polislari-
ning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tushkunligini tezlashtirdi.
2. Polis tizimining tushkunligi. Peloponnes urushlaridan
yunon polislari ichida eng katta moddiy zararni Afina ko‘rdi.
Attika dehqonlari xonavayron bo‘ldi. Afinaning ichki va tash-
qi savdosi to‘xtab qoldi. U dengiz yo‘llaridan mahrum bo‘ldi.
Afina dengiz savdosidagi yetakchi mavqeini yo‘qotdi. Kuchli
dengiz flotidan mahrum bo‘ldi. Urush oxirida pul mablag‘lari
tugadi. Afinalik savdogar-hunarmandlar boshqa yunon polis-
391
larining kuchli raqobatiga bardosh bera olmadi. Iqtisodiy tush-
kunlik natijasida ishsizlik, ochlik yuz berdi va ijtimoiy norozilik
kuchaydi. Afina dengiz ittifoqi yemirildi. Sparta ham urushdan
foyda ko‘rmadi. U rasman butun yunon shahar-davlatlari us-
tidan yetakchiga aylandi. Forslar urushdan so‘ng ko‘rsatgan
yordamlari uchun Spartadan Kichik Osiyodagi yunon sha-
harlarini berishni talab qildilar. Sparta bu talablarni baja-
rishdan bosh tortdi. Oqibatda Kichik Osiyoda har ikki o‘rtada
urush harakatlari boshlanib, bu urushda Sparta bir muncha
yutuqlarga erishdi.
Forslar Spartaga qarshi yunon shaharlari Fiva, Argos, Korinf,
Afina va boshqa yunon polislari koalitsiyasini tuzdi. Natijada
Korinf urushi (mil.avv. 399–394-yillar) deb ataladigan urush
boshlandi. Urushda spartaliklar mag‘lubiyatga uchradilar. Mil.
avv. 394-yildagi Knid yonidagi jangda Sparta dengizdagi ustun-
ligini yo‘qotdi. Bundan foydalangan Afina forslardan moliyaviy
yordam olib, o‘zining yangi harbiy flotini tashkil qildi. Afina
Pirey atrofida mustahkam devorlarni qurdi. Afinaliklar Egey
dengizining shimoliy qirg‘og‘ida mustahkamlanib, bo‘g‘ozlar us-
tidan o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar.
Voqealarning bunday borishi fors podshosi Artakserks II ni
qanoatlantirmadi. U butun Yunonistonni zaiflashtirishni o‘zi
uchun asosiy vazifa deb hisobladi. Spartaga qarshi bo‘lgan
yunon shaharlari urush harakatlarida sezilarli yutuqlarga eri-
sha boshlashi bilan Artakserks II zaiflashib qolgan Spartaga
moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Fors podshosi Spartaga qarshi Afi-
na, Fiva, Argos, Korinf, Megara va boshqa polislarning birlash-
masi g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi. Cho‘zilib ket-
gan urush harakatlari har ikki tomon kuchlarini keskin zaif-
lashtirdi. Forslar aynan shuni istagan edi. Artakserks II har
ikki tomonning yuzaga kelgan vaziyatda Eronga tahdid tug‘dira
olmasligini bilib, hakam sifatida chiqdi. Uning vositachiligi-
da mil.avv. 387-yilda Antalkid tinchlik bitimi tuzildi. Tinchlik
shartlarini amalda forslar ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, Sparta-
ning yunon dunyosidagi yetakchiligi rasman tasdiqlandi.
Amalda esa, Spartada ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Dav-
lat mulki hisoblangan yerlar ayrim spartaliklarning mulkiga
aylandi. Yerni xufiya oldi-sotdisi avj oldi. Mil.avv. V asr so‘nggi-
da yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kir-
di. Fuqarolarning yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisida
392
yer mulkchilik munosabatlarida keskin o‘zgarishlar boshlandi.
Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan ko‘ra, sudxo‘rlik
daromadi o‘sib ketdi. Yer-mulk munosabatlarida o‘zgarish-
lar yuz berdi. Mil.avv. V asr oxiridan yerning erkin oldi-sotdisi
keng tarqaldi. Ko‘pgina fuqarolar nochorlikdan o‘z yerlarini so-
tishga majbur bo‘ldilar. Natijada bu yerlarni fuqaroligi bo‘lma-
gan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini
ijaraga berish va garovga qo‘yish keng tarqaldi. Katta-katta yer
maydonlari ayrim fuqarolarning qo‘liga o‘tib qoldi. Kambag‘al-
lashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o‘z fuqarolik majburiyatla-
rini bajarmay qo‘ydilar. Ilgari iqtisodiy o‘sish davlatning boy-
ishi bilan birga borar edi. Boy fuqarolar ko‘pgina mablag‘larini
fuqarolik jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o‘z majburiyatlari deb
bilar edilar. Mil.avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy kishilar
qo‘lida to‘plandi va ular o‘zlarining fuqarolik majburiyatlarini
bajarishdan bo‘yin tovlay boshladilar. Ularning ko‘pchiligi o‘z
mablag‘larini dengiz savdosiga qo‘ydilar. Ular o‘z polislaridan
boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila
boshladi va ma’lum bir polis fuqarosi bo‘lish ahamiyatsiz bo‘lib
qoldi.
Mil.avv. IV asrga kelib, asta-sekin Afina fuqarolarining ko‘p-
chiligi og‘ir dehqonchilik va hunarmandchilik mehnati fuqa-
ro uchun loyiq bo‘lmagan past mashg‘ulot, bu mashg‘ulotlar
to‘laqonli fuqaro bo‘lmagan metek va qullarga mos deb qaray
boshladilar. Bu davrda yunon polislarida davlat xo‘jaligining
mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan
ko‘zga tashlanadi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jihat-
dan hech qanday mablag‘ga ega emas edi. Bundan tashqari,
polislarning moliyaviy qiyinchiliklari uzluksiz urushlar, yol-
lanma qo‘shinlarning keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga xara-
jatlarning muntazam ravishda o‘sib borishi bilan chuqurlash-
di. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to‘lash, kambag‘al
fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklar-
ni yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o‘z xarajatlari ni
ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo‘lsa, mil.avv. IV asrda esa
mulkdan olinadigan favqulodda soliq – eysfora bilan qoplay
boshladi. Tinchlik vaqtida Afina fuqarolari hech qanday soliq
to‘lamas edilar. Xalq yig‘ini eysfora to‘g‘risidagi qarorlarni kam-
bag‘al fuqarolar manfaatlariga zid ekanligi uchun uni istar-is-
tamas qabul qilar edi. Afinaning boy tabaqasiga soliq solishga
393
urinish boylarning noroziligiga olib keldi. Mil.avv. V asr so‘n-
gida meteklar va chet elliklarga alohida xizmatlari uchun polis
hududida yer va uylarga egalik qilish huquqi berildi. Chetdan
kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg‘a qilindi.
Polisning tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham
ko‘rindi. Yer-mulkidan ajralgan, qarzga botib, kambag‘allashib
qolgan fuqaro qurol-yarog‘ olishga mablag‘ topa olmas, ko‘pin-
cha begonalarning manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi.
To‘xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvini, har-
biy jang san’atini yaxshi egallagan askarlarni talab qilar edi.
O‘z yeridan mahrum bo‘lgan, jismoniy mehnat bilan shug‘ul-
lanishni istamaganlar, polislaridan quvilgan kishilar yollanma
askarlar safini to‘ldirdilar.
Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimining
tushkunli-
gi emas edi. Chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehma-
tidan foydalanish hajmi o‘sdi. Afinada davlat qurilishida erkin
fuqarolarning mehnati kamaydi. Chunki ularning mehnatiga
ham, metek va qullarga ham bir xil miqdorda haq to‘lanar edi.
Qullardan qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, uy-ro‘zg‘or ish-
larida foydalanish, boshqa kishilarga yollanma mehnatga be-
rish bilan birga, quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil
shug‘ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk va oilaga
ega bo‘lib, alohida yashar edilar. Ular pul to‘plab, o‘z ozodlikla-
rini sotib olishlari mumkin edi. Mil.avv. IV asrda ozod qo‘yilgan
qullarning soni o‘sdi va ularning yunon polislari iqtisodiy hayo-
tidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga teng-
lashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar om-
masiga qo‘shildilar. Mehnat va hayot kechirishning o‘xshash-
ligi fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan kishilarni bir-biriga yaqin-
lashtirdi. Mil.avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar
o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambag‘allar o‘rta-
sidagi qarama-qarshiliklar davlat hokimiyatining zaiflashuviga
olib keldi. Davlat hokimiyatining tabaqalar o‘rtasidagi nizolarni
hal qilishga urinishi natija bermadi.
Mil.avv. IV asrning birinchi yarmida Spartaning Yunonis-
tondagi mavqei kuchaydi (mil.avv. 404–379-yillar). Sparta po-
lislarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralasha boshladi. Bu
ko‘pchilik polislarning noroziligiga olib keldi. Oqibatda, Yuno-
nistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spar-
taning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Yana bir yunon
394
polisi Fivaning yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik
bo‘ldi. Afinaning dengiz ittifoqini qayta tiklashga urinishi ham
natijasiz tugadi. Mil.avv. IV asr ning 60-30-yillarida biror-bir
yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va
unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari
endilikda o‘zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay qoldi.
Qudratli Eron davlatining yunon polislaridagi ta’siri kuchaydi.
U polislar o‘rtasidagi nizolarni hal qilishda asosiy hakam sifa-
tida chiqishi odatdagi holga aylandi. Ko‘pgina yunon polislari
o‘zaro urushlardan xoli bo‘lish uchun forslarning homiyligini
ko‘ngilli qabul qildilar. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida na Sparta, na
Afina yoki Fiva yunon-polis davlatlarini birlashtirish qobilyati-
ga ega emasligi yaqqol ko‘rindi. Notiq Isokrat kuchli Makedoni-
yaning boshchiligida tarqoq yunon-polislarini kuch ishlatib bir-
lashtirish g‘oyasini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |