Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3.  Afinada  Pisistrat  tiraniyasi  (Mil.avv. 560–527-yillarda 

Afinani  boshqardi).



  Solon islohotlari barcha ijtimoiy muam-

molarni  yecha  olmadi.  Afinada  keskin  ichki  siyosiy  kurash 

boshlandi.  Tez  orada  kuchli  ijtimoiy  ziddiyatlar  Afinada  Pi-

sistrat tiraniyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Mil.avv. 560-yil 

zodagonlardan biri Solonning qarindoshi Pisistrat (mil.avv. 

560–527-yillar) qattiq kurash natijasida hokimiyatni bosib oldi 

va o‘zining tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. 

Afi naning eng kambag‘al aholisi o‘z siyosiy huquqlarini kengay-

tirish va yer mulkini taqsimlashdan umidvor bo‘ldi. Shu sabab-



372

li ular Pisistrat tiraniyasini qo‘llab-quvvatladilar. U dastlab eng 

muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko‘rsat-

di. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini yengil-

lashtirdi. Qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini 

Afinaga sudga kelishdan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni 

tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyati-

ni mustahkamladi. Fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi. Bu 

o‘rta hol dehqonlarni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. 

Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shart-sharoit 

yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo‘g‘oziga chiqadigan 

muhim nuqtani bosib olib, Afinaning Qora dengizga boradigan 

dengiz  yo‘llari  ustidan  nazoratini  o‘rnatdi.  Afinada  savdo-hu-

narmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat 

inshootlari  qurilishini  amalga  oshirdi.  Pisitrat  davrida  Afina 

akropolida  Afina  Pallada,  Pifiyalik  Apollon  Elevsinada  ibodat-

xonalari va yangi bozor qurildi. Pirey portining qurilishi davom 

etdi, 9-quvurli suv o‘tkazgich barpo etildi, bu suv quvuri milo-

diy 18 asrgacha ishlatildi. Pisistrat yollanma qo‘shinni tashkil 

qildi, hosilning o‘ndan bir miqdorida soliq joriy qilindi. Solon 

joriy etgan o‘zgarishlar saqlab qolindi, lekin Pisistrat boshqa ti-

ranlar bilan juda yaqin aloqa o‘rnatdi. Shoirlar va rassomlarga 

homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchi-

lari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur «Iliada» 

va «Odissey» poemalari yozib olindi. 

Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeyiga 

putur yetkazdi. Ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilin-

di. Mil.avv. 527-yilda Pisistratning vafotidan so‘ng o‘g‘illari Gip-

pey va Gipparx Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli Fors 

davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora den-

gizga  boradigan  yo‘llarni  egallab  oldi.  Afina  dengiz  savdosiga 

katta  putur  yetdi.  Natijada  Afinaga  chetdan  g‘alla  olib  kelish 

vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlash-

di. Tabiiyki, bu aholining noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pi-

sistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish