211
4.
Сафаров, Феруз Сулаймонович. "Фонетический строй языка и взаимообусловленность
национальной музыки." Science and Education 3.3 (2022): 1072-1081.
5.
Hayitov H. A. Literary influence and artistic image //Экономика и социум. – 2019. – №. 8. –
С. 11-14.
6.
Saidova M. Educate students by solving textual problems //European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol. – 2019. – Т. 7. – №. 12.
7.
Ergashovna S. G. Modern Lesson Forms in Mathematics in Primary Schools //European Journal
of Life Safety and Stability (2660-9630). – 2022. – Т. 14. – С. 106-109.
8.
Дустова Д. С., Каримова Д. Э. Формирование у младших школьников текстовых умений
на уроках русского yaзыка //innovation in the modern education system. – С. 69
9.
Xudoyberdiyeva N. O., O‘roqova G. Folklorda makon va zamonning o‘ziga xos talqini
//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 468-474.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARI JARAYONIDA PIRLS XALQARO
BAHOLASH DASTURINI JORIY ETISH
Ne’matova Flora Baxtiyor qizi
BuxDU Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
kafedrasi o‘qituvchisi
Globallashuv jarayonida mamlakatimiz barqaror taraqqiyotini ta’minlashda ilm-fan, yangi texnika-
texnologiyalar rivoji muhim rol o‘ynaydi. Quvonarlisi shuki, mamlakatimiz rahbariyati ushbu sohalarga
katta e’tibor qaratmoqda.
Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, mamlakatimizga xos
xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
modernizatsiya qilishimiz lozim. Hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro baholash, xususan, PISA, PIRLS,
TIMSS, ICILS kabi bir qancha dasturlar mamkatimiz ta’lim tizimiga kirib keldi. Bu jahon mamlakatlari
qatorida o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish, ta’lim tizimini isloh qilishda kata ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro
standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, Progress in International Reading
and Literacy Study (PIRLS) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini. baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib
tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda
taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat
siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. PIRLS – boshlang‘ich 4-
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi
jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va
ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyatidir.
Shu o‘rinda 4-sinf “O‘qish” (Oʼqish kitobi 4-sinf: umumiy oʼrta taʼlim maktablarining 4-sinfi
uchun darslik/ S. Matchonov [va boshq.]. – Qayta ishlangan va toʼldirilgan oltinchi nashr. – Toshkent.:
«Yangiyoʼl poligraf servis», 2017. – 216 b.) [3]darsligida keltirilgan “Nihollarning nolasi” (Xudoyberdi
To‘xtaboyev) hikoyasi asosida PIRLS dasturiga mos savol va topshiriqlar ishlab chiqdik. Chunki
aksariyat PIRLS dasturi va uning topshiriqlari chet el hikoyalarining tarjimalari asosida tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: