Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘SPIRINLIK DAVRIDA RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS AYRIM PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘SPIRINLIK DAVRIDA RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS AYRIM PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. 
M.Xolnazarova 
Gul DU “Psixologiya” kafedrasi professori 
Sh.G‘ofurova 
Gul DU 62-20 - amaliy psixologiya yo‘nalishi II kurs talabasi 
 
Ijtimoiy hayotning barcha sohalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi ilg‘or texnika va 
texnologiyalar asrida barcha fanlar qatorida psixologiya fanining ham kishilar turmush tarzidagi o‘rni va 
ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Psixologiya 
sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquq buzarliklarning oldini 
olish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi
1
qarori loyihasi e’lon qilinishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalili 
bo‘la oladi. 
Loyihaga binoan psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya psixologik maslahat, 
psixoterapiya sohalarida kasbiy bilim, malaka va kompetentsiyalarga ega yuqori malakali kadrlarni 
1
Qarang: Prezident Sh.M.Mirziyoevning “Aholiga psixologik hizmat ko’satish va psixologiya sohasida 
kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori. PQ 472. 7.06.2019 
yil. 


311 
xalqaro ta’lim standartlariga muvoffiq tayyorlash maqsadida O‘zbekiston milliy universitetining 
“Sotsiologiya” va “Psixologiya” kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil 
etish belgilandi. Bundan ko‘zlangan eng asosiy maqsad aholining turmush tarzini yaxshilash, hamda aholi 
uchun farovon, baxtli hayot sharoitlarini yaratishdan iboratdir. 
Biz ushbu maqolamizda o‘spirin yoshlar va ularda olam, odam, jamiyat xaqidagi qarashlarning 
takomillashib, rivojlanib borishi asnosida ularning o‘zligini anglashi bilan bog‘liq jarayonlarning ayrim 
jihatlari xaqida qisqacha fikr yuritmoqchimiz. 
Ilmiy manbaalardan ma’lumki, 15-18 yosh oralig‘idagi davrni aksariyat olimlar ilk o‘spirinlik davri 
deb ataydilar. O‘spirinlik 18-23 yoshdagi yigit va qizlarni o‘z ichiga oladi. O‘spirinlik - bu odamning 
fuqaro sifatida shakllanishi, uning ijtimoiy jihatdan etilishi, o‘z taqdirini o‘zi xal qilishi, ijtimoiy hayotda 
faol ishtirok etish davri, fuqaro vatanparvarlikning ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davrdir. Faol 
ijtimoiy hayot, o‘qishning yangi xarakteri (mustaqil bilim olish) yigit va qizlarda dunyoqarashning 
shakllanishiga ularning ijodiy qobiliyatini avj oldirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Rus psixologi L.I.Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga 
alohida urg‘u beradi. O‘quvchilarning hayotida o‘z o‘rnini va ichki pozitsiyasini aniqlash, 
dunyoqarashning shakllanishi va uning bilish faoliyatida o‘z-o‘zini anglashga va axloqiy ongga ta’sir 
nazarda tutiladi. 
Hozirgi davrdagi eng dolzarb muammolardan biri - Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya 
ishlari samaradorligini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari 
yoshlari bilan raqobatlasha oladigan 
mutaxassislar qilib tarbiyalashdan 
iboratdir. Chunki 
mamlakatimizning kelajagi, uning rivoji, dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari qatoridan joy olishi va 
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 ga yaqin millatlar hamda elatlarning, umuman xalqimizning nurli 
kelajagi aynan mana shu yoshlarning o‘zlari tanlagan kasblarining fidoilari va bilimdonlari bo‘lishiga 
bog‘liqdir. Bu borada esa muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda barcha shart- 
sharoitlar yaratib berilganligini bugun butun dunyo hamjamiyati ko‘rib turibdi. Fikrimizning isboti 
sifatida ta’lim sohasiga har yili davlatimiz tomonidan milliardlab mablag‘larning sarflanayotganligi, ikki 
yoki undan ortiq farzandlari o‘qiyotgan oilalarga uzoq muddatli ta’lim kreditlarining ajratilayotganligi, 
shartnoma mablag‘larini to‘lash muddatlarining uzaytirib berilayotganligi, Oliy ta’lim muassasalariga 
qabul qilishda aholining turli qatlamlariga imtiyozli davlat grantlarining berilayotganligi va shu kabi 
ko‘plab misollarni keltirishimiz mumkin. 
O‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy va kasbiy mavqeini anglashdan iborat. Mazkur pallada o‘spirin 
o‘ziga xos ruhiy inqiroz va tanglikni boshidan kechiradi. Shu bilan birga o‘spirinlarda aqliy, axloqiy, 
estetik, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan muayyan darajada o‘sish ro‘y beradi. Shunga qaramay ular oldida turli 
xil hayotiy muammolar, jumladan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish va ma’lum bir 
mutaxassislikka ega bo‘lish bilan bog‘liq vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. N.V.Kuzmina, N.F.Talzina, 
T.S.Kon, M.G.Davletshin, A.A.Virbitskiy, E.G.G‘oziev va boshqa bir qator psixolog olimlarning fikriga
ko‘ra Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan I kurs talabalari uchun ta’lim olish jarayoni juda og‘ir 
kechadi
1
. Chunki bu davr shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichi 
hisoblanadi. Shu o‘rinda 19-20 yoshdagi o‘spirinlar ayrim salbiy xatti-xarakatlarga moyil bo‘ladi. Mazkur 
yoshda xoxish va intilish, iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda inson tajribasi alohida rol 
o‘ynaydi. Chunki talaba shu davrda tajriba etishmasligi natijasida nazariya va amaliyotni, fantaziya va 
reallikni, romantika bilan ezotikani xaqiqat va illlyuziyani, orzu va xoxishni, optimizm bilan 
qat’iyatlilikni adashtirib qo‘yadi - deb yozadi rus olimi V.T.Listovskiy
2

O‘spirinlik davrida har ikki jins vakillarida o‘z shaxsiy qarashlari, orzu va intilishlari paydo 
bo‘ladi. O‘spirinlikni o‘smirlikdan farq qiluvchi asosiy xususiyat ham shudir. Misol uchun o‘smir yoshlar 
oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad - o‘qish. Ammo o‘spirinlik yoshiga etganda ularda nafaqat o‘qish, bilim 
olish, balki ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlov ishlari ham amalga oshirila boshlaydi. 
O‘spirinlik davrida o‘quv faoliyati murakkablashadi, ularning oilada tutgan mavqei o‘zgaradi. 
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, o‘spirinlik davrida bosh miya po‘stlog‘ining atrofini o‘rab turuvchi 
nervlararo bog‘lanishlar soni ko‘payadi. O‘qish va mehnat qilish natijasida bosh miya katta yarim 
sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivoj topa boshlaydi va ushbu holat tashqi ta’sirni aniq mulohaza 
qilishga yordam beradi. Taasufki, Oliy ta’lim muassasalariga qadam qo‘ygan o‘spirin yigit va qizlar o‘z 
faoliyatlarida dastavval juda ko‘p to‘siqlarga uchraydilar. Ushbu to‘siqlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish 
mumkin: 
1
Xaydarov F. Halilova N. Umumiy psixologiya. - T. “Innavatsion ziyo”. 2019. 298 - bet. 
2
Yulchieva M.T. Atamuratova N.T. “Botanikа” fanidan O’UM. - T. 2016. 


312 
-
bilishdagi qiyinchiliklar; 
-
ijtimoiy psixologik qiyinchiliklar; 
-
kasbiy qiyinchiliklar
1

Ma’lumki, o‘rta maktab va Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv fanlari mazmun-mohiyati va 
ko‘lami jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Bu o‘z-o‘zidan I kurs talabalarida 
bilishdagi 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
O‘spirin yoshlar hayotida atrof muhit va shart-sharoitlarning 
o‘zgarishi, o‘z hayotiy faoliyatidagi erkinlik, irodaviy zo‘r berish, qobiliyat va aqliy imkoniyatlar 
bo‘yicha qat’iyatsiz bo‘lib qolish (misol uchun sessiyadan birinchi marta o‘tayotgan o‘spirinning 
o‘qishdan xaydalishdan cho‘chishi, auditoriyada ko‘pchilik oldida o‘z fikr-mulohazalarini erkin 
bildirishdan iymanish) kabilar o‘spirin yoshlardagi ijtimoiy psixologik qiyinchiliklar jumlasiga kiradi. 
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimining murakkabligi, ilmiyligi va o‘spirin yoshdagi talabalarda 
xali mustaqil bilim olish malakasining etishmasligi, kasb tanlashda noto‘g‘ri qaror qabul qilish, ya’ni 
o‘quvchi o‘zi qiziqmagan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, o‘sha sohani qunt va layoqat bilan 
o‘rganmasligi, buning natijasida ushbu soha bo‘yicha puxta nazariy bilimga ega bo‘lmagan 
mutaxassisning etishib chiqishi kabilar esa ularda kasbiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, o‘spirinlik davri bu etuk shaxs sifatida shakllanish 
uchun tashlangan ilk qadam bo‘lib hisoblanadi. Biz yuqorida ma’lum ma’noda taxlil qilganimiz- 
o‘spirinlikning o‘smirlikdan asosiy farqlari hamda o‘ziga xos jihatlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlikda 
dunyoqarash, fikrlash doirasi kengayadi. Oliy ta’lim muassasalariga qadam qo‘ygan talabalarda o‘z 
atrofini o‘rab turgan muhitga adaptatsiya qilish jarayonlari ro‘y beradi. Yana shuni ham aytib o‘tish 
kerakki, o‘spirin yoshdagi bolalar hayotda o‘z o‘rnini topishga to‘g‘ri yo‘naltirilsa, ya’niy o‘z qiziqishlari 
va qobiliyatlari bilan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim - tarbiya olsalar ulardan kelajakda etuk 
mutaxassislar etishib chiqadi. Bu esa ota-onalar, psixolog va pedagoglar oldida turgan muhim 
masalalardan bo‘lib hisoblanadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish