devorlari ga tasvirlar tushirilgan. Faqat boylargina o‘z xususiy
jatxonalari bo‘lgan. Hammom nafaqat cho‘milish joyi, balki
gan joy ham bo‘lgan. Teatrlarga borish rimliklarning sevimli
ishi bo‘lgan. Rimliklar hayotida oila muhim o‘rin tutgan. Oila-
ning boshlig‘i – pater (ota) katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Qizlar
davolangan. Ko‘pchilik tabiiy vosita va dorilar o‘rniga qadim-
ning suti ishlatilgan.
Rimliklar azart o‘yinlarini yaxshi ko‘rganlar. Ular ot poy-
586
Lekin azart o‘yinlar bayramlardan tashqari paytda qonun bilan
taqiqlangan.
Rimlik boy ayollar uchun yuz oqartirish rusm bo‘lgan. Shu
sababli yuzni oqartirish uchun unga bo‘r yoki hatto zaharli
oq qum ishqalangan. Ayollar sochlarini turmaklaganlar, er-
kaklar sochlarini kalta qirqib, yuzlarini silliq qilib qirib yur-
ganlar.
Rimliklarning ko‘p kiyimlari jundan qilingan. Hind ip ma-
tolari, xitoy ipagi juda siyrak va nodir hisoblangan. Odatda,
ko‘pchilik ko‘ylak – tunika kiygan. Obro‘li fuqarolar 6 metr-
li matodan toga kiyganlar. Qizlar turmushga chiqquncha oq
rangda kiyinganlar, keyin esa yorqin bo‘yalgan kiyim kiygan-
lar. Senatorlar qizil yo‘l o‘tgan toga kiyganlar. Diktator ham
shunday kiyim kiygan. Hokimiyatning boshqa vakillari: pre-
tor, sudya, kvestor-xazinachilar, senzorlar ham oq toga kiy-
ganlar.
Rimda kun 12 soatdan tashkil topgan. Boylar so‘rida yon-
boshlab ovqatlanganlar. Rimliklar ovqatni qo‘l bilan yegan-
lar. Sanchqi keyinroq 1400-yillarda paydo bo‘lgan. Angliyada
XVII asrda ham sanchqi bo‘lmagan. Qoshiq kamdan-kam ish-
latilgan. Nonning qattiq joyi qoshiq bilan bosilgan. Boy rimlik
uchun nonushta non hamda suv aralashtirilgan vino, ba’zi-
da asal, pishloq va mevalardan iborat bo‘lgan. Kambag‘alning
nonushtasi bo‘tqa yoki bir parcha non va nordon vinodan ibo-
rat bo‘lgan. Tushlik issiq yoki yaxna taomlar, baliq, meva, non
va vinodan tashkil topgan. Asosiy ovqat kechki ovqat bo‘lgan.
Taom salat yoki chig‘anoqlardan boshlanib, cho‘chqa, buzoq,
tovuq yoki g‘ozning qovurilgan go‘shti hamda dissertga me-
vali yoki asalli pecheniy yeyilgan. Mehmonlar ziyofatdan qol-
gan har qanday yog‘li bo‘laklarni uyga olib ketishlari mumkin
bo‘lgan.
Dafn. Rimda mayitlar gulxanda yoqilgan. Rimliklar mayit-
lar tiriklarning ishlariga ta’sir qiladilar, o‘zlari uchun belgi-
langan udumlarga tirik qarindoshlar mensimay qarasa o‘ch
oladilar, deb hisoblaganlar. Vafot etgan ota o‘g‘illari uchun
xudoga aylangan. O‘g‘il dafn gulxanidan otasining suyagini
ko‘tarib, o‘lgan otasi xudoga aylanganini e’lon qilgan. Erkak-
lar togasini kiymagan o‘smirlar hech qanday marosimsiz
tuproqqa dafn qilingan. Rim qonuniga ko‘ra, dafn marosimi
va krematsiya shahar devoridan tashqarida o‘tkazilgan. Rim-
587
liklar qabrlar ustida ajoyib yozuvlar bilan sag‘ana va mavzo-
leylar barpo qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: