Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISH DARAJALARINI TASHHISLASH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISH DARAJALARINI TASHHISLASH 
Hayitov Hamza Ahtamovich, BuxDUPI dotsenti 
Jabbarova Aziza Shixnazarovna, BuxDUPI 1-bosqich talabasi 
Annatatsiya: 
Ushbu maqolada o‘quvchilar o‘zlashtirishini tashhislash ilmiy-nazariy, misollar 
asosida tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: 
Baholash, o‘zlashtirish, tarkibiy qism, Ushenskiy, Kamenskiy, printsip, test, 
ta`lim,o‘quvchi, ob`ektivik, tashxislash, metod, pedagogika. 
Bugungi zamon yoshlariga ma`naviy tarbiya va didaktik ta`lim berishda tashhis va tashxislash 
muxim ahamiyat kasb etadi. 
Tashhis va tashhislashning o‘zaro farqini ajratmoqchi bo‘lsa, diagnostika bu umumiy yonlashuv 
bo‘lsa, tashhislash bu pedagogik faoliyatning amaliy jarayoni ekanligini anglashimiz lozim bo‘ladi. 
Demak, diagnostika- bu didaktik jarayonlar kechishining barcha shart-sharoitlarini oydinlashtirish va 
uning natijalari xatosiz aniqlash demakdir. Tashhislash tahlillarsiz didaktik jarayon kechishning yuqori 
samaradorligiga erishib bo‘lmaydi. 
Tashhislash ikki yo‘nalishda olib boriladi:1) o‘zlashtirganlik, ya`ni oqibatlar va erishilgan 
natijalarni tashhislash; 2) bilish imkoniyatlarini tashhislash. O‘zlashtirganlik, shuningdek, tashhislash 
jarayonida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashhislashning 
maqsadi o‘quv jarayonini, uning samaradorligi bilan bog‘liq holda, tahlil qilish, baholash va o‘z vaqtida 
aniqlashdir. 
Ko‘rib turibmizki, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini an`anaviy baholashdan ko‘ra diagnostika 
qilishning shunchaki natijalarini ko‘rsatadi. Tashhislash natijalarni unga erishish yo‘llari va vositalari 
bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqadi, ta`lim mahsuli shakllanishining kechishi va dinamikasini aniqlaydi. 
Tashhislash o‘zida nazarorat, tekshirish,baholash,jarayonning kechishi va dinamikasini aniqlash hamda 
keying voqealar rivojini pragnoz qilish kabilarni mujassamlashtiradi. Tashhislashda o‘quvchilar bilimini 
nazorat qilish, baholash ushbu jarayonning muhim tarkibiy qism sifatida amalga oshiriladi. Bu pedagogic 
texnologiyalarning jida qadimiy komponentlari sanaladi. Nazorat va baholash insoniyat tarqqiyotining 
dastlabki bosqichida paydo bo‘lganligi sababli maktablarning yo‘ldoshi sifatida uning butun rivojlanish 
jarayonida hamrohlik qilib kelmoqda.Shunga qaramay hozirgacha bilimlarni baholashning mohiyati va 
uning texnologiyasi haqida qizg‘in bahslar davom etmoqda. Yuz oldin bo‘lgani singari hozir ham olimlar 
baho nimani ko‘rsatishi kerak: ta`lim siatining indikatori bo‘lishi kerakmi yoki,aksincha, muayyan ta`lim 
tizimi kamchiliklari yoki yutuqlari belgilab beradigan ko‘rsatkich bo‘lishi kerakmi,degan savollar ustida 
tortishuv olib boryaptilar. Hatto Ya.A.Komenskiy o‘zi yashagan davrda maktab bahosining ziddiyatli 
xususiyatlarini ta`kidlab, o‘z hamkasblariga ulargaberilgan baholash huquqidan oqilona va taroziga solib 
ko‘rib foydalanishlarini maslahat berdi. Bilimlarni nazorat qilishdagi xolislikni pedagoglarni o‘z 
o‘quvchilariga nisbatan insonparvar munosabati bilan bog‘langan holda amalga oshirish talab barcha 
didaktik tizimlarga singdirilgan. 
K.D.Yshenskiy ham o‘zi yashagan davrdagi nazorat shakllarini qattiq taqiq qiladi. Ularga ta`rif 
berar ekan, eng avvalo bu nazorat turlarining o‘quvchilar aqliy faoliyatiga bisim o‘tkazuvchilik va uni 


318 
tormuzlab qo‘yish xususiyatlarini qoralaydi. Odatda, o‘qituvchi bir yoki bir necha o‘quvchidan so‘raydi, 
qolganlar esa bu vaqtda bo‘sh qolishadi. Ylar vaqtlarini behuda ga ketkazib, hayajon bilan o‘z 
navbatlarini kutib turish jarayonida kuchlarini yo‘qotishadi. Tabiiyki, bunday sharoitda o‘quvchi 
qiziquvchanlik va tashabbuskorlikni namoyon etish imkoniga ega bo‘lmaydi. 
Yangi demakratik maktabda soxta nazorat bo‘lmasligi kerak. Didaktik nazorat o‘ziga xos ta`lim 
metodi sifatida yorqin ifodalangan ta`limiy va rivojlantiruvchi yo‘nalishga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat 
qilishi bilan birlashtirilishi va eng avvalo o‘quvchining o‘zi uchun zarur va foydali bo‘lishi kerak. 
Maktab nazoratiga yangicha yondashuv borasida o‘tmishda amalga oshirilgan barcha urinishlar 
samarasiz bo‘lib qoldi. Chunki ular faqat bir masala- maktablarda bah ova nazoratni qoldirish yoki 
nazoratdan voz kechish muammosi yuzasidan olib borilgan edi. 1918 yilning may oyida Xalq 
Komssariyati tominidan “Bahoni bekor qilish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinib, baho bilan birgalikda 
imtihonlar ham bekor qilingan, o‘quvchilar o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olishning ancha soda 
ko‘rinishlari joriy etilgan edi. Shu maqsadga hisobga olib borishda alohida daftarlar yuritilib, a`lochi va 
bilimi pastr o‘quvchilarning ism-familyasi “qizil” va “qora” doskalarga yozib qo‘yilar edi, shuningdek, 
“sotsialistik musobaqa” va shu kabilar joriy etilgan edi. Ammo baholarsiz (deyarli nazoratsiz) ta`lim hech 
qanday natija bermadi va bera olmas ham edi. Ma`lum bo‘ldiki, “bilimlarni o‘zlashtirishning quvonchlik 
istiqboli”, shuningdek, “tabiatan insonga berilgan bilimga intilish xususiyatn” ham o‘uvchining o‘quv- 
biluv faoliyatida asosiy ctimul vazifasini bajara olmaydi. 
Maktab hayotini demokratlashtirish bilim vb ko‘nikmalarni nazorat qilish va baholashdan emas, 
balki baho yordamida o‘quvchini o‘qishga rag‘batlantirishning mashaqqatli shaklidan voz kechishini 
talab qiladi. O‘quvchi o‘quv-biluv faoliyatini stimullashtirishning yangi usullarini qidirib, ta`lim va 
tarbiya jarayonida kuchayib borayotgan shaxsiy manfaatdorlik printsipi boshqacha yondashuvlarni talab 
etadi. Tashhislash tizimida baho o‘quv-biluv faoliyatini stimullatirish vositasi sifatida yangicha mazmun 
kasb etadi.Eng avvalo, tashhislash natijalari, unda baho tahlili (ballar) mavjudligi sababli shaxsning o‘z 
imkoniyatlarini anglashiga yordam beradi. Bu esa o‘zaro raqobatchilik jamiyati sharoitida muhim 
rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Ta`limning ixtiyorlilik printsipi bilan muvofiqlashtirilgan 
holda baho, o‘tmishda o‘quvchilar yoqtirmaydigan ,ularni majburlaydigan narsa bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 
o‘quvchi shaxsiy reytingini belgilaydigan, taraqqiy etgan jamiyatda insonning ahamiyati, qadir – 
qimmatini belgilaydigan vositaga aylanadi. 
O‘quvchilar o‘zlashtirishini tashhislash va nazorat qilishning muhim printsiplari-ob`ektivlik, 
tizimlilik va ochiqlik bo‘lib hisoblanadi. 
Ob`ektivlik printsipi tashhislash testlari (savollari, topshiriqlari), tashhislash protseduralarining 
ilmiy asoslanganligi, o‘qituvchining barcha o‘quvchilarga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishi, bilim 
va ko‘nikmalarni baholashning aniq va mos mezonlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Tizimlilik printsipi didaktik jarayonning barcha bosqichlarida- bilimlarni dastlabki idrok etishdan 
tortib, to ularni amalga qo‘llashgacha diagnostic nazorat o‘tkazish zarurligini talab etadi. Tizimlilik 
printsipi yana shuni nazarda tutadiki, muntazam tashhislashda ta`lim muassasida bo‘lgan dastlabki 
kunidan to oxirgi kunigacha barcha ta`lim oluvchilar to‘la jalb etiladi. Maktab nazoratini shunday 
oraliqda tashkil etish kerakki, o‘quvchilar bilishi va bajara olishi kerak bo‘lgan barcha bilim va 
ko‘nikmalarni tekshirish ishonchliligi yuqori bo‘lsin. Shuningdek, tizimlilik printsipi tashhislash 
jarayonini kompleks tashkil etishni talab etdi.Bunda nazorat , tekshirish va baxolashning barcha shakl, 
vosita va metodlari o1`zaro aloqadorlikda hamda birgalikga, yagona maqsadga bo‘ysundirilgan holda olib 
boriladi. Bunday yondashuv tashhislashning alohida metod va vositalari unversalligini rad etadi. 
Ochiqlik printsipi avvalo barcha ta`lim oluvchilarning hammasi uchun bir xil mezonlar bo‘yicha 
ochiq sinovlar o‘tkazishni nazarda tutadi.Har bir o‘quvchining tashhislash jarayonida aniqlangan reytingi 
ochiq ko‘rgazmali va taqqoslovchanlik xarakterida bo‘ladi.Ochiqlik printsipi baholarni e`lon qilish va 
motivlashtirish ham talab etadi. Baho- o‘quvchilar uchun shunday yo‘nalishki, unga qarab o‘quvchilar 
bahoga qo‘yiladigan talablar etaloni haqida ma`lumotga ega bo‘ladilar. Bu printsipning yana bir asosiy 
sharti tashhislash jarayonidagi uzilishlar va ularning natijalarini e`lon qilish, tegishli kishilar bilan tegishli 
kishilar bilan birgalida ularni muhokama va tahlil qilish, bunday uzulishlarni bartaraf etishning istiqbolli 
rejalarini tuzushdir. 
Xulosa qilib aytganda, bilim va ko‘nikmalarni tashhislash, nazorat qilish,tekshirish va baholash 
shunday mantiqiy izchillika olib borilishi kerakki,ularni o‘rganish ham shunday izchil tashkil etilishi 
zarur. Shungacha, ta`limdan ko‘zlangan maqsad ijobiy samara beradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish