RIM ILK RESPUBLIKA DAVRIDA
1. Rimning Italiyani bosib olishi. 2. Ilk respublika davrida
davlat qurilishi. 3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining
toifaviy-sinfiy tuzilishi. 4. Mil.avv. VI–III asrlarda Italiya-
ning iqtisodiyoti.
1. Rimning Italiyani bosib olishi. Rimdan etrusk pod-
sholari haydalgandan so‘ng, qisqa bir davrda Rimning Latsi-
ya viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. Rim mil.avv. V–III asr-
larda Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq urushlar
olib bordi. O‘sha vaqtda rimliklar qo‘shinlari Sabin, Ekv, Volsk,
Tuskul boshchiligidagi Lotin shaharlari ittifoqi bilan olib boril-
gan urushlar Rimning g‘alabasi bilan tugadi. Mil.avv. V asrning
90-yillarida rimliklarning lotinlar bilan ittifoqi etrusklarga qar-
shi bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Tibrning
o‘ng qirg‘og‘idagi etrusklarning Veya shahri o‘n yillik qamaldan
so‘ng (mil.avv. 406–396-yillar) bosib olinib, uning aholisi qul-
larga aylantirildi, yerlari esa rimliklar mulkiga aylandi. Ekv,
volsk va gernik qabilalari ham bo‘ysundirilgach, Tibrning o‘ng
qirg‘og‘i Rimga bo‘ysundi. Qo‘shni hududlarni bosib olishi nati-
jasida Rimning hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida
qo‘shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo‘shib
olindi. Mil.avv. 396-yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bi-
lan ularning soni 25 taga yetdi.
Mil.avv. 390-yil Alp tog‘lari orqali Po daryo vodiysini egallagan
gall qabilalaridan biri senonlar yo‘lboshchi Brenn boshchiligi-
da Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga harbiy yordam
bermadi. Lekin rimliklar gallarga o‘z elchilarini yubordilar.
Elchilar gallar bilan mensimay muomala qilib, ziddiyat keltirib
chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab, Rim-
ga yurish qildi. Ular Rimni urushsiz egalladilar va uni ta lab,
yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya
qildi. Lekin oxir-oqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda
tovon to‘lashga majbur bo‘ldilar. Rivoyatlarga ko‘ra, rimliklar
senonlar talab qilgan miqdordagi oltinni taroziga o‘lchab, top-
shirmoqchi bo‘ladilar. Shunda senonlar yo‘lboshchisi qilichini
tarozini pallasiga tashlaydi. Natijada oltinni miqdori yengil ke-
ladi. Bundan g‘azablangan rimliklar o‘z noroziliklarini bildiradi-
477
lar. Aynan shu vaqtda Brenn «yengilganlarni holiga voy!» mash-
hur so‘zini aytgan.
Rimning zaiflashganidan qo‘shni lotin, volsk, ekv va etrusk-
lar foydalandilar. Ular yana Rimdan mustaqil yashashga o‘tdi-
lar. Rim-lotin ittifoqi (mil.avv. 384-yilda uning a’zolari 47 lotin
jamoasi bo‘lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharla-
rini yana qayta kuch bilan bo‘ysundirishga majbur bo‘ldi. Lo-
tin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qay-
ta tiklandi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Rim kuchli qo‘shin bilan
Italiyaning bir qancha hududlarini egallab oldi. Mil.avv. IV asr
o‘rtalarida Rim respublikasi faqat Latsiya viloyatida emas, balki
butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi.
Samniylar o‘rta Italiyaning tog‘li qismida yashab, chorvachilik
(ayniqsa yilqichilik) va ovchilik bilan shug‘ullanar, temirga ish-
lov berishga usta bo‘lganlar. Ular yuqori harbiy san’atga ega
edilar. Samniylar boy Kampaniya viloyatiga vaqti-vaqti bilan
bosqin qilib, uni egallab oldilar. Rim patritsiy va dehqonlari
uchun samniylarning yerlari va Kampaniyaning unumdor yer-
lari kerak edi. Rim uzun nayza va to‘g‘ri to‘rt burchakli qalqon-
lar bilan qurollangan dovyurak tog‘li qabilalar – samniylar bi-
lan urush boshladi. Jangovar samniy qabilalari Kampaniyada
o‘rnashib, Rim bilan mil.avv. 354-yildan ittifoqda edilar. Kam-
paniya viloyatidagi Kapuyani rimliklar tomonidan bosib oli-
nishi samniy urushini keltirib chiqardi. Uch samniy urushlari
bo‘lib o‘tdi. Birinchi samniy urushi mil.avv. 343–341-yillarda
rimliklar g‘alabasi bilan tugadi.
Ikkinchi samniy urushi mil.avv. 327–304-yillarni o‘z ichiga
oladi. Rimliklar Neapolni bosib olishlari bilan bu urush bosh-
landi. Rim urushda lukan va apullar bilan ittifoq tuzdi. Kavdin
darasida rimliklar og‘ir mag‘lubiyatga uchradilar va sharman-
dalarcha taslim bo‘ldilar. Rim egallagan shaharlardan chiqib
ketdi. Rimliklar mil.avv. 316-yilda urushda tub burilish yasa-
dilar. Rim qo‘shini qayta tuzildi. Harakatchan kichik qismlar
kalta nayza, kalta qilich bilan qurollantirildi. Natijada urush
harakatlarida rimliklarning qo‘li baland keldi. Urush oxirida
gernik va ekvlar Rimga to‘la bo‘ysundirildi. Qo‘shimcha hudud-
lar Rim tarkibiga kirdi. Samniylar bilan yana shartnoma tuzil-
di. Gallar etrusklar bilan birlashib, mil.avv. 299-yil Rim hudu-
diga bostirib kirdilar. Samniylar bu qulay vaziyatdan foydala-
nib, Lukaniya viloyatida yana o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar.
478
Bu uchinchi samniy urushiga olib keldi (mil.avv. 288–290-yil-
lar). Urush Italiyaning turli hududlarini qamrab oldi. Samniy-
lar gallar bilan birga harakat qilib, Umbriyada etrusklar bilan
qo‘shilishlari lozim edi. Rimliklar Etruriyaga bostirib kirishi
bilan etrusklar kel’tlardan ajralib ketdilar. Sentin
yaqinidagi
jangda (mil.avv. 296-yil) rimliklar samniy-gall qo‘shinlari us-
tidan hal qiluvchi g‘alabaga erishdilar. Etruriya bilan tinch-
lik bitimi imzolandi. Samniylar to‘la bo‘ysundirildi. Etrusk
shaharlari Rim bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. Ko‘pgina
hududlar Rim ixtiyoriga o‘tdi. Ularning aholisi cheklangan Rim
fuqaroligi huquqini (civitas sine suffagrio – «ovoz berish huquqi
bo‘lmagan fuqarolik») oldi. Pisena aholisi ham g‘oliblarga taslim
bo‘ldi. Adriatika dengizi sohilida Adriya lotin koloniyasi barpo
qilinishi bilan Italiyaning sharqiy qirg‘og‘ida Rim hukmronligiga
asos solindi. Endi O‘rta Italiya to‘la Rim qo‘lida edi. Gallar shi-
molga uloqtirib tashlandi.
Rimning samniy urushlari lotin ittifoqining barcha qatnash-
chilari uchun og‘ir majburiyat bo‘ldi. Samniy urushidan faqat-
gina Rim foyda ko‘rdi. Rimliklar samniylardan bir qism yerlarni
tortib oldilar. Lotin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday ol-
may, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular yengildilar. Urush
faqatgina mil.avv. III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan
tugallandi. Faqatgina mil.avv. 493-yildagina Rim va boshqa lo-
tin shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erishildi. Bu it-
tifoq mil.avv. V asr davomida saqlanib qoldi va rimliklarni bir
qancha qo‘shni viloyatlarni bosib olishiga qulay shart-sharoit
yaratdi.
Samniy urushlaridan so‘ng rimliklar bevosita Janubiy Itali-
yadagi yunon shaharlari bilan chegaradosh bo‘ldilar. Janubiy
Italiyadagi yunon shaharlaridan eng katta va qudratlisi Ta rent
shahri edi. Shaharda dastlab aristokratik, so‘ng demokratik
boshqaruv tartibi o‘rnatildi. Tarentning o‘z qo‘shini bo‘lmay,
yunon yollanma askarlari xizmatidan foydalanar edi. Shahar-
ning rimliklar bilan shartnomasi bor edi. Savdo-hunarmand-
chilik va dehqonchilik rivojlangan. Tarent juda boy shahar
bo‘lib, rimliklar uchun mazali luqma edi. Tarent Rim elchila-
rini haqoratlashda ayblanib, Rim mil.avv. 281-yilda Tarentga
qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi Pirrni yordam-
ga cha qirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib
kirib, Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor-
mor qildi.
479
Mil.avv. 275-yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo‘shin-
larini yanchib tashladilar. Bir necha yildan so‘ng Tarent shahri
va u bilan ittifoqchi bo‘lgan samniylar, lukanlar va Brutti-
ya
shahri aholisi Rim hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi-
lar. Mil.avv. 265-yilda rimliklar etrusklarning markazi bo‘lgan
Volsiniya shahrini bosib oldilar. Butun Italiya Rubikon daryo-
sidan Sezalp Galliyasidan Messen qo‘ltig‘igacha Rim tarkibiga
kirdi. Rim kichik bir jamoadan O‘rtayer dengizining qudratli
davlatiga aylandi.
Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi
(sine suffragio – xalq yig‘inida ovoz berish huquqidan mahrum)
huquqini oldi. Bu o‘z-o‘zini boshqarish huquqidan va jamoa
yig‘inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lish demak
edi. Shahar ishlarini Rimdan yuborilgan prefekt
boshqarar
edi. Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli
huquqlarga ega bo‘lgan toifalarga bo‘ldilar. Faqat Rim fuqa-
rolari bo‘lgan patritsiylar va plebeylar hamda Rimga qo‘shib
olingan lotin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko‘chib o‘tgan
barcha lotinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim
qonunlari bo‘yicha fuqaro nikoh o‘qitish, mulkini erkin tasarruf
qilish, o‘z moddiy manfaatlari himoyasi uchun sudga murojaat
qilish, yig‘inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mum-
kin edi. Bu to‘la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birik-
tirilgan edi. Bundan tashqari, Italiyaning turli muhim strategik
markaz larida senat qarori bilan barpo qilingan Rim koloniyala-
rining aholisi ham to‘la huquqli fuqarolar hisoblandi. Chunki
koloniyalar aholisini Rimdan ko‘chib borganlar tashkil qilgan.
Koloniyalar o‘z-o‘zini boshqaruviga ega edi.
Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi («sives sine suff-
ragio») ham mavjud edi. Ular Rim odati bo‘yicha nikoh bitimi
tuzishlari, o‘z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, le-
kin ular Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan
mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar
munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba’zilari Rimdan yuboril-
gan prefekt
Do'stlaringiz bilan baham: |