6.Ahmoniylar Eroni davlatining siyosiy tarixi. Navbatda-
gi Parsuash hokimi
Kambiz I ning o‘g‘li Kayxusrav II bo‘lgan.
Mil.avv. 558-yilda fors qabilalari podshosi bo‘ldi. Forslar o‘zlari
qaram bo‘lgan Midiyaga qarshi mil.avv. 553-yilda Kayxusrav II
boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Kayxusravning otasi Kam-
biz Midiya podshosi Astiagning qiziga uylangan edi. Urush uch
yil davom etdi va mil.avv. 550-yilda forslarning g‘alabasi bilan
tugadi. Midiyaning poytaxti Ekbatana fors podshosining qa-
rorgohlaridan biri bo‘lib qoldi. Midiya bosib olinganidan keyin
forslar qo‘shni mamlakatlarga yurish boshladilar. Ular mil.avv.
549–548-yillar Parfiya va Girkaniyani va ehtimol, Armaniston-
ni bosib oladilar. Mil.avv. 547-yilda forslar Kichik Osiyoda eng
kuchli davlat hisoblangan Lidiyani istilo qilishga kirishdilar va
ikki jangdan so‘ng Lidiya podsholigi istilo qilinadi. Shundan
so‘ng, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari Kayxusrav hokimiya-
tini ko‘ngilli tan oldilar.
Kayxusrav mil.avv. 545-yildan 530-yilgacha hozirgi Eron-
ning sharqiy hududlari, Afg‘oniston va Hindiston, O‘rta Osiyo-
dagi ba’zi viloyatlarni va Marg‘iyona, Xorazm, So‘g‘diyona,
Baqtriya, Ariya, Gedrosiya, Sattagidiya, Araxosiya va Gand-
xarani bo‘ysundirdi. Ahmoniylar davlati hududlari Hindiston-
ning shimoliy-g‘arbiy chegaralarigacha, Hindiqushning janubiy
yonbag‘irlarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo‘nalish-
larda o‘z ta’sirini mustahkamlab oldi. Shundan so‘ng Kayxus-
ravning navbatdagi yurishi natijasida mil.avv. 539-yil kuzida
Bobil podsholigi bosib olindi. Bobil podsholigi rasman saqlab
qolinib, uning ijtimoiy tuzilmasi o‘zgartirilmadi. Bobil shahri
fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylantirildi.
Bobil davlat boshqaruvida bobilliklar yetakchi o‘rinda qolaver-
222
di. Bobilliklarning qadimgi diniy e’tiqodlariga fors podsholari
homiylik qildilar. Amalda Bobil mustaqil davlatdan Ahmoniylar
satrapiyasi (viloyati)ga aylandi. Mamlakat mustaqil siyosat yu-
ritishdan mahrum bo‘ldi. Ichki siyosatda oliy harbiy va ma’mu-
riy hokimiyat fors podshosining noibi qo‘liga o‘tdi.
Shundan so‘ng Suriya, Falastin va Finikiyaning shahar-dav-
latlari Misr chegaralarigacha Kayxusravga ko‘ngilli ravishda
bo‘ysundilar. Finikiya, Bobil va Kichik Osiyoning savdo-hunar-
mand qatlamlari tranzit savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlay-
digan kuchli markazlashgan davlatdan manfaatdor edilar. Shu
sababli, ular qudratli Fors davlatini qo‘llab-quvvatladilar.
Kayxusrav buyuk imperiyaning boshlanishiga asos soldi.
Uning davridan boshlab, fors urug‘-qabila yo‘lboshchilari im-
periyaning oliy amaldorlari satrapliklarning noiblariga aylandi-
lar. Ular katta-katta yer va mulklar, boyliklarga ega bo‘ldilar.
Oddiy forslar harbiy tabaqaga aylandilar, harbiy turmush tar-
zida yashadilar. Fors harbiylariga ajratilgan yerlarda qaram
kishilar, qullar ishladilar. G‘olibona yurishlardan ulkan harbiy
o‘ljalar, o‘n minglab asirlar olib kelindi. Asirlar shaharlar, ibo-
datxonalar, yo‘llar va sug‘orish inshootlari qurilishida ishlatildi.
Bosh poytaxt Persepolning ulkan hashamatli saroylari ularn-
ing kuchi bilan tog‘yonbag‘rida bunyod qilindi. Vaqt o‘tishi bi-
lan oliy amaldorlar, satraplar turli yo‘llar bilan mislsiz boylik
to‘pladilar va markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ydilar. Ox-
ir-oqibatda davlat hokimiyati zaiflashdi va qariyb 200 yildan
so‘ng halokatga yuz tutdi.
Yangi shakllangan fors davlatining shimoliy-sharqiy chega-
ralarida jangovar sak va massagetlar yashar edi. Bu gabilalar
azaldan Eron chegara hududlaridagi yaulovlarda ko‘chib uyr-
ganlar. Kayxusrav ularni o‘z chegaralariga bostirib kirish xavfi-
ni tugatish uchun mil.avv. 530-yilda massagetlar ustiga yurish
qildi. Uning maqsadi massagetlarni bo‘ysundirish edi. Gerodot
tarixida bu yurish batafsil tasvirlanadi. Massagetlar malikasi
To‘maris tomonidan Kayxusrav qo‘shini Amudaryoning shar-
qiy tomonida mil.avv. 530-yil avgust boshlarida bo‘lgan katta
jangda yanchib tashlandi. Bu jangda Kayxusravning o‘zi o‘ldi-
rildi.
Mil.avv. 530-yil avgust oyida Fors taxtiga Kambiz (Qo‘mbiz)
chiqdi. Kambiz o‘z hokimiyatini mustahkamlab, Misrga yurish-
ga tayyorlana boshladi. Misr fir’avni Amasis (Yaxmos II) bu
vaqtda tashqi xavfni oldini olish uchun mamlakatning iqti-
223
sodiy-harbiy qudratini mustahkamlashga kirishdi. U yunon
yollanma askarlarini o‘z qo‘shini tarkibiga kiritdi. Fir’avn Kipr,
Lidiya va Bobil bilan ittifoq tuzgan edi. Lekin Lidiya, Bobil tez
orada Kayxusrav tomonidan bosib olindi. Kambis Misrga katta
qo‘shin va flot bilan yurish boshladi. Shu vaqtda yaxshi tash-
kilotchi fir’avn Amasis vafot edi. Yangi fir’avn Psammetix III
Misrni forslar bosqinidan saqlab qola olmadi. Yollanma yunon
qismlari sarkardasi Fanes xoinlik qilib, forslar tomoniga o‘tib
ketdi. Pelusiya yonidagi jangda va Memfis shahri himoyasida
misr qo‘shinlari kuchli qarshilik ko‘rsatdilar, lekin misrliklar
yengildilar. Forslar mamlakat poytaxti Memfisni bosib olib, ikki
ming kishini qirib tashladilar. Psammetix III ning o‘g‘li ham qatl
qilindi. Lekin Psammetixning o‘ziga Kambiz shafqat ko‘rsatdi.
Mil.avv. 525-yil avgust oxirida Kambiz Misr fir’avni deb e’lon
qilindi. U Misr urf-odati bo‘yicha toj kiydi va yangi XXVII sulo-
laga asos soldi. Misrni bosib olgach, Kambiz janubga Nubiyaga
qarshi yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmay yurush boshladi. Yetar-
licha oziq-ovqatga ega bo‘lmagan qo‘shin suvsiz sahroga tushib
qoldi. Qo‘shinda odamxo‘rlik boshlanib, Kambiz cheki nishga
majbur bo‘ldi. Harbiy yurish muvofaqiyatsiz tugadi. Kambiz-
ning og‘ir vaziyatga tushib qolganidan foydalanib, misrliklar
qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Kambiz (mil.avv. 524-yil) Memfisga qaytib,
Misrda boshlangan qo‘zg‘olonni bostirdi. Kambiz uch yil Misr-
da qolib ketdi. Mil.avv. 522-yil mart oyida uning kichik ukasi
Bardiya qo‘zg‘olon ko‘tarib, Eronda podsho bo‘lgani to‘g‘risidagi
xabarni oldi. Kambiz Eronga qaytish uchun yo‘lga chiqib, sirli
holda vafot qildi (mil.avv. 522-yil).
Kambizning vorisi Doro I ning Behistun qoya yozuvlarida
bayon qilingan rasmiy farazlariga ko‘ra, Kambiz Misrga yurishi-
ga qadar o‘zining ukasi Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy
ravishda o‘ldirishga buyruq beradi. Mag Gaumata ismli kimsa
bundan foydalanib, o‘zini Bardiya deb e’lon qiladi va u 522-yil
2-martda Bardiya nomi bilan taxtga o‘tiradi. Bardiya-Gaumata
qaram xalqlarni o‘ziga moyil qilish uchun soliq va harbiy maj-
buriyatlarni uch yilga bekor qiladi. U fors urug‘-zodagonlari ning
imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va siyosiy hukm-
ronligini tugatish uchun harakat qildi. Shu sababli, u mam-
lakatdagi keng xalq ommasini qo‘llab-quvvatlashiga erishadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Gaumata to‘g‘risidagi faraz
asosli emas. Hokimiyatga haqiqiy Bardiya kelgan. U yetti oylik
boshqaruvdan so‘ng, 522-yil 29-sentabrda yetti fors urug‘ining
224
aslzoda vakillari bo‘lgan fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fit-
nachilardan biri 28 yoshli Doro (mil.avv. 522–486-yillar) podsho
taxtiga o‘tirdi. Doro I mil.avv. VII–VI asrlarda Kayxusravgacha
hukmron bo‘lgan Ahmoniy podsholari avlodidan edi. Doro ning
o‘zi fors urug‘ aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli
Bardiya bekor qilgan zodagonlarning imtiyozlarini qayta tiklay-
di. Doro I taxtga o‘tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko‘taril-
gan qo‘zg‘olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam,
Marg‘iyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg‘oniston), O‘rta
Osiyoning sak qabilalari va Misr qo‘zg‘olon ko‘taradi. Forsning
o‘zida ham o‘zini Bardiya deb e’lon qilgan Vaxayazdata nomli
kimsa Doroga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Sharqiy Eron viloyat-
lari va Afg‘onistongacha bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Mil.avv.
521-yil 16-iyulda Doro Vaxayazdata qo‘shinlarini tor-mor qildi.
Midiyada o‘zini Midiya podshosi Kiaksar urug‘idan deb hi-
soblagan Fravartish (Fraorti II) qo‘zg‘olon ko‘tarib, hokimiyatni
qo‘lga oldi. Doro bu qo‘zg‘olonni ham bostirdi. Mil.avv. 521-yil
yoziga kelib, Doro qo‘shinlari besh jangdan so‘ng Afg‘onistonni
qayta bo‘ysundirdi. Doroning qaynotasi Dadarshish Parfiya va
Girkaniyadagi g‘alayonlarni bostirdi. Bu vaqtda Bobilda so‘nggi
qo‘zg‘olon boshlanib, mil.avv. 521-yil 27-noyabrgacha davom
etdi. Doro I taxtga chiqqanidan bir yil o‘tgach, o‘z hokimiyatini
bir qadar mustahkamladi. U mil.avv. 519-yilda O‘rta Osiyoga
saklarga qarshi yurish qildi. Saklar podshosi Skunxa qo‘shi-
ni tor-mor qilindi. Bu yurish to‘g‘risida Doro I ning Behustun
yozuv
larida aytib o‘tiladi. Forslar mil.avv. 519–512-yillarda
Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoliy-g‘arbiy qismini
bosib oldilar. Mil.avv. VI asrning oxirida Ahmoniylar davlati
chegaralari sharqda Hind daryosidan g‘arbda Egey dengiziga-
cha, shimolda Armanistondan janubdan Nilning birinchi osto-
nasigacha yetib boradi. Doro I ning faol istilochilik yurishlari
natijasida dunyo tarixida birinchi bor Osiyo, Afrika, Yevropada-
gi o‘nlab mamlakatlar va xalqlarni o‘z ichiga olgan ulkan im-
periya tashkil topdi.
Doro I Shimoliy Afrikada Liviyaning bir qismini, Bolqonda
Frakiyani, Samos va boshqa yunon orollarini bosib oldi. Uning
vorisi Kserks Yunonistonni to‘liq bosib olishni rejalashtirgan
edi. Fors davlatining mil.avv. 490-yilda Bolqon Yunonistonida
go‘libona boshlagan urushi bir necha o‘n yillarga cho‘zilib ket-
di. Bir necha janglardan so‘ng forslar mag‘lubiyatga uchradilar.
Kserks (mil.avv.486-464) Doro I ning ikkinchi xotini Atossa-
225
ning o‘g‘li edi. (Doro I ning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 486-yil) taxt
vorisligi uchun uning birinchi va ikkinchi nikohidan bo‘lgan
o‘g‘illari o‘rtasida kurash ketganda, Atossaning ta’siri kuchli
bo‘lgan edi. Atossa o‘zining katta o‘g‘li Kserksni taxtga o‘tqaz-
gan edi). Mil.avv. 465-yil Kserks fitna qurboni bo‘ldi. Taxtga
uning o‘g‘li Artakserks I (forscha nomi Artaxshassa) o‘tirdi. Mil.
avv. 460-yil Misrda Inar boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu
qo‘zg‘olon faqat mil.avv. 454-yilda bostirildi. Mil.avv. 449-yilda
afinaliklar 200 kema bilan Kipr orolining katta qismini bosib
oldilar. Mil.avv. 449-yil «Kalliy» sulhiga ko‘ra, forslarning Yev-
ropadagi mulklari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlaridan voz
kechildi. Forslar mil.avv. IV asrning birinchi yarmida Kichik
Osiyodagi yunon shaharlari ustidan hukmronliklarini qay-
ta tikladilar. Yunon shaharlari fors davlatiga tegishli o‘lpon
– to‘lovlarini to‘lab turdilar. O‘zaro urushlar girdobida qolgan
yunon polislari ham barqaror fors davlatini himoyasiga o‘tishga
harakat qildilar.
Ahmoniylar davlatining keyingi davrida ichki ziddiyatlar,
satraplarning o‘zboshimchaligi kuchayib, O‘rta Osiyo saklari-
ning va Misrni vaqtinchalik ajralib chiqishi yuz berdi. Lekin
davlat chegaralari o‘zgarmay qolaverdi. Artakserks I ning mil.
avv. 424-yilgi vafotidan keyin mil.avv. 423-yilda uning o‘g‘li Ox
(qadimgi fors tilida Vaxuka) Doro II nomi bilan taxtga o‘tirdi.
Uning hukmronligi davrida saroy a’yonlarining ta’siri kuchayib,
qaram xalqlarning qo‘zg‘olonlari natijasida davlat yanada zaif-
lashdi. Doro II mil.avv. 404-yil mart oyida vafot etdi. Uning kat-
ta o‘g‘li Arsak Artakserks II nomi bilan taxtga chiqdi (mil.avv.
405–358-yillar).
Doro II ning o‘g‘li shahzoda Kayxusrav Kichik Osiyoning
bir necha satrapliklarning noibi hamda Kichik Osiyodagi fors
qo‘shinlarining qo‘mondoni edi. Shahzoda Kayxusrav qobiliyatli
lashkarboshi va davlat arbobi bo‘lib, imperiyaning o‘tmishda-
gi qudratini tiklashga astoydil harakat qildi. U taxtni egallash
uchun akasi Artakserksga qarshi isyon ko‘tardi. Shahzoda Kay-
xusrav kuchli qo‘shin bilan mil.avv. 401-yilda Kichik Osiyodan
Bobilga yurish qildi. Fors podshosi qo‘shinlari bilan isyonchi
shahzoda o‘rtasida Bobildan 90 km uzoqlikdagi Kunaksda mil.
avv. 401-yil 3-sentabrda hal qiluvchi jang bo‘ldi. Jangda Kay-
xusrav o‘ldirildi, isyonchi qo‘shin yengildi. Artakserks II qo‘shin-
lariga Kariya satrapi tajribali sarkarda Tissafern boshchilik qil-
di (Tissafern mil.avv. 395-yilda shahzoda Kayxusravning onasi
226
Parasatidaning xoinlikda ayblovi bilan qatl etildi.) Kichik Osiyo-
dagi Kariya, Lidiya va Kilikiya satrapliklari ham Artakserks II
hukmronligining so‘nggi yillarida qo‘zg‘olon ko‘tardilar.
Artakserks II mil.avv. 358-yil vafot etdi. Uning o‘g‘li Ox Ar-
takserks III (mil.avv. 358–338-yillar) nomi bilan taxtga chiq-
di. U, eng avvalo, o‘z hokimiyatini mustahkamlash va saroy
fitnalarini oldini olish uchun o‘z aka-ukalarini qilichdan
o‘tkazdi. Yosh podsho kuchli irodaga ega bo‘lib, zaiflashib bo-
rayotgan imperiyaning kuch-qudratini qayta tiklash uchun
qattiqqo‘llik bilan ish boshladi. U o‘zining 20 yillik hukm-
ronligi davrida imperiyada ko‘tarilgan har qanday norozilik-
ni shafqatsizlik bilan bostirdi. Artakserks III mil.avv. 345-
yil Finikiyaning qo‘zg‘olon ko‘targan Sidon shahriga qarshi
shaxsan o‘zi qo‘shinga boshchilik qilib, qo‘zg‘olonni bostir-
di. U shaharning 40 ming aholisini qirib tashladi, aholining
tirik qolgan qismi qullikka sotib yuborildi. Artakserks mil.
avv. 343-yil qishida qo‘zg‘olon ko‘targan Misrga qarshi yurish
boshladi. Fir’avn Nektaneb II yuz ming kishilik qo‘shin bi-
lan forslarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi, ammo mag‘lub bo‘ldi.
Mil.avv. 342-yilda Misr qayta bo‘ysuntirildi va forslar uning
barcha shaharlarini talon-taroj qildilar.
G‘ayratli Artakserks III ga qarshi saroy a’yonlari haram og‘asi
Bagoy boshchiligida fitna uyushtirib, uni zaharlab o‘ldirdilar
(mil.avv. 338-yil). Artakserks III ahmoniylar sulolasining so‘ng-
gi qudratli hukmdori edi. Uning o‘limidan so‘ng Eron g‘alayon-
lar, saroy nizolari ichida qoldi. Qachonlardir qudratli bo‘lgan
imperiya o‘z halokati sari jadal yuzlana boshladi. Bagoy Artak-
serks III ning o‘g‘li Aresni taxtga o‘tqazdi. Mil.avv. 338–336-yil-
lar. Ares ham mil.avv. 336-yilda makkor Bagoy tomonidan
o‘ldirildi. Artakserks III va uning o‘g‘li Aresni o‘ldirgan fitnachi-
lar boshlig‘i, makkor Bagoy mil.avv. 336-yil Armaniston satra-
pi Qodomonni Doro III (mil.avv. 336–330-yil) nomi bilan taxt-
ga o‘tkazdi. Qodomon qo‘rqoq va jur’atsiz, hech kim bilmagan
kichik bir viloyat satrapi edi. Bagoy bu zaif podshoni qo‘g‘irchoq
sifatida qo‘yib, ulkan imperiyani o‘zi boshqarmoqchi edi. Ammo
u adashdi. Doro III Bagoyni o‘ldirib, o‘z hokimiyatini mustah-
kamlashga kirishdi.
Doro III uch qit’aning hududlarini birlashtirgan, lekin halo-
katga yuz tutib borayotgan imperiyaning zaif hukmdori edi.
Qachonlardir qudratli bo‘lgan, lekin ichki ziddiyatlar girdobi-
da qolgan imperiya uning qisqa muddatli hukmronligi davrida
227
halokatga uchradi. Katta moddiy boyliklar va kuchli millionli
qo‘shinga ega bo‘lgan Doro III tashqi dushman hujumini qay-
tarish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanmadi.
U Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedon
qo‘shinlari bilan Kilikiyadan Suriyaga o‘tish chegarasidagi Issa
yonidagi jangda (mil.avv. 333-yil) va Arbel yaqinidagi Gavgamel
yonidagi hal qiluvchi jangda (mil.avv. 331-yil 1-oktabr) shar-
mandalarcha yengildi. Issa yonidagi jangda fors otliqlari Alek-
sandrning otliqlaridan besh marta, fors piyodalari ikki marta
ko‘p edi. Yunon-makedon qo‘shinining intizomi, qat’iyati ko‘p
sonli fors qo‘shinidan ustunlik qildi. Doro III Baqtriyaga qochib
ketdi va u yerda o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi.
Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan so‘ng, Eron hudu-
di Salav kiylar davlati tarkibiga kirdi (mil.avv. 312–250-yillar).
Parfiya davlatini parn-dax qabilalari tashkil etdilar. Kaspiy va
Orol dengizi oralig‘ida yashagan ko‘chmanchi parn qabilalari
mil.avv. 250-yillar atrofida Atrek vodiysidagi Niso viloyatini (Ho-
zirgi Turkmaniston) egallab oldilar. Yangi paydo bo‘lgan Parfiya
davlati qudratli Salavkiylar davlati bilan to‘qnashdi va uning
hududlarining bir qismini bosib oldi. Keyin esa u Parfiya davla-
ti tasarrufida bo‘ldi.
Mil.avv. 171-yilda Parfiyada podsholik taxtini egallagan Ar-
shak faol istilochilik urushlarini olib bordi. Mamlakat hudu-
di kengaydi. Parfiya davlati o‘sha davrdagi dunyoning qudratli
davlatlari bo‘lgan Salavkiylar, Rim, Xitoy va Kushon davlatlari
bilan bir qatorda turgan. Parfiya Ahmoniylar Eroni madaniy
taraqqiyoti an’analarini davom ettirdi. Parfiya uzoq vaqt davom
etgan urushlar, ichki nizolar natijasida zaiflashib, inqirozga
yuz tutdi.
Vaqt o‘tishi bilan Eronning janubi, Forsda mavjud bo‘lgan bir
necha kichik davlatlardan biri kuchayib ketdi. Bu davlat boshi-
da Soson urug‘idan bo‘lgan hokimlar turar edi. Sosonning av-
lodi Ardasher o‘z hududlarini qo‘shni viloyat hisobidan kengay-
tira boshladi. Fors viloyatlari, Kirmon va Xuziston qo‘shib olin-
di. Ardasherning kuchayib ketishi Parfiya bilan to‘qnashuvga
olib keldi. Mil.avv. 224-yil Parfiyaning so‘nggi podshosi Artaban
V sosoniylarning yo‘lboshchisi Ardasher tomonidan mag‘lub
qilindi. Parfiyaning markazlari dan biri Ktesifonni Ardasher mil.
avv. 226-yilda bosib olib, o‘zini podsho deb e’lon qildi. Natijada
Eronda yangi Sosoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Shu
bilan Eronning qadimgi tarixi tugadi.
228
Do'stlaringiz bilan baham: |