126
vazifalarni bajarish talablari turadi. Bu sohaga qaratilgan barcha pedagogik vazifalar o‘zining
murakkabligi bilan alohida o‘rin tutadi.Ushbu jarayonda nafaqat tovush madaniyati, balki “Nutq o‘stirish
nazariyasi va metodikasi”fan modullarining o‘zaro integrastiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash deganda, ona tilimizdagi barcha tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz eta olish, shu asnoda ular yordamida so‘z,ibora,gap va og‘zaki hamda mantiqli fikrlay olishga
erishish,
shuningdek, ohang, ritm, tembr va ifodalilik asosida og‘zaki matn yaratishga erishtirmoqdan
iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, so‘zlovchi nutqini diqqat bilan tinglay olish, gapirayotgan paytda esa
to‘g‘ri, me’yoriy nafas olish va ovoz kuchidan tartibli foydalana olish kabi psixologik jarayonlarga,
ko‘nikma va malakaga doimiy odatlantirish vazifalari yuklanadi. Bunday vaziyatda tarbiyachi –
pedagogning nutq o‘stirish haqidagi tasavvur va bilimlarining in’ikosi ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi.
Nutq tovush madaniyatining ilk elementlariga kichik guruhlardan boshlab o‘rgatilsa-da, bu jarayon
bolalarning besh yoshga to‘lganidan keyin tizimli amalga oshiriladi. Chunonchi, bolalarga avval ijtimoiy
hayotdagi fizik tovushlar o‘rgatiladi: “gup-gup”, “paq-paq”,”taq-tuq”,”guv-guv” kabi. Tovushlarning
o‘xshash yoxud farqli xususiyatlariga, shuningdek, biologik tovushlarga: go‘dak tovushi,
hayvonlar
tovushi,tabiatdagi shamol, yomg‘ir tovushlariga ham e’tibor qaratiladi.
Bola besh yoshga to‘lganda bevosita til tovushlariga diqqatini qaratadi. Qanday qilib tovush hosil
bo‘lishi, tovushlar talaffuzi, uni hosil qiluvchi nutq apparati a’zolarining xizmati, faoliyati va ishtiroki
amaliy tarzda o‘rganiladi. Tovushlarning orfoepik hosil bo‘lishi va ular yordamida so‘z va gap tuzishga
qiziqish yanada ortib boradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki,bolalar o‘z nomlariga keladigan tovushlarni,
o‘rtoqlari ismlariga, ota-ona,oila a’zolari nomlariga keladigan tovushlarni tez o‘rganib oladi.Xususan, bu
jarayonni shakllantirishda oltita unli tovushlarninghosil bo‘lishi (a,o,u,o‘,i,e)ni anglatish juda oson
kechadi.Unli tovushlarning har bir so‘z hosil qilishdagi o‘rni muhimligi, olingan havoningbevosita
og‘izdagi a’zolarga daxlsiz tarzda tashqariga chiqishidan paydo bo‘ladigan
tovush ovozdor ekanligini
anglab etadi.Shu tarzda ular unli tovushlar talaffuzini o‘rganib oladi.Xuddi shuningdek, tarbiyachi-
pedagog unli tovushlar bir o‘zi ham mazmun-ma’no anglatishiga bolalar diqqatini qaratadi. Bunday
xususiyat faqatgina unli tovushga xosligini aytib, bolalarda bu tovushlarga havas uyg‘otadi. Masalan, a
tovushi-og‘izni katta ochish ma’nosini(shifokor huzurida shunday deyiladi), o tovushi og‘izni olmadek
yumaloq qilish yoxud “mazali” ma’nosini ifodalashini, shuningdek, u tovushi takrorlanib aytilsa(u-u-
u),duduqlanish, o‘ va i tovushlari
takroranib talaffuz etilsa, hayratlanish ma’nolarini, e tovushi
takrorlansa, kutilmagan hodisadan dalolat berishi tushuntiriladi. Ana shu tovushlar artikulyastiyasi
asosidagi so‘zlarni bolalar nutqiga olib kirish nafaqat tovush madaniyati, balki bolarning lug‘at doirasini
kengaytirish uchun ham xizmat qiladi.Chunonchi, ikki bo‘g‘inli so‘zlar bilan so‘z birikmasi tuzsalar(katta
daraxt,chiroyli qo‘g‘irchoq,baland bino, keng yo‘l kabi),keyinchalik murakkab so‘z birikmalari tuzish
mahoratiga ham ega bo‘ladi(ko‘zi qora qo‘zichoq,baland bo‘yli kishi, yam-yashil o‘tlar,yangi va dumaloq
koptok).Bu birikmalar orqali gap va og‘zaki matn tuzishni ham o‘rgatish mumkin. Bu esa tovush
madaniyati bilan bolalar nutqidagi kreativlikni uyg‘otish bilan bir qatorda grammatik nutqni kamol
toptirish uchun ham xizmat qiladi.Tajribalardan shu ayonki, tovush madaniyatini shakllantirish asosiy
ob’ekt
sifatida qaralsa ham, nutq o‘stirish fani bo‘limlari orasidagi o‘zaro integrallashuvning samarasi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Bolalar nutqini rivojlantirish- bevosita kattalar nutqiga taqlid qilish, ular bilan o‘zaro muloqoti
ta’siri asosida shakllanib boradi. U o‘z nutqidagi tovush madaniyatidagi ohang, ovoz kuchi, ritm va
ifodalilikdagi rang-barang hodisalarni qiyoslab o‘rganadi. Shu nuqtai nazardan rus usulshunosi
A.N.Leontev nutqiy rivojlanish jarayonini quyidagicha tavsiflaydi:”Nutq o‘stirish
jarayoni bola
lug‘atining va so‘zlarning assostiyastiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy
o‘zgarishlar jarayoni emas,balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir,zero, u fikrlash va ong rivojlanishi
bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funkstiyalari,tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan
haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.Bu muayyan fikrlar zamirida shu narsa ayon bo‘ladiki, tovush
madaniyatini rivojlantirshda ham bolaar tasavvuri va ularning atrof-tevarakka
faol munosabatlari nuqtai
nazarlari darajasida pedagog yondashuvi ehtiyoji hamda zarurati muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha
metodik va amaliy ishlar ana shu jarayonga qaratilsagina, samara va natijaga ega bo‘ladi.
Tovushga xos madaniyatni rivojlantirishda, eng avvalo, kichik guruhdan boshlab, tayyorlov
guruhigacha didaktik o‘yinlar, xalq og‘zaki ijodi janrlari sanalmish topishmoq, tez aytish va ertaklardan
tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ham bolalarda ushbu sohani rivojlantirishda bolalar
folklori bilan integrativ yondashuv uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.Xususan, didaktik
o‘yinlarning ahamiyati alohidadir. “Qo‘g‘irchoqni ovutish”(bunda qo‘g‘irchoqni
ovutishda allani ijro
etishga o‘rgatish), ”Ajoyib xaltacha”(unli va undosh tovushlar ishtirok etadigan predmetlar)”Do‘kon”kabi
didaktik o‘yinlarini tashkil etish mumkin.
127
Undosh tovushlar talaffuzi ham pedagoglardan murakkab pedagogik vazifani tashkil etadi. Kichik
guruhlarda tovush talaffuzini o‘rgatish uchun alohida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.Unda predmet va
o‘simliklar, hayvon nomlarini talaffuz etish asosida tovushlar tizimi o‘rgatiladi. O‘rta guruhlarda oyida
ikki marta katta va tayyorlov guruhlarida esa nutq o‘stirsh mashg‘uloti jarayonida haftada bir marta
o‘tkaziladi.
Umuman,tovushlar talffuzi bo‘yicha nutq o‘stirish mashg‘ulot tarkibida quyidagi mashg‘ulot
turlaridan foydalanish mumkin:
1.
Tovushlarni talaffuz etish uchun bo‘lgan artikulyastiya apparati a’zolari harakatini aniqlash
uchun mashg‘ulotlar.
2.
Alohida tovushlar talaffuzini aniqlash va taqlidchanlik asosida tovushni vujudga keltirish
mashg‘ulotlari.
3.
Tovushlarni so‘zlarda aniq va to‘g‘ri talffuz etishni tarbiyalash mashg‘ulotlari.
4.Tovushlarni nutqda aniq va to‘g‘ri talaffuz etishni tarbiyalash mashg‘ulotlari.
5. Yakuniy mashg‘ulotlar.
Xulosa qilib aytganda, tarbiyalanuvchilarda tovush madaniyatini tarbiyalash murakkab pedagogik
jarayon bo‘lib, u nutq jarayonida uning sifatlarini tarkib toptirish bilan monologik nutq go‘zalligiga,
ovozning me’yoriy jozibadorligi va ta’sirchanligiga ega bo‘lish ko‘nikma
hamda malakalarini
tabiyalaydi.Bu esa bevosita nutq o‘stirish fanining boshqa bo‘limlari bilimi asosida ushbu modulning
o‘zaro integrallashuvi tizimi va loyihasi bilan chambarchas bog‘lanib olib borilsagina, ko‘zlangan samara
hamda natijaga erishtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: