314
asarlarida ham o‘z aksini topgan . Yozuvchining “Sobiq” hikoyasida atrofdagi kulgili vaziyatlar
kuchaytirilib , jamiyatdagi nuqson va kamchiliklar ro‘yi-rost ochib beriladi :
Xoh ishoning , xoh ishonmang , birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman . Avvaliga
o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim . Tavba , shuncha paxtani o‘zim terdimmi yo birov qo‘shib
qo‘ydimi? Ertasiga bir qaytadan o‘n g‘ayrat bilan paxta terish mana bunaqa bo‘ladi , deb ishga
tushib ketdim . To‘qqiz yarim bo‘pti . O‘sha kuni oblastdan , Toshkentdan muxbirlar bosib ketdi .
Ovozimni lentaga yozib , radiodan eshittirishdi . Televizorda ikki marta ko‘rsatishdi . Hamma yoqni
xat bosib ketdi . Bunaqa obro‘ kimning tushiga kiribdi , deysiz . Ruhim tetik , bir gapirib , o‘n
kulaman . Yo‘talsam ham “labbay” deb turishadi . Raisimiz u yoqqa borsam , u yoqqa , bu yoqqa
borsam, bu yoqqa ergashadi . Bechora , meni yer-ko‘kka ishonmaydi . Ikki gapining birida :
-O‘zingni tut , katta-kichikning oldida sharmanda qilma . Sen bizning mash’alimizsan . Ha ,
shundoq , soqolingni kunda olib tur . Dazmol bosilmagan shim kiyma , - deb nasihat qilib turadi …
Mana , oktyabr oyi ham oxirlab qoldi . Mashina terimi tugay deb turibdi . Harna bo‘lsa ozroq
terib olay , deb dalaga chiqsam , mashinam joyida turibdi . Bechorani biram chang bosibdiki , kimdir
bo‘r bilan yoniga “Kolxozimizning sobiq mexanizatori falonchi mavsumda bir hafta dalaga chiqib
shu mashinada paxta tergan” deb yozib ketibdi . Juda alam qildi .
Bunaqa beodob gap yozgan odamni topib , rosa ta’zirini berardim-u , ishim tig‘izroq edi-da .
Axir bugun yosh drujinachilar bilan rayon markazidagi somsapazlikni tekshiramiz , kaloriyasini
aniqlashimiz kerak .
Bu hikoyada katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan odamni asrash , uning kuchidan oqilona
foydalanish , hamma o‘z o‘rnida bo‘lishi , vazifasini vijdonan bajarishi lozimligi singari masalalar
hajviya shaklida tasvirlanga . Qolaversa , halol , mehnatkash kishining kerak bo‘lmagan ishlarga
chalg‘ib , o‘zining asosiy vazifasini bajarishga vaqt ajratolmay kulgili vaziyatlarga tushib qolishi
juda ajoyib tasvirlangan . Asar bir qarashda oddiy hajviyadek tuyilishi mumkin , lekin uning asl
mohiyatiga e’tiborni qaratish talab qilinadi . Asar qahramoni jonkuyar paxtakor har qanday
majlislar , kinochi-yu rassomlar deb o‘zining qimmatli behuda o‘tkazadi . Vaholanki , o‘t o‘chirish
komandasidagi xodimlarni pensiyaga chiqarish , polvonlarni vokzalga chiqib kutib olish , somsaning
kaloriyasini aniqlash paxtakorning ishi emas . Ushbu hikoyadan biz har bir inson jamiyatda o‘z
o‘rnida bo‘lib , o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kerakligini anglab yetishimiz lozim .
Xulosa qilib aytganda , kulgi san’ati asarlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlab , o‘quvchini
zeriktirmaydi . Bunday asarlar o‘z qimmatiga ega . Qolaversa , kulgi umrni uzayishiga ham xizmat
qiladi . Shunday ekan , Said Ahmad aytganidek:”Odam bolasi g‘azabini ham , nafratini ham
yashirishi mumkin . Ammo bir holat uning hukmiga bo‘ysunmaydi . Bu –kulgi .
Kulgini ichingga yashirolmaysan , yashirsang bo‘g‘zingdan portlab chiqib ketadi .
Bir martagina berilgan umrim g‘urbatda o‘tib ketmasin , desangiz , kuling, silkinib-silkinib
kuling”.
Do'stlaringiz bilan baham: