10 strateg kollegiyasi. Mil.avv. 431-yilda Periklning ta-
shabbusi bilan fuqarolik tog‘risida qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra fuqarolik mavqeyiga ega bo‘lish uchun odamn-
ing ota-onasi fuqaro bo‘lishlari va qonuniy nikohda bo‘lishlari
lozim. Afinalik yigit-qizlar 18 yoshga yetishlari bilan o‘z dem
(Afinaning quyi hududiy-ma’muriy birligi)ning a’zolari yig‘ilishi-
da o‘zining kelib chiqishi va yetuk yoshga yetishganini asoslov-
chi alohida tekshirishdan o‘tganlar. Bu tekshirishdan o‘tgan
382
o‘smirlar dem a’zolari ro‘yxatiga kiritilib, fuqarolik mavqeyiga
ega bo‘lganlar. O‘smirlar 18-20 yoshda dastlab bir yillik harbiy
tayyorgarlikdan o‘tib, bir yil davlat chegaralarini qo‘riqlaganlar.
Bu harbiy xizmatdan keyin ular ekklesiya ishida ishtirok etish-
lari mumkin edi.
Ekklesiya – xalq yig‘ini Afina davlat hokimiyatining bosh or-
gani. Xalq yig‘inida 20 yoshga yetgan Afina fuqarolari qatnash-
gan. Afina xalq yig‘ini Afinaning barcha dolzarb masalalarini
ko‘rib chiqqan: moliya masalalari, urush va tinchlik, diplo-
matlarning hisobotlari, chet davlat diplomatlarining chiqishlari,
Afinaning kundalik hayotiga tegishli muammolar kabilarni. Bir
qator yunon shaharlarida xalq yig‘ini o‘ziga xos nomlangan:
apella – Spartada, agora – Delfada, epidavr – Gela va Akragant-
da. So‘nggi antik mualliflarda xalq yig‘inlari o‘tkaziladigan joy
ekklesiya deb atalgan.
Bule – beshyuzlar kengashi, Klisfen davrida asos solingan.
Beshyuzlar kengashi xalq yig‘ini kun tartibida ko‘riladigan ma-
salalarni tayyorlagan. Afina mansabdor shaxslarining ishi ham
beshyuzlar kengashida ko‘rib chiqilgan.
Gelie – maslahatchilar sudi. Sudyalar Afinaning barcha
fuqarolaridan qur’a tashlash yo‘li bilan saylangan. Jami 6 ming
sudya, shindan 5 ming maslahatchi va 1 ming zahira saylan-
gan. Afina sudi 10 palataga bo‘lingan. Bunday ko‘p sudya va
sud tashkilotlarining bo‘lishiga sabab bor edi. Ular faqat Afina
fuqarolariga tegishli bo‘lmay, balki Afinaning barcha ittifoqchi-
lari ham bu yerda sudlashuvi uchun lozim bo‘lgan.
Afina sudida ishi ko‘rilayotgan fuqaro qaysi palatada uning ishi
ko‘rilishini bilmagan. U buni sud kuni yoki sudyalar kengashi
arafasida bilgan. Bunday qoidalar bo‘lishiga sabab, javobgar
pora bera olmasligi kerak edi. Sudda jabrlangan yoki aybdor-
ning o‘zi yo uning qarindoshi so‘zga chiqqan. O‘sha vaqtda ad-
vokat bo‘lmagan.
Har bir Afina fuqarosi har qanday masalani xalq yig‘iniga
qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan. Qaror ochiq ovoz berish yo‘li ya’ni
qo‘l ko‘tarish, ba’zida yopiq ovoz berish bilan amalga oshi rilgan.
Yopiq ovoz berishda urnaga qora yoki oq toshchalar, ba’zan
sopol siniqlari tashlangan. Afina fuqarosining xalq yig‘iniga qat-
nashishi majburiyati emas, balki huquqi edi. Shu sababli kvo-
rum (yig‘ilish qatnashchilarning qaror qabul qilish uchun zaru-
riy eng kam soni) tushunchasi mavjud emas edi. Faqat ba’zi
383
o‘ta muhim masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun 6 ming
kishidan kam bo‘lmagan fuqaroning ishtiroki zarur bo‘lgan.
Tanlov erkinligi demokratiyaning asosiy qoidasi: fuqaro masala-
ning muhokamasida ishtirok etmasligi mumkin, lekin boshqa
fuqaroning qabul qilgan qonunlarni bajarishga majbur bo‘lgan.
Ekklesiyada yangi qonunlar (nomos) va qarorlar qabul qilingan.
Davlat himoyasi, shahar oziq-ovqat ta’minoti masalalari ko‘ril-
gan. Ba’zi lavozimlar saylangan, saylangan amaldorlarning
faoliyati nazorat qilingan, ularning hisoboti ting langan. Boshqa
shahar-davlatlarning elchilari qabul qilingan. Boshqa polislar
bilan tuzilgan shartnomalar muhokama qilingan va tuzatishlar
kiritilib tasdiqlangan. Xalq yig‘inida musodara qilish va meros
muammolari, diniy e’tiqod va boshqa shaxsiy va ijtimoiy ishlar
ham ko‘rilgan.
Har bir fuqaro muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha o‘z
fikrini aytishi, ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlasa, qaror matniga
o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin edi. Demokratiyaning eng
muhim qoidalaridan biri barcha fuqarolar ega bo‘lgan qonun-
chilik tashabbusi edi. Qabul qilingan har bir qonun matni
ko‘cha, maydon va bozorlarda ko‘pchilik e’tiboriga qo‘yilib, u
yoki bu qonun qarorining tashabbuskorining ismi yozib qo‘yil-
gan. Qonun tashabbuskorligi fuqarolardan mas’uliyat talab
qilgan. Afinada har bir fuqaro qabul qilingan qonun mavjud
qonunchilikka zid ekanligi to‘g‘risida shikoyat qilish huquqiga
ega bo‘lgan. Ish sudda ko‘rilgan. Agar ayblovchi o‘z fikri to‘g‘ri-
ligini isbotlay olsa, qonun bekor qilingan va qonun tashab-
buskori jazolangan. Agar o‘z fikrini isbotlay olmasa, shikoyat-
chining o‘zi jazolangan.
Attika 10 filining har biri Beshyuzlar kengashi (Bule)ga
a’zolik vazifasiga nomzodlarni taklif qilganlar. Har bir fildan
50 kishi qur’a tashlash yo‘li bilan uning a’zoligiga 500 kishi
belgilangan. Ular bir yil davomida Bule tarkibida ishlaganlar.
Har bir filning vakillari navbat bilan 39 yoki 50 kun navbatchi
(pritan) bo‘lganlar. Pritanlar har kun kengash majlisini cha-
qirganlar va kengash kun tartibini belgilaganlar. Bule ken-
gashi masalani xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqqan. Ken-
gash davlat moliyasini, jamoat ishlarini, harbiy sohani, tash-
qi ishlarni, diniy masalalarni nazorat qilgan. Mehnatga haq
to‘lanishi qur’a tashlash yo‘li bilan o‘tkaziladigan har yilgi say-
lovlar afinalik fuqarolarning hayoti davomida hech bo‘lmasa
384
bir marta kengash a’zosi bo‘lish imkoniyatini berdi. Kengash
a’zolari kuniga 5 obol ish haqi, pritanlar esa ulardan bir obol
ko‘proq olganlar. Kengash yig‘ilishi Bulevteriy deb atalib, u
Afina agorasida joylashgan.
Mansabdor shaxslar qur’a tashlash yo‘li bilan o‘ttiz yosh-
dan katta barcha fuqarolar orasida saylanar, faqat mansab-
ga nomzodlar afinalik bo‘lishi ustidan nazorat qilingan. Ar-
xont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mum-
kin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor
shaxslar xalq irodasi va qonunlarini xalq yig‘ini orqali amalga
tadbiq qilar edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim
vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – arxontlar hoki-
miyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g‘amxo‘rlik (ar-
xont eponim), sakral
vazifa (arxont basiley), sud jarayonlari-
ga raislik qilish (fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont pole-
marx (qo‘shin qo‘mondoni) faqat nomigagina qo‘mondon bo‘lib,
amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi.
Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10
strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo‘li bilan emas, balki
har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo‘li bilan saylanar edi-
lar. Mansabdor shaxslar faqat boshidagi mirta
gulchambari-
dan boshqa hech qanday hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu
uning hokimiyati cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo
katta bo‘lmagan hokimiyatni ham suiiste’mol qilish mumkin
edi. Shu sababli, qonun bir kishini bir mansabga qayta say-
lashni taqiqlar edi.
Boshqaruv kollegial edi. Har bir fildan 10 strateg saylan-
gan. Ko‘cha va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun 10
astinom saylangan. Bozor va tovarlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qi-
lish, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjallarni 10 agranomlar
ajrim qilar edilar. Ijroiya hokimiyati har bir fildan 50 kishi say-
lanadigan Beshyuzlar kengashi – pritanlar qo‘lida edi. Kengash
xalq yig‘iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini tayyorlar va
mansabdor shaxslar yordamida yig‘in qarorlarini bajarar edi.
Kengash jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan
mulkni sotish, davlat saylagan komisiya orqali moliya ishla-
rini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo‘shinlar, Afina
doimiy qo‘shinining jangovar qobiliyatini saqlash kabi ishlarni
amalga oshirar edi. Beshyuzlar kengashi boshqaruv masalala-
rini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli, har bir fil o‘zining
385
50 vakili – pritanlar orqali davlatni yilning 1/10 qismida idora
qilar edi. Pritanlar kun davomida majlis qurganlar, ularning
3/4 qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan yozish-
malar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har kun pritanlar
tarkibidan qur’a tashlash yo‘li bilan kengash raisi saylanib, u
davlat xazinasining kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq
yig‘ini bo‘lsa, unga raislik qilgan.
Dastlab xalq yig‘ini oyda bir marta, keyinchalik oyda 4
marta shaharning g‘arbiy qismidagi qoyali terrasa – pniksda
to‘plangan. Yig‘ilishlarda Beshyuzlar kengashi tayyorlagan qa-
ror loyihalari muhokama qilinib, so‘zga chiquvchilar faqat shu
mavzudagina so‘zlashlari mumkin edi. Beshyuzlar kengashi
yig‘ilishi va ekklesiyada «isogoriya» – so‘z erkinligiga qat’iy rioya
qilinar, qaysiki, «isotomiya» – mansablarni egallashda tenglik
va «isonomiya» – qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy
huquqlarining poydevorini tashkil qildi.
Afina davlati mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va
vatan uchun jonini fido qilgan fuqarolarning bolalari to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilgan. Aksincha, davlat uchun xavfli deb hisoblan-
gan fuqarolarni xalq yig‘ini quvg‘in qilishi mumkin bo‘lgan. Afi-
na demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obro‘li, ma’lum bir
ta’sirga ega bo‘lgan mashhur fuqarolarni o‘z yakka hukmron-
ligini o‘rnatishdan xavfsirab, ularni quvg‘in qilgan. Xalq yig‘ini
vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish, meteklar ishi, chet
davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar
xalq oldida o‘zlari o‘tkazgan urush harakatlari to‘g‘risida hi-
sobot berganlar. Harbiy mag‘lubiyat uchun hatto strateglarni
o‘lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli bo‘lgan.
Afinada mansabdor shaxslar katta hokimiyat va obro‘ga
ega bo‘lmaganlar. Aksincha, yig‘inlarda so‘zga chiqishni bi-
ladigan, qonunlar loyihasini qabul qilishga xalqni ko‘ndira
ola digan, hech qanday mansabga ega bo‘lmagan kishilar xalq
ishonchiga sazovor bo‘lganlar. Ular demagoglar deb atalgan.
Afina davlati o‘z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga jid-
diy e’tibor bergan. Fuqarolarga teatrga kirish, bayramlarda
ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. Tomoshalarga kam-
bag‘al kishilarning kirishi uchun davlat teorikon – teatr-
ga kirish uchun ikki obol miqdorida pul to‘lovini joriy qildi.
Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatr-
ga kirish imkoniyatini berdi.
386
Tenglik, erkinlik hamma uchun emas edi. Siyosiy huquqlar-
dan qullardan tashqari ayollar, boshqa viloyatlardan Afinaga
ko‘chib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin bo‘lsa-da,
fuqaroligi bo‘lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 ming-
ga yaqin kishini tashkil qilib, ular asosan savdo-hunarmand-
chilik bilan shug‘ullanar edilar. Ayollar hech qanday huquqlar-
ga ega bo‘lmaganlar. Meteklar qo‘shimcha soliqlarni to‘lash,
harbiy xizmat qilish majburiyatlarini o‘tashlari shart edi. Ular-
da yerga egalik qilish huquqi yo‘q bo‘lib, afinalik ayolga uyla-
nishlari mumkin emas edi. Afina fuqarolari meteklarga dush-
manlik ko‘zi bilan qaraganlar. Ammo meteklarning mehnati,
ijodkor faoliyati Afinaning rivojlanishiga xizmat qildi. Qullar
Afi na aholisining yarmini tashkil etgan. Ularning ko‘pchiligi qul
oilasida tug‘ilgan, boshqalari urushlarda asirga olinganlar yoki
dengiz piratlari qurbonlari bo‘lganlar, ayrimlari qarzi uchun
qulga aylantirilganlar hamda qul bozorlarida sotib olinganlar.
Egey dengizidagi Xioss oroli uzoq asrlar o‘zining qul bozori bi-
lan mashhur bo‘lgan. Afina shahar-davlatining aholi soni 150
ming kishini tashkil etgan.
Mil.avv. VI–V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar
uchun ko‘ngil ochish edi. Afina demokratiyasi oddiy fuqarolar-
ni sport musobaqalarida ishtirok etishga, ularning sport bilan
shug‘ullanishlariga qulay sharoit yaratishga harakat qildi. Zal-
lar, hammomlarga ega bo‘lgan gimnasiylar, mashq qi ladigan
ko‘p sonli palestrlar har qanday Afina fuqarosi uchun ochiq
bo‘lgan. Lekin boy afinaliklar uchun gimnasiy va palestrlar alo-
hida edi. Barcha sport inshootlari davlat ixtiyorida edi. Sport
inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq yig‘ini to-
monidan tayinlangan lavozim – safronist qo‘lida edi. Sport Afi-
nada kishining o‘z-o‘zini idora qilishga o‘rgatish, adolatli o‘yin
qoidasiga rioya qilish, o‘z ruhini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak
edi. Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko‘pgina yugurish muso-
baqalari bilan (mash’ala yoki boshqa yuk bilan uzun masofa-
ga, to‘la harbiy anjomda yugurish) shug‘ullanganlar. Shu bilan
birga, aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish,
qo‘l jangi, kurash va kamondan otish kabilar keng tarqalgan.
Sport bilan shug‘ullanish Afina fuqarosini jismoniy va ma’naviy
barkamol bo‘lishida, vatan uchun fidokorona xizmat qilishi
yo‘lida lozim edi.
387
Do'stlaringiz bilan baham: |