Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling.
Idish, idora, ijod, ilon, imlo, imzo, igna, inson, iroda, imkon, ixtiro, ixcham, ixtiyor, iqtisod, iqlim, himoya, ahil, ruhiy, hikoya, og‘ir, bag‘ir, qo‘ng‘ir.
6. E e harfi til oldi, lablashmagan, o‘rta keng unli tovushni yozuvda berish uchun xizmat qiladi. Kirill alifbosida Ээ shakliga ega edi. Asosan so‘zning boshida uchraydi: el, eshik, ekin, ertak, erkak, elak kabi. Yangi alifboga o‘tilgandan so‘ng har ikkala holatda ham bir harf qo‘llanadigan bo‘ladi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlar o‘rtasi va oxirida ham uchraydi: poeziya, poema, duet, duel, karate kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |