bosqichidir. Shu davrdan boshlab xitoyliklar o‘zlarini xan – etnik 

nomi bilan atay boshladilar. Xan davri ikki bosqichga bo‘lina-

di: Katta Xan (yoki ilk Xan) davri mil.avv. 202-yildan – milodiy 

8-yilgacha va Kichik Xan (yoki so‘nggi Xan) milodiy 25-yildan 

- 220-yilgacha. Yangi sulola Sin qonunlarini bekor qildi, lekin 

Sin ma’muriy bo‘linishi va boshqaruv tizimi hamda ko‘p iqti-

sodiy tartib-qoidalar saqlab qolindi. Lekin mavjud siyosiy vazi-

yat Luyu Banni markazlashuv tamoyilidan chekinishga majbur 

qildi, u bir qism yerlarni o‘z safdoshlariga mulk qilib berishga 

majbur qildi. Ulardan eng kuchli yettitasi «Van» unvonini olib, 

oliy zodagon darajasiga ko‘tarildi. Lyu Banning vorislari uchun 

ularning separat harakatlariga qarshi kurash eng birinchi ichki 

siyosiy muammo bo‘ldi. Vanlarning kuchi faqat imperator U-di 

davrida (mil.avv. 140–87-yillar) to‘la sindirildi. 

Imperator Gao-szu (Lyu Ban, mil.avv. 202–195-yillar) 

xalqning ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga 

oshir di. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilindi-

lar. Jamoa larga vaq tinchalik imtiyozlar berildi. Soliqlar Sin 

davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilning 1/15 qismini 

tashkil etdi. Imperator Syao Ven-di (mil. avv. 180–165-yillar) 

xalqning ahvolini yanada yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini 

kamaytirdi. Dehqonlardan olinadigan yer solig‘ini kamaytirdi. 




289

Qarindoshining jinoyati uchun jazolash, imperatorni haqorat 

qilgani uchun jazo berish bekor qilindi

Xitoy iqtisodiyotining 

asosi bo‘lgan deh qonchilikda asosiy ishlab-chiqaruvchilar deh-

qon jamoatchilar edi. Ular yer solig‘i (hosilning 1\15, 1\30 qis-

mi), jon solig‘i, xo‘jalikdan olinadigan pul soliqlariga tortildilar. Er-

kaklar mehnat majburiyati (yilda bir oy, uch yil davomida), harbiy 

(2 yillik armiya va har yili 3 kunlik garnizon xizmati) majburiyatini 

o‘tadilar. Xan davrida hunarmandchilik va savdo sohasi rivojlan-

di. Poytaxt Chanyan va Linszi shaharlarida yarim milliongacha, 

boshqa ko‘pgina shaharlarda 50 mingdan ortiq aholi yashar edi. 

Shaharlar o‘z-o‘zini boshqarish organlariga ega edilar. Qullar ko‘p 

sonli bo‘lib, dehqonchilik va hunarmandchilikda hamda davlat 

xo‘jaligida qul mehnatidan keng foydalanilgan. Har bir shaharda 

qul bozori mavjud edi. Mil.avv. II asrda Sariq dengizdan boshla-

nib, O‘rtayer dengizigacha borgan Buyuk Ipak yo‘li shakl landi. 

Imperator U-di davri (mil.avv. 140–87-yillar) qadimgi Xitoy 

ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi edi. U-di 

markazlashtirish siyosatini olib bordi. Vanlar va oqsuyak zo-

dagonlarga meros mulkni faqat katta o‘g‘li emas, balki bar-

cha o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlash joriy etildi. Natijada merosiy 

mulklarning hajmi keskin qisqarib, ular amalda hokimiyatdan 

mahrum bo‘ldilar. Markaziy davlat apparati mustahkamlan-

di. Mamlakat hududi 14 okrugga bo‘lindi. Okrug amaldorlari 

faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori lavozimi qayta 

tiklandi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik vazifasiga qo-

biliyatli kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilindi. 

Ma’muriy mansablarni egallash uchun davlat imtihonlari tizimi 

joriy qilindi. Imperatorning birinchi maslahatchisi ni vakolat 

doirasi cheklandi. Imperator devonxonasi tashkil etilib, impe-

rator hududlarni boshqarish tizimlari faoliyatini nazorat qilish 

imkoniyatiga ega bo‘ladi. U di, Lyu che davrida konfutsiylikni 

davlatning rasmiy mafkurasiga aylanish jarayoni tugallandi. 

Xitoy azaldan o‘zining shimoliy qoshnisi xunnlar bilan 

 

yaqin aloqada bo‘lishga majbur bo‘lgan. Mil.avv. 214-yilda Sin 



Shi Xuandining 300 ming kishilik qo‘shini xunnlarga qarshi 

urushib, ularni Inshan tog‘ etaklari va Xuanxe daryosi vodiysi-

dagi o‘tloq yaylovlardan mahrum qildi. Shimoliy chegaralarni 

xunnlardan himoya qilish uchun Xitoy devorini bunyod qildi. 

Ammo Xitoyning bu g‘alabasi vaqtinchalik edi. Mil.avv. 200-yil-

da xunnlar xitoy qo‘shinlarini to‘la yanchib tashlab, imperiyani 

«Tinchlik va qon-qarindoshlik» shartnomasini imzolashga maj-



290

bur qildilar. Shartnomaga ko‘ra xunnlar hukmdori xitoy ma-

likasiga uylanishi va har yili xitoyliklar sovg‘a-salom (o‘lpon) 

jo‘natishlari kelishib olindi. Xan imperiyasi Mode boshchiligida 

kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni 

olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar kelti-

rib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi 

qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan 

otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi. 

Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qar-

shi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofi-

dagi hududlardan siqib chiqarildi. 

Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Shar-

qiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di 

mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy 

o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib kela-

di. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga 

ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana 

shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa 

asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga 

boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Ko-

reya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi. 

Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixi-

da «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi. 

Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud 

edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozor-

lari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning 

iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar ol-

di-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul 

qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana 

boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqo-

rilab ketdi. Yollanma mehnat keng tarqaldi.

Milodiy birinchi yillarda yirik amaldor Van Man imperator 

hokimiyatiga ega bo‘lib, yer egaligi va quldorlik munosabat-

larida islohot o‘tkazdi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi 

kuchayib, katta-katta yer maydonlari boy zodagonlar qo‘lida 

to‘planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki 

deb e’lon qilib, yer sotishni taqiqladi. Qul savdosi ham taqiqlan-

di. Ammo bu islohotlar amalga oshmadi. Shandun viloyatida 

milodiy 18-yilda «Qizilqoshlilar» xalq harakati boshlanib, poy-

taxt Chanyan egallanib, Van Man o‘ldirildi. Hukmron tabaqa 

xalq harakatini uyushmaganidan foydalanib, tashabbusni o‘z 




291

qo‘liga oldi. Xan sulolasining kichik vakili Guan Udini (mil. 

25–57-yil) imperator deb e’lon qildi. «Qizilqoshlilar» qo‘zg‘olo-

ni 29-yil bostirildi, yangi imperator qullarni tamg‘alash, qul-

ni xo‘jayin tomonidan o‘ldirilishini taqiqlovchi qonunlarni e’lon 

qildi, qulchilikni cheklovchi, xalqning ahvolini yengillashtiruv-

chi tadbirlarni amalga oshirdi. Shimoliy Ve’tnamda opa-singil 

boshchiligida Xitoyga qarshi xalq ozodlik harakati boshlanib, 

bu harakat 44-yilda zo‘rg‘a bostirildi. 

Xunn davlati hukmdori Mode dun-xu, yueji, usun va qirg‘izlar 

(gyangun)ni bo‘ysundirdi. Keyin esa Xitoyga bostirib kirib, im-

perator Lyu Banni o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Mil.avv. I asrda 

Xitoyning makkor diplomatiyasi xunnlar orasiga nifoq soilish-

ga erishdi. Oqibatda, xunn davlati parchalanib, davlat boshlig‘i 

Shanyuning  hokimiyati  o‘ta  zaiflashdi.  Paytdan  foydalangan 

Xitoy xunnlarga qarshi qo‘shin tortdi va ularni Xitoyga qaram 

qildi  (mil.avv.  51-yil).  Milodiy  I  asr  boshlarida  Xitoy  zaiflash-

di. Xunnlar o‘z mustaqilligini qayta tikladilar. Lekin Xitoy yana 

xunnlar orasiga nifoq urug‘ini sochib, milodiy 48-yilda sakkizta 

xunn urug‘ini o‘ziga qaram qildi. Xan davlati xunnlarni to‘la 

zaiflashtirish  va  davlat  sifatida  yo‘q  qilish  siyosatini  davomiy 

olib bordi. Xunnlar janubiy va shimoliy qismlarga bo‘linib ket-

dilar. Milodiy III asr boshlarida o‘zlarining shimoliy urug‘dosh-

lari bilan birga 304-yilda Lyu-Xann (304–318-yillar) imperiya-

sini tashkil etdilar va Katta Chjao, Kichik Chjao podsholiklarga 

bo‘linib ketdilar. Kichik Chjao 329-yil Katta Chjao davlati va 

shimoliy Xitoyni bo‘ysundirdilar. Lekin xunn hukmdori asrandi 

o‘g‘il qilib olgan Xitoy lashkarboshisi Jan Min 350-yilda hoki-

miyatni bosib oldi. U kichik Chjao davlatidagi barcha xunnlarni 

qirib tashlashga buyruq berdi. Faqat Ordosda va Nanshan (ho-

zirgi Gansu provinsiyasi)da yashagan xunnlar tirik qoldi. 

I asrning ikkinchi yarmidan Xitoy Rim bilan savdo aloqala-

rini o‘rnatdi. Birma va Assam orqali Hindiston bilan, Koreya 

orqali Yaponiya bilan aloqa o‘rnatildi. Bu vaqtda Xitoyda 68 

mln kishi yashagan edi, bu butun dunyo aholisining 15 qis-

mini tashkil etar edi. III asrdan Xitoyda tushkunlik boshlandi. 

Dehqonlarning yersizlanishi kuchaydi, pul-tovar xo‘jaligi zaif-

lashdi, pul-tanga iste’moldan chiqib, natural mahsulot ayir-

boshlash keng tus oldi. Iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy tushkunlik 

oqibatida 184-yilda «Sariq belbog‘lilar» deb nomlangan kuchli 

xalq harakati boshlandi. Harakat 10 yil davomida sehrgar-tabib  

Chjan Syao tomonidan tayyorlangan edi. Harakat davlat hokimi-




292

yati binolarini buzib tashladi, amaldorlarni o‘ldirdi. Mulkdor 

tabaqalar bu harakatga qarshi birlashib, zo‘rg‘a bostirdilar, 

xalq harakati bostirilgach, g‘oliblar hokimiyat uchun o‘zaro ku-

rash boshladilar. Natijada Xann imperiyasi 220-yil uch mus-

taqil podsholik: Vey, Shu va U davlatlariga bo‘linib ketdi. Bu 

davr San-Go-uch podsholik davri deb ataladi (220–280-yillar). 

Vey davlati shimoliy-g‘arbiy va markaziy Xitoy hamda hozirgi 

Dunbeyning janubiy qismini, U davlati Xitoyning janubi, janu-

bi-sharqiy qismini egalladi. Shu davlati janubi-g‘arbiy Xitoy, 

qisman Shansi va Xubey hududlarini egalladi. Shu davlati qirq 

uch yil yashadi, 263-yilda Vey davlatiga qo‘shib olindi. Vey dav-

latida hokimiyatni sarkarda Sima Yan bosib olib, Szin sulo-

lasiga (265–420-yillar) asos soldi. U davlati 280-yilda bu sulola 

tomonidan bosib olindi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish