123
Yozuv ‒ muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma
belgilar yoki tasvirlar tizimi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
zimmasida bo‘ladi.
Eski maktablarda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg‘ulotlari uc
hun zarur bo‘lgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o‘rgatish vaqtida faqat qalamni q
anday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so‘ng uning ustidan qay
ta yozishga yo‘l qo‘yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo‘lgan. Bugungi
maktablar esa bundan mustasno. Chiroyli yozuvni o‘rgatishda eskicha usuldan emas, balki zamonaviy
ilg‘or usullardan foydalanish o‘z samarasini bermoqda.
Ma’rifatparvar shoir, betakror husnixat sohibi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat ham:
Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa edi imlo-yu savodim
jumlalari orqali husnixatga alohida e’tibor qaratgan.
Innovatsiya atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib yangilanish, o‘zgarish degan
ma’noni bildiradi.O‘qituvchi innovatsion texnologiyaga asoslanib darsni tashkil qilar ekan, kompyuter,
proyektor, elektron doska, yozuv taxtasi kabi vositalardan ham unumli foydalana bilishi zarur.
Elektron doska - bu kompyuter va proyektorga ulanadigan interaktiv displey. Proyektor kompyuter
ma’lumotlarini doskada aks ettirishga imkon beradi va uni qalam, barmoq yoki boshqa moslama
yordamida boshqarish mumkin. Elektron doska devorga yoki polga o‘rnatilishi mumkin. Bunday
vositalardan foydalanish o‘quvchining qiziqishini ortishiga, xatolari ustida ishlashiga, o‘zini yozuv
daftarida yozayotgandek his qilishiga zamin yaratadi. Elektron doskaning afzalliklari yozuvning istalgan
qismini o‘chirish, rang-baranglikdan foydalanish orqali bola ongida borliqni turlicha ko‘rishga
imkoniyatlari katta. Endi o‘quvchi o‘ziga noqulay bo‘lgan bo‘rdan vos kechib markerlarni xuddi
ruchkadek ishlata oladi, bunda harf elmentlari aniq va ravon nisbatan bexato yozilishiga erishiladi.Darsda
o‘z fikrini bayon qilishga tortinadigan o‘quvchilar esa yanada faolroq bo‘lishga harakat
qiladi.Shuningdek foydalanuvchiga keyinchalik foydalanish uchun ma’lumotni saqlashda yoki oldingi
materilallarga havola qilishlariga imkon beradi.Ya’ni o‘quvchining ma’lum bir muddat oralig‘ida yozuvi
qay darajada o‘zgarganini solishtira oladi. O‘quvchini baholashda shaffoflik saqlanib qoladi.Bu yangilik
faqat o‘quvchilarni emas balki o‘qituvchilar uchun ham keng imkoniyatlarni yaratadi.Bunda o‘qituvchi
qadimdan eskilik sarqiti bo‘lib kelgan, o‘quvchilar uchun endi yangilik bo‘lmay qolgan qog‘oz
ko‘rgazmalardan vos kechib, o‘zining dars mohiyatini audio va video fayllar orqali namoyish etadi. Bu
yangilik Yevropa mamlakatlarining barcha sohalarida keng qamrovda kirib bordi. Ayniqsa G‘arb ta’lim
tizimini busiz tasavvur qila olmaymiz.
“Elektron taxtalar o‘rta maktab va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun motivatsiya urug‘idir”- deydi
Meri Enn Bell Texasning Xantsvill shtatidagi Sem Xyuston davlat universiteti kutubxonachilik fani
assistenti. Bellning so‘zlariga ko‘ra, taxtalar guruhlar uchun kompyuterga kirishni maksimal darajaga
ko‘taradi va turli xil o‘qitish uslublarini, shu jumladan eshitish, sezgir va ko‘rgazmalilik o‘quvchilarni
qamrab olishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ko‘zlanilayotgan natijaga erishish uchun faqatgina elektron doskalar bilan cheklanib qolmasdan
alohida yozuv daftarlaridan foydalanish kerak.Birinchi sinflar uchun alohida husnixat darsi tashkil
etilgan. Ammo 2-3-4- sinflar uchun ona tili darslarining ma’lum bir daqiqasi ajratiladi.Bu esa o‘quvchilar
o‘z yozuvi ustida ishlashi kamayadi, husnixatining tezda buzilishiga olib keladi. Buning yechimi sifatida
alohida husnixat darsini tashkil etish,qo‘shimcha yozuv daftarlaridan foydalanish maqbulroqdir.
Xulosa qilib aytganda elektron doska, husnixat darslari, qo‘shimcha yozuv daftarlarini tashkil
qilish hozirgi ta’lim sifatini yanada oshirishga, o‘zbek yozuvini jahon miqyosida munosib o‘rin
egallashiga, yosh avlodni ijobiy xarakterga ega inson sifatida shakllantirishiga, chiroyli yozuvlar orqali
atrof-muhitni yanada go‘zalroq ko‘rishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: