Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling.
O‘jar, o‘lan, o‘pka, o‘rdak, o‘roq, o‘tkir, o‘zak, o‘g‘il, o‘choq, g‘o‘ra, g‘o‘za, sho‘r, sho‘rva, cho‘mich, cho‘qqi, to‘rt, to‘siq, to‘qay, to‘g‘ri, ro‘yxat, ro‘zg‘or, so‘ri, so‘z, no‘xat, mo‘yna.
5. Ii harfi orqali o‘zbek tilidagi til oldi, lablashmagan, tor unli tovush ifodalanadi. Kirill alifbosida Ии shakliga ega edi. Bu tovush ham chuqur til orqa [q], [g‘], [x] undosh tovushlari bilan yonma-yon kelganda rus tilidagi [ы] unli tovushiga yaqin talaffuz etiladi: tiqin, biqin, chaqin, og‘iz, bo‘g‘iz, qiziq, taxir, oxir kabi. Qolgan hollarda qisqa unli tovush tarzida talaffuz etiladi: bil, til, biz, siz, bilak, bilan, tilak, tish, ish kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |