Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH- O‘QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH- O‘QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI 
O‘STIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 
Shoyeva Yulduz Amin qizi 
BuxDUPI 1- kurs magistranti 
 
Annotatsiya: 
Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalani muhokama qilib yechish 
ko‘nikmasini shakllantirish orqali ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va uning afzalliklari 
haqida ma’lumotlar yoritilgan. 
Tayanch so‘zlar: 
masala, masala muhokamasi, mantiqiy masalalar, mantiqiy tafakkur, masalani 
yechish usullari, individual topshiriqlar. 
Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda har tomonlama bilimga ega, ilmli, bilim 
salohiyati kuchli, jahon yoshlari bilan teng raqobatlasha oladigan yosh avlodni tarbiyalash bugungi 
kunning dolzarb muammolaridan biridir. 
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab 
yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yuksak ma’naviyat egalari 
qilib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib 
kelmoqdalar. U kishi ta’kidlaganlaridek har tomonlama bilimli, barcha fanlarni chuqur biladigan 
yoshlarni yetishtirishda matematika faniga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki matematika hamma 
fanlarga asos. “Matematika fanini bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi va istalgan sohada 
muvaffaqiyatli ishlab keta oladi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, 
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib- 
intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurni kengaytiradi.” deydi davlatimiz rahbari. 
Darhaqiqat, maktab matematika ta’limi oldida turgan bosh talablardan biri-mustaqil fikrlovchi, 
o‘quv topshiriqlarini ijodiy yondashib, mustaqil bajara oladigan, mantiqiy tafakkuri yuqori shaxsni 
shakllantirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini 
o‘stirishda “masala” tushunchasi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Matematika darsida o‘quvchilar 
masalalarni yechish orqali predmetlar orasidagi bog‘lanishlarni tahlil qiladilar. Ayniqsa, masalalarni 
muhokama qilib yechish orqali o‘quvchi mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati bilan bir qatorda, ularning 
mustaqil fikrlashi ham kengayadi. 
Ko‘p yillik kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masala shartini 
tuzishga va uni tahlil qilishga qiynalishadi. Shu sababli ularda masalani sinfda muhokama qilib yechish 
ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bu orqali birinchidan, masala yechimini topish oson bajariladi, 
ikkinchidan, vaqt tejaladi, uchinchidan, masalani yechish usullari, yo‘llari yaxshi o‘zlashtiriladi va eng 
asosiysi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash tasavvurlari kengayadi, tafakkurlari oshadi. 
Avvalo masala tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tushuncha sermazmun tushuncha bo‘lib, 
uning yagona bir ta’rifi yo‘q. Har kim bu tushunchani o‘z sohasi bo‘yicha turlicha talqin qiladi. 
Olimlarning fikrlaridan kelib chiqqan holda masalani bir necha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganamiz: 


316 
1.
Muammoli holat sifatida qarash. 
2.
Berilgan shart asosida subyekt faoliyatining maqsadi sifatida qarash. 
3.
Masalaning belgili xarakterdagi talqinini qarash. 
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha A.M.Matyushkin “masala” va “muammoli holat” tushunchasini 
farqlab, “masala” tushunchasini harakatning maqsadini, harakatni bajarish shartlari va bajariladigan 
harakatning ayrim talablarini o‘z ichiga olgan intellektual topshiriqlarni bajarishda ishlatilishini 
ta’kidlaydi. 
Masalani yechish degan so‘z, bu berilganlar va izlanadiganlar orasida aloqa, muammoli holatni 
o‘rnatish demakdir. Psixologlar fikricha kishilar uchun muammoli holatni yaratish negizida 
kelishmovchilik va ziddiyat turadi. Demak, masala yuzasidan ziddiyat kelib chiqdimi, bu jarayon 
ko‘pchilik orasida, turli xil qarashlar va bilimlarning o‘rtaga tashlab, fikr bildirishlar natijasida hosil 
bo‘ladi. Bundan shu ma’lum bo‘ladiki, masalani birinchi yo‘nalish bo‘yicha, muammoli holat sifatida 
qarab yechish sinfda o‘quvchilar orasida o‘zaro munozara va muhokamani keltirib chiqaradi. O‘quvchilar 
o‘z o‘zidan masala muhokamasiga kirishishar ekan, berilgan masalani yechishning yo‘lini qidirib, bir 
masalani yechishning turli usullarini o‘rganib borishadi. Shu bilan birga masala turli tomondan talqin 
qilinib turlicha yondashib yechilar ekan, bu orqali o‘quvchilarda uchraydigan muammoli holat yuzasidan 
yechim topish ko‘nikmasi shakllanadi, ularning mantiqiy o‘ylab ish qilish qobiliyatlari oshadi, 
tafakkurlari rivojlanadi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ayrim hollarda bir o‘quvchi uchun muammoli hisoblangan 
holat boshqa bir o‘quvchi uchun muammoli bo‘lmasligi mumkin. Bu bevosita o‘quvchilarning bilim 
salohiyatlariga, biluv imkoniyatlariga bog‘liq. Berilganlar va izlanayotganlar orasidagi farq masalani 
yechayotgan o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlariga bog‘liq. Bu kabi sinf o‘quvchilari orasidagi 
farqlarning oldini olish va har bir o‘quvchining o‘z imkoniyati doirasida ularning mantiqiy tafakkurini 
asta-sekinlik bilan rivojlantirishga erishish uchun darslarda o‘qituvchi o‘z mahoratini ishga solishi, sinf 
o‘quvchilarining bilimidan kelib chiqqan holda ularga individual topshiriqlar tayyorlab kelishi bilan ham 
ko‘zlangan natijaga erishishish bir muncha osonlashadi. Yani, intellektual imkoniyatlari yuqori bo‘lgan 
o‘quvchilar uchun tayyorlanadigan topshiriqlarda intellekti pastroq o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 
topshiriqlarga nisbatan ko‘proq noma’lumlar qatnashgan masalalar tuzish, keyinchalik esa shu 
murakkabroq masalalarni intellekti pastroq o‘quvchilarga ham topshirish lozim. Bu usulni qo‘llash orqali 
garchi, bu uzoqroq vaqtni olsa ham, sinf o‘quvchilarining intellekti bir qancha tenglashishiga erishish 
mumkin. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatini imkon qadar tenglashtirishga erishgandan so‘ng 
guruh jamoasi bilan masalalar muhokamasini birgalikda qilish, masalani turli tomondan tahlil qilish 
orqali ularning mantiqiy tafakkur ham sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. 
Yuqorida aytib o‘tganlarimizdan xulosa qiladigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
masalani muhokama qilib yechishga o‘rgatish orqali ularning mantiqiy fikrlashini oshirishga erishish 
mumkin. Sababi, masalani muhokama qilib yechish mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi eng muhim 
vositadir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish