Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

bazilikaportik, za-

far arklari, me’morial kolonnalar va otliqlar haykallari bilan be-

zatildi. Ularning ichida hashamatli Trayan kolonnasi va forumi 

ajralib turadi. Imperator Adrian barcha xudolar ibodatxonasi 

Panteonni bunyod qildi. Ulkan gumbaz diametri 9 metr bo‘lgan 

aylana teshigi bilan tugaydi. Bu teshik orqali quyosh nurlari 

pastga g‘aram bo‘lib tushib, marmar polda sinib, atrofga mayin 

va bir tekis yorug‘likda taraladi.

 Rim hammomlari (Terma) Rim davlatining ilk davrida gigi-

yenik maqsadlarda qurilgan, keyinchalik katta hajmdagi ajo-

yib inshootlarga aylangan. Inshoot sovuq, iliq va qaynoq, bug‘ 

hammomlari, gimnastika zali, gimnasion, kutubxona, sayr 

uchun xiyobonlar va hatto rasm galereyasidan iborat bo‘lgan. 

Imperator Karakalla hammomi (terma)da bir vaqtning o‘zida 

2500 kishi yuvinishi mumkin bo‘lgan. Konstantin davrida bun-

day hammomlar Rim shahrida 10 ta bo‘lgan, kirish uchun oz 

haq to‘langan. 

Rimliklar jamoa binolarini qurishdan oldin, ulkan tosh 

akveduk – vodoprovodlarni qurdilar. Mil.avv. IV asr oxirida Ap-

pey Klavdiy o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan vodoprovodni o‘tka-

zib, birinchi sun’iy yo‘lni bunyod qildi. Imperiyada 372 yo‘l 

bo‘lgan, yo‘lning kengligi 8 metr bo‘lib, tosh parapet har bir 

cha qirimda ustunlar qo‘yilgan. Rimda 9 ta tosh ko‘prik quril-

gan. Ispaniyada imperator Trayan qurgan uzunligi 180 metr 

bo‘lgan ko‘prik hozirgacha saqlanib qolgan. 

Imperator Vespasian Rim shahrida milodiy 70-yilda 

sun’iy  ko‘l  o‘rnida  ulkan  amfiteatrni  (keyinchalik  u  Kolizey 

deb ataldi) qurishni boshladi. Qurilishda Rim aholisining 

25 %  ishtirok etdi. 690-yilda qo‘zg‘olon ko‘targan Yahudiya 

qo‘zg‘oloni bostirilib, Ierusalimning xazinasi Rimga olib ke-

lindi. Asir olingan 30 ming yahudiy qullikka sotildi. Impera-

tor hunarmandlar uyushmasi ko‘magida yuqori ma lakali hu-

narmandlarni qurilishga jalb qildi. Xomashyo sifatida tosh, 

tuf ishlatildi. Qurilishning beshinchi yilida vulqon qumi va 




581

ohak qo‘shib, sement hosil qilindi, u toshdan yengil bo‘lib, 

Kolizeyning arklari ham juda yengil qurildi. Arklar 

ning 


 

birinchi qavati toshdan bo‘lib, keyingi qavatlar ohaktosh va 

sementdan k’otarildi. Qizil rangli g‘isht kashf qilindi. 200 

ming tonna ohak tashib kelindi, I mln dona g‘isht ishlatildi. 

G‘isht zavodlari qurilib, ular tinimsiz konveyer usulida ish-

latildi. Qurilishning o‘ninchi yili imperator Vespasian vafot 

etdi. Uning vorisi imperator Tit qurilishni ikki yil muddat-

da tugatdi. Ulug‘vor inshootning balandligi 50 metr bo‘lib, 

80 minggacha tomoshabin kirishi mumkin edi. Amfiteatrda 

tomoshabin senatorlar, suvoriylar o‘tiradigan lojalar, keyin 

oddiy fuqaro uchun oxirgi yog‘och o‘rinlarda eng kambag‘al-

lar o‘tirar edi. Amfiteatrda beshta kirish yo‘li bo‘lib, har bir 

kirish ma’lum bir ijtimoiy qatlamga mo‘ljallangan. Kirib joy-

lashuv yarim soat vaqtga mo‘ljallangan bo‘lib, kirish uchun 

bir necha yo‘laklar qilingan edi. 

Rimliklar mohir kemasozlar bo‘lganlar. Karfagenning den-

gizdagi cheksiz hukmronligi, etrusklarning dengiz raqobati-

da yengilishi rimda kemasozlikning jadal rivojlanishiga turtki 

bo‘ldi. Rim shahrining o‘zida ko‘p qirrali Ostiya dengiz porti qu-

rildi.  Ostiya  porti  verflar  (kema  quriladigan,  ta’mirlanadigan), 

doklar (port xo‘jaligi), omborlarga ega edi. Imperiya davrida 

dengiz bo‘yidagi har bir shaharning o‘z flotiliyasi bor edi. Den-

giz portlari, gavanlar yaxshi jihozlangan edi. Fortifikatsiya in-

shootlari ham mustahkam bunyod qilinib, muntazam ta’mirlab 

turilgan.

Boy rimliklarning hashamatli saroylari marmar kolonnalar, 

san’at asarlari, mozaika, haykallar bilan bezatilgan va isit-

gichlarga ega edi. Kambag‘al fuqarolar esa ko‘p qavatli, hech 

qanday qulayliklarga ega bo‘lmagan, rejasiz qurilgan uylarda 

yashar edilar. 

Rim san’atining eng katta yutuqlaridan biri haykal-portret-

lar edi. Yunon haykallari barkamol fuqaro obrazini yaratgan 

bo‘lsa, Rim haykalida odamning o‘zi aynan ko‘rinishida bunyod 

qilingan edi. 

Qadimgi odatga ko‘ra, rimliklar uylarida ajdodlarining mum 

niqoblarini saqlar edilar. Ilk davrda etrusklar jez haykallarni 

yaratdilar. Mil.avv. I asrdan jezning o‘rniga marmar ishlatila 

boshlandi. Rim haykaltaroshligining so‘nggi respublika asar-

laridan «Orator», «Togatus», «Brut» haykallari, Mariy, Pompey, 

Sitseron, Kichik Katon va Sezarning byustlarini ko‘rsatish 




582

mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina imperator va malikalar

amaldor, sarkarda, shoir va faylasuflarning marmar byustlari 

saqlanib qolgan.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish