UMUMHIND DAVLATINING VUJUDGA KELISHI.
«KLASSIK DAVR»
(mil.avv. II asr – milodiy V asr)
1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum.
2.Mil.avv. VI–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 3. «Klassik
davr». Janubiy Osiyoning siyosiy tarixi (mil.avv. II asrdan –
milodiy V asrgacha).
1. Mil.avv. VI–III asrlarda Hindiston. Ijtimoiy tuzum.
Hindshunoslik adabiyotida mil.avv. VI–III asrlar buddaviylik,
urbanizatsiya davri yoki magadxa-mauri davri deb ataladi. Mil.
avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindiston jamiyatining
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida keskin o‘zgarishlar yuz ber-
di. Bu o‘zgarishlar to‘g‘risida arxeologik va yozma manbalar,
ayniqsa, budda manbalari boy ma’lumot beradi.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Hindistonda o‘n
oltita katta urug‘ va bir necha o‘n kichik davlat paydo bo‘ldi.
Mil.avv. VI asr oxirida Ahmoniylar Eroni Hind daryosi vodiysi-
ni bosib oldi. Shu vaqtdan boshlab Hindiston Old Osiyo mam-
lakatlari bilan yaqin madaniy aloqaga kirishadi. Bu vaqtda
Hindistonning asosiy madaniy-siyosiy markazlari Gang vodiy-
sida edi. Magadxa va Koshala Gang daryosining quyi oqimi-
da, Gang va Yamun oralig‘ida Vatsa, Avanti davlatlari o‘rtasi-
da yetak chilik uchun kurash olib bordilar. Vaqt o‘tishi bilan
Gang vodiysida ko‘p sonli mayda davlatchalar ichidan Magadxa
podsholigi birinchi o‘ringa сhiqib oldi. Qadimgi Magadxa (hozir-
gi Janubiy Bixar viloyati hududi) qulay geografik, strategik va
sav do yo‘llari kesishgan hududda joylashgan. Bu davlat boshqa
bir necha kichik davlatchalarni birlashtirdi. Mamlakat Hindis-
tonning ko‘plab viloyatlari bilan gavjum savdo qilgan. Magadxa
qazilma boyliklar, jumladan, metallga boy edi. Uning yangi qa-
dimgi poytaxti Rajagrixa shahri edi. Magadxa podshosi Udain
davrida (mil. avv 461–445-yillar) poytaxt Pataliputraga (hozirgi
Patna shahri) ko‘chirildi. Bu shahar butun Hindiston bo‘yicha
eng katta savdo-hunarmandchilik markaziga aylandi. Keyin
Magadxa taxtida nand sulolasi qaror topdi va Magadxa katta
256
imperiyaga aylandi. Nand davlati Maurilar imperiyasini tashkil
topishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Mil.avv. IV asrda Shimoliy Hindistonda Panjobdan to Benga-
liyagacha bo‘lgan yerlar Mauri urug‘idagi magadxalik zodagon
Chandragupta (mil.avv. 321–297-yillar) tomonidan bo‘ysundi-
rildi. Maurilar imperiyasining tashkil topishi Hindiston tarixida
muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Qadimgi Hindiston tarixida birinchi
bor chekka janubdan tashqari, ilk bor butun Hindiston hududi
birlashgan davlat tarkibiga kirdi.
Antik mualliflar podsho Chandragupta makedoniyalik Alek -
sandr Shimoliy Hindistonda qoldir gan yunon-makedon garni-
zonlari va uning noiblari bilan urush olib borgani to‘g‘risida
ma’lumot beradilar. Chandragupta Shimoliy-G‘arbiy Hindis-
tondan to Pataliputra hududlarigacha istilochilik urushlarini
olib borgan. U Nand sulolasining so‘nggi podshosi bilan urush-
da g‘alaba qozondi va Magadxa hududlarini o‘z davlati tarkibiga
qo‘shib oldi.
Taxminan mil.avv. 314-yilda Chandragupta yangi Mauri-
lar sulolasi (mil.avv. 317-yildan mil.avv. 180-yilgacha)ga asos
solib, o‘z mutlaq hokimiyatini o‘rnatdi. Ammo uning davlati
uchun Salavkiy lar davlati jiddiy raqib edi. Chandragupta bu
davlatning g‘ayratli hukmdori Salavk Nikator bilan urush olib
borishga majbur bo‘ldi. Bir necha yillik urushlardan so‘ng har
ikki tomon o‘rtasida mil.avv. 303 yoki 302-yilda tinchlik shart-
nomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, Maurilar Aleksandr ilgari
bo‘ysundirgan Hindiston shimoliy-g‘arbidagi ayrim viloyatlarga
ega bo‘ldilar (Ariya, Araxosiya, Gedrosiyaning bir qismi va Para-
pamisad qabilalari yerlari). Salavk buning evaziga 500 jango-
var filni oldi. Hindiqush tog‘i Salavkiylar va Maurilar o‘rtasidagi
chegaraga aylandi. Tinchlik shartnomasidan so‘ng Salavk o‘z
elchisi Megasfenni Maurilar saroyiga yubordi. Megasfen Mau-
rilar saroyida 5 yil yashab, Maurilar davlati davrida Hindiston-
ning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, davlat tuzumi to‘g‘risida qimmatli
ma’lumot larni yozib qoldirgan. Chandraguptaning vorisi Bin-
dusara mil.avv. 297–272-yillarda faol istilochilik urushlari olib
borib, Afg‘onistonning katta qismi, Belujiston, Shimoliy Hindis-
ton va deyarli Dekan yarim orolini to‘liq bo‘ysundirdi.
Megasfendan so‘ng Maurilar saroyiga Salavkiylarning navbat-
dagi elchisi Deymax keldi. Bu elchilik Bindusara podsholigi
davriga to‘g‘ri keladi. Podsho Bindusara Misr bilan elchilik alo-
qalarini o‘rnatdi. Shu sababli, Maurilar saroyiga Ptolemeyning
257
elchisi Dionisiy tashrif buyurdi. Bindusara mamlakatning ij-
timoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun qator ishlarni
amalga oshirdi.
Chandraguptaning nevarasi podsho Ashoki davrida (mil.
avv. 272–232-yillar) Maurilar davlati gullab-yashnadi. Bu vaqt-
da butun Hindiston chekka janubdan tashqari yagona davlat-
ga birlashdi. Ashoki hukmronligining sakkizinchi yili Kalingi
davlatini bosib oldi. Ashoki davlat hokimiyatini mustahkam-
lashga harakat qildi. Uning qonunlari (ediktlar) mamlakatning
turli hududlarida tosh lavhalarga yozib qo‘yildi. Bu ediktlar
orqali Ashoki davlatining boshqaruv tizimi, eng muhim siyo-
siy voqealar, podshoning ijtimoiy siyosati to‘g‘risida tasavvur
hosil qilish mumkin. Umumhind davlatining hukmdori o‘zini
faqat Magadxa davlatining podshosi deb hisoblagan. Bosqin-
chilik urushlari ma’muriy apparatni to‘liq almashtirish va eski
siyo siy tuzumni o‘zgartirishga olib kelmagan. Mamlakat asosan
besh viloyat – noiblikka bo‘lingan. Noibliklarni podsho xona-
doni a’zolari boshqargan. Noibliklar yana kichkina ma’muriy
hududlarga bo‘lingan. Podsho maxsus amaldorlar (radjuklar)ni
har uch yoki besh yilda bir marta viloyatlarga mahalliy hokim-
lar faoliyatini nazorat qilish uchun yuborgan.
Podsho hokimiyati poytaxtda oliy mansablarni egallagan
zodagonlar va podsho qarindoshlaridan tuzilgan podsho ken-
gashi bilan cheklangan. Podsholar ham o‘z navbatida, urug‘ zo-
dagonlari, kshatriylarning imtiyozlarini cheklashga harakat qil-
ganlar. Ularni o‘z tarafdorlari bilan almashtirishga intilganlar.
Podsholar o‘z qo‘llariga moliyaviy boshqaruvni to‘plab, davlat
xazinasini to‘ldirishga uringanlar.
Hindistondagi barcha davlatlarning hukmdorlari noan’ana-
viy dinlarga, asosan, budda diniga homiylik qildilar. Mauriylar
budda dini targ‘ibotiga jiddiy e’tibor berdilar. Turli mamlakat-
larga budda g‘oya larini targ‘ib qilish uchun missionerlar yubo-
rildi. Ayniqsa, Hindiston bilan yaqin aloqada bo‘lgan viloyatlar-
da budda ta’limoti tez qabul qilindi. Shri-Lankada bu jarayon
jadal sur’atlar bilan kechdi.
Mahalliy tarixchilar Shri-Lankada dehqonchilik, hunarmand-
chilik va davlatchilikning paydo bo‘lishini mil.avv. V asr da Shi-
moliy Hindistondan kelganlar faoliyati bilan bog‘laydi. Shaxzoda
Singala («Yo‘lbars») ularning boshida turgan. Uning nomi bilan
mamlakatdagi hukmron etnik guruh – aholi singallar deb aytila
boshlandi. Arxeologik qazishmalar ham mil.avv. I ming yillik
258
o‘rtalarida Shri-Lankada birdaniga temir asri madaniyati pay-
do bo‘lganidan guvohlik beradi. Seylon xronikalari Ashokining
ukasi maxsus missiya bilan mahalliy hokimni budda ta’limo-
tining afzalligiga ishontirgani va tez orada bu yerda ilk budda
monastirlari paydo bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shri-Lanka
Ashoki davridan to shu kungacha budda dini hukmron bo‘lgan
mamlakatdir.
Mil.avv. IV–III asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida
umumhind davlatining tashkil topishi muhim ahamiyat kasb
etdi. Mamlakat miqyosida savdo-hunarmandchilik rivojlanib,
hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchaydi.
Bu davrda hunarmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar
gullab-yashnaydi. Pataliputra, Ujayana, Varanasa va Matxura
shaharlari rivojlandi. Pataliputra shahriga mil.avv. V asrda asos
solingan bo‘lib, tez orada shimoliy Hindistonda Magadxa davla-
tining savdo-hunarmandchilik va madaniy markaziga aylandi.
U Magadxa, Maurilar, Nand, Shung, Gupta davlatlarining poy-
taxti bo‘ldi. Hunarmandlar ixtisosliklar bo‘yicha joylashib, o‘z
birodarliklari (shreni) ga ega bo‘lganlar. Ba’zi yirik ustaxonalar
(verflar, qurolsozlik, zargarlik, to‘qimachilik) podshoga qarashli
bo‘lgan. Mahsulot ishlab chiqarishda joylarning ixtisoslashuvi
kuzatilgan: Magadxada sholi va metall, mamlakatning shimo-
li-g‘arbi – tariq, yilqi, janub – qimmatbaho toshlar, marvarid va
ziravorlar, g‘arb – paxta va paxta mahsulotlari bilan shuhrat
qozongan hokimiyat savdodan katta foyda ko‘rgan. Tashqi sav-
do rivojlangan.
Mil.avv. V–III asrlarda iqtisodiyotning barcha sohalari o‘sdi.
Qishloq xoj’aligida yangi yerlar o‘zlashtirildi, sun’iy sug‘orish
rivojlanib, ekiladigan o‘simliklar soni ko‘paydi. Shimoliy Hindis-
tonning rivojlangan viloyatlarida yerga xususiy mulkchilik sal-
mog‘i o‘sib bordi. Mulk merosiy bo‘lib, oila boshlig‘i mulkning
to‘la xo‘jayini edi. Xo‘jalikni katta yoki kichik oila yuritdi. Aholi
qishloq jamoasi bo‘lib yashadi. Qishloqning ichki hayoti jamoa
tashkiloti orqali boshqarilib, qo‘shnilar o‘rtasidagi ixtiloflar odat
asosida hal qilingan. Alohida hollardagina ish podsho sudiga-
cha borgan. Qishloq jamoasi oqsoqoli podsho hokimiyati oldida
jamoaning kafolatchisi bo‘lgan qishloqda dehqonlardan tash-
qari ularga xizmat qiladigan turli kasb egalari ham yashagan.
Qishloqning shahar bilan aloqasi zaif edi. Jamoa ichida mulkiy
tabaqalanish kuchli edi. Qishloq jamoalari besh yoki 10 qish-
loq birlashgan katta jamoani ham ba’zida tashkil qilgan. Davlat
259
jamoaning ichki ishlariga aralashmay, hosilning uchdan biri
miqyosidagi soliq olish bilan cheklangan amaldorlarga xizma-
ti uchun ma’lum miqdorda yer ulushi bergan. Bu davrda hu-
narmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlar gullab-yashnaydi.
Bundan tashqari, umumhind davlati butun Janubiy Osiyo-
ning barcha hududlari sivilizatsiyalashuvida muhim rol o‘yna-
di. Maurilar imperiyaning mafkuraviy asosi qilib budda dinini
oldilar. Ayniqsa, Ashoki budda diniga homiylik qilib, mo‘l-ko‘l
sovg‘alar berib, biddaviylik ibodatxonalari va monastirlarini qu-
rilishini rag‘batlantirdilar. Ashokining davlat va diniy siyosati
mahalliy zodagon – rojalar va brahmanlik kohinlari qarshiligiga
duch keladi. Uning o‘limidan so‘ng maurilar sulolasi zaiflashdi.
Mil.avv. 180-yillar atrofida Maurilar sulolasining so‘nggi vaki-
li o‘z sarkardasi tomonidan o‘ldiriladi. Yangi sulola Shunglar
hokimiyat tepasiga keldi. Maurilar davlati zaiflashib, mil.avv.
II asr boshlarida parchalanib ketdi. Lekin u to‘g‘risida xotira
qoldi. Madaniy birlik – davlat paydo bo‘ldi. Ashoki kapitelida-
gi to‘rt sher hozirgi kunda Hindiston Respublikasining milliy
ramzi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |