Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Xaydarov F. Halilova N. Umumiy psixologiya. - T. “Innavatsion ziyo”. 2019. 
2.
Xolnazarova M. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya. - T. “Fan va 
texnologiyalar”. 2014. 
3.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. - T. 2 kitob. 2002 yil. “Faylasuflar” nashriyoti. 
4.
Nishonova Z.T. va boshqalar. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. - T. 2019. 
XX ASR QISSACHILIGI TARAQQIYOTIDA FOLKLORNING LATIFA JANRI TA’SIRI. 
Hayitov Hamza Ahmadovich, BuxDUPI dotsenti 
Sayfulloyeva Dilnoza Amrulloyevna, BuxDUPI 1-kurs talabasi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada XX asr qissachiligi taraqqiyotida folklorning latifa janri ta’siri 
ilmiy-nazariy tahlil qilingan . 
Kalit so‘zlar: 
latifa , qochiriq , hajviy epizod , Afandi , Sharif Rizo , o‘zbek xalq latifalari , 
O‘tkir Hoshimov , Said Ahmad , 
Latifa xalq hajviyoti janrlaridan , tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya hisoblanadi. 
Latifalar qadimdan O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Ushbu janr qahramonlari jonli va 
ta’sirchan so‘zlaydigan , hazil-mutoyibaga boy, haqiqat va adolatni himoya qiluvchi zukko shaxs 
sanaladi. Latifalar qochiriq , kesatiq, piching to‘la hajviy epizod va holatlardan iborat bo‘ladi. Latifa 
syujeti soda va lo‘nda tuzilgan bo‘ladi. Dastlab latifalar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” , 
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarlarida qo‘llangan. Bu janr XI asrdan so‘ng keng tarqalib, 
rivojlana bordi. Alisher Navoiyning “Xamsa” , Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy “ asarlarida xalq 
orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan latifalardan foydalanilgan. Latifa qahramoni o‘zbeklarda , 
asosan , Afandi nomi bilan yuritiladi . O‘zbek xalq latifalarini dastlab Sharif Rizo to‘plab nashr 
ettirgan . XX asr qissachiligi taraqqiyotida ham latifa janrining o‘rni beqiyosdir. Ko‘pgina adiblar 
ushbu janrga tayanib ijod qilishadi. Deyarli har bir adib hech bo‘lmaganda bir marta asar 
yaratishda latifaga murojaat qiladi. Jumladan , O‘zbekiston xalq yozuvchisi , o‘tkir nafasli jurnalist , 
jonkuyar adib O‘tkir Hoshimovning ham bir qator asarlarida hazil-mutoyibaga boy , sermazmun 
1
G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. - T. 2 kitob. 2002 yil. “Faylasuflar” nashriyoti. 97 - bet. 


313 
satrlarga guvoh bo‘lamiz. Yozuvchining “Ikki karra ikki – besh “ qissasi ham bunga yorqin misol 
bo‘la oladi: 
Maktabga onam qo‘limdan yetaklab olib bordi. Gulzor hovlining ikki tomonidagi qator-qator 
oppoq xonalardan biriga kirdik. 
Chiroyli kiyingan , sochini silliq taragan bir qiz stol yonida o‘tirgan ekan. Lip etib, o‘rnidan 
turdi.
-Mana, Muhabbatxon , sizga yana bitta o‘quvchi olib keldim! – dedi onam iljayib . 
O‘qituvchi opa boshimni siladi . 
-Voy qandoq yaxshi … Bu - Mavjudaning … - shunday dedi-yu , bir menga , bir onamga 
qarab , angrayib qoldi . Chamasi , toyloqdek bo‘yimni ko‘rib hayron bo‘ldi : men Juning ukasimanmi 
, akasimanmi ? 
-Akasi! – dedi onam tushuntirib . –Sal tobi yo‘qroq edi. 
O‘qituvchi opa yana boshimni siladi . Faqat bu gal qoq ikki pallaga bo‘linganida 
tomorqadagi o‘qariqdek chuqur iz qolgan boshimga barmog‘ining uchini tegizib qo‘ya qoldi. 
-Ajab qipsiz! – dedi kulishga urinib , o‘zi kulyapti-yu , afti xuddi yig‘layotgan odamnikiga 
o‘xshaydi . 
-Familiyang nima , bolakay? – dedi menga yuzlanib . 
-Salimip! – dedim baqirib . 
-Salimovmi? – u stoldagi kattakon daftarni ochib , tez-tez yozdi . 
-Oting? 
-Qo‘shovoy! 
-Qo‘shoqvoy degin … Yaxshi . Yoshing nechada? 
Xuddi shu payt eski dardim qo‘zg‘ab , lof-qofi bilan aytish kasalim tutib qoldi . 
-O‘n besh . 
O‘qituvchi opa bir cho‘chib tushdi . Ko‘zimga xavotirlanib qarab qo‘ydi. Onam dumbamni 
shu qadar achitib chimchiladiki , iljayib qo‘ydim . 
-Muhabbatxon! – dedi onam kulimsirab . –Qo‘shoqvoy hazillashdi , o‘zi shunaqa hazilkashroq 
bola . To‘qqiz yoshga to‘ldi . 
O‘qituvchi opa yana yig‘lamoqdan beri bo‘lib kuldi . 
-Shunaqa deng … Mayli . Mavjuda qizimiz pishiq , - dedi onamga . – A’lo o‘qiyapti . – Keyin 
mendan so‘radi . – Boshqa singillaring ham bormi? 
-Bor . O‘nta! 
O‘qituvchi opaning dastlab pastki labi osilib ketdi . Og‘ir-og‘ir kiprik qoqib , onamga uzoq 
tikilib qoldi . Chamasi , to‘qqiz yilda o‘n ikkita bola tuqqan xotinni birinchi marta ko‘rib turgan 
bo‘lsa kerak . 
Onam dumbamni chimchilashdan ish chiqmasligini payqadi shekilli , biqinimni o‘ymalab oldi 
. Qitig‘im kelganidan hiringlab kulib yubordim . O‘qituvchi opa goh onamga , goh menga qarab , qisqa-
qisqa nafas ola boshladi . Qo‘lidan ruchkasi tushib ketdi . 
-Qo‘shoqvoy , - dedi qo‘rqa-pisa . – Dadangiz?.. 
-Ikkita! – dedim shosha-pisha . 
-Nima? 
-Ikkita! 
Shu gapni aytganimni bilaman! Onam uch qadam orqaga tisarildi . Eskirgan chit 
ko‘ylagining o‘ng yengini shimardi-da , yuzimga yuzimga chunonam tarsaki tortib yubordiki , 
xonadagi derazalar jaranglab ketdi . 
“ Ikki karra ikki – besh” qissasining “Maktabga kirib oldim” bobidan olingan yuqoridagi 
parcha ham beixtiyor o‘quvchida yengil kulgi qo‘zg‘aydi . Asarning to‘liq variantini mutolaa 
qilganimizda , kulgi ortida achchiq , alamli haqiqat borligiga , qissa bosh qahramoni bo‘lmish soda , 
samimiy , oqko‘ngil va juda ishonuvchan Qo‘shoqvoyning jondan aziz ko‘rgan Nargizxoni uni 
aldagani , nomusga qo‘ygani va oqibatda uning jinoyat sodir qilishga majbur bo‘lganiga guvoh 
bo‘lamiz . Unga otalik qilaman degan Rais Qo‘shoqvoydan qabih niyatlari yo‘lida foydalanishi , 
“qog‘ozga o‘rog‘liq qanddek , boshingga ko‘tarib yur “ deb olib bergan qiz 4 oyda bola tug‘ib 
berishi , o‘zi va ma’suma onasining bosh ko‘tarolmay qolishi har bir kitobxonning qalbida unga 
nisbatan achinish , rahm-shafqat uyg‘otmay qolmaydi . 
Ko‘pgina adiblar kulgi orqali atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni ochib berishadi . Bu yo‘nalishda ijod qilgan juda ko‘p shoir-u yozuvchilar bor . 
O‘zbekiston xalq yozuvchisi , “O‘zbekiston Qahramoni” Said Ahmad Husanxo‘jayev turli janrdagi 
asarlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bordi . Adib tabiatan quvnoq , hazilkash va bu uning uning 


314 
asarlarida ham o‘z aksini topgan . Yozuvchining “Sobiq” hikoyasida atrofdagi kulgili vaziyatlar 
kuchaytirilib , jamiyatdagi nuqson va kamchiliklar ro‘yi-rost ochib beriladi : 
Xoh ishoning , xoh ishonmang , birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman . Avvaliga 
o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim . Tavba , shuncha paxtani o‘zim terdimmi yo birov qo‘shib 
qo‘ydimi? Ertasiga bir qaytadan o‘n g‘ayrat bilan paxta terish mana bunaqa bo‘ladi , deb ishga 
tushib ketdim . To‘qqiz yarim bo‘pti . O‘sha kuni oblastdan , Toshkentdan muxbirlar bosib ketdi . 
Ovozimni lentaga yozib , radiodan eshittirishdi . Televizorda ikki marta ko‘rsatishdi . Hamma yoqni 
xat bosib ketdi . Bunaqa obro‘ kimning tushiga kiribdi , deysiz . Ruhim tetik , bir gapirib , o‘n 
kulaman . Yo‘talsam ham “labbay” deb turishadi . Raisimiz u yoqqa borsam , u yoqqa , bu yoqqa 
borsam, bu yoqqa ergashadi . Bechora , meni yer-ko‘kka ishonmaydi . Ikki gapining birida : 
-O‘zingni tut , katta-kichikning oldida sharmanda qilma . Sen bizning mash’alimizsan . Ha , 
shundoq , soqolingni kunda olib tur . Dazmol bosilmagan shim kiyma , - deb nasihat qilib turadi … 
Mana , oktyabr oyi ham oxirlab qoldi . Mashina terimi tugay deb turibdi . Harna bo‘lsa ozroq 
terib olay , deb dalaga chiqsam , mashinam joyida turibdi . Bechorani biram chang bosibdiki , kimdir 
bo‘r bilan yoniga “Kolxozimizning sobiq mexanizatori falonchi mavsumda bir hafta dalaga chiqib 
shu mashinada paxta tergan” deb yozib ketibdi . Juda alam qildi . 
Bunaqa beodob gap yozgan odamni topib , rosa ta’zirini berardim-u , ishim tig‘izroq edi-da . 
Axir bugun yosh drujinachilar bilan rayon markazidagi somsapazlikni tekshiramiz , kaloriyasini 
aniqlashimiz kerak . 
Bu hikoyada katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan odamni asrash , uning kuchidan oqilona 
foydalanish , hamma o‘z o‘rnida bo‘lishi , vazifasini vijdonan bajarishi lozimligi singari masalalar 
hajviya shaklida tasvirlanga . Qolaversa , halol , mehnatkash kishining kerak bo‘lmagan ishlarga 
chalg‘ib , o‘zining asosiy vazifasini bajarishga vaqt ajratolmay kulgili vaziyatlarga tushib qolishi 
juda ajoyib tasvirlangan . Asar bir qarashda oddiy hajviyadek tuyilishi mumkin , lekin uning asl 
mohiyatiga e’tiborni qaratish talab qilinadi . Asar qahramoni jonkuyar paxtakor har qanday 
majlislar , kinochi-yu rassomlar deb o‘zining qimmatli behuda o‘tkazadi . Vaholanki , o‘t o‘chirish 
komandasidagi xodimlarni pensiyaga chiqarish , polvonlarni vokzalga chiqib kutib olish , somsaning 
kaloriyasini aniqlash paxtakorning ishi emas . Ushbu hikoyadan biz har bir inson jamiyatda o‘z 
o‘rnida bo‘lib , o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kerakligini anglab yetishimiz lozim . 
Xulosa qilib aytganda , kulgi san’ati asarlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlab , o‘quvchini 
zeriktirmaydi . Bunday asarlar o‘z qimmatiga ega . Qolaversa , kulgi umrni uzayishiga ham xizmat 
qiladi . Shunday ekan , Said Ahmad aytganidek:”Odam bolasi g‘azabini ham , nafratini ham 
yashirishi mumkin . Ammo bir holat uning hukmiga bo‘ysunmaydi . Bu –kulgi . 
Kulgini ichingga yashirolmaysan , yashirsang bo‘g‘zingdan portlab chiqib ketadi . 
Bir martagina berilgan umrim g‘urbatda o‘tib ketmasin , desangiz , kuling, silkinib-silkinib 
kuling”. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish