Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI TABIATSHUNOSLIK FANI BILAN



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI TABIATSHUNOSLIK FANI BILAN 
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH 
M. M. Murodova, 
BuxDUPI 1-kurs magistrnti 
 
Annotasiya: 
Ushbu maqolada matematika fanini tabiatshunoslik fani bilan integrativ yondashuv 
asosida o‘qitish haqida fikr-mulohazalar bildirilib, uning o‘qituvchi ongi rivojidagi o‘rni haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
matematika, tabiat, atrofimizdagi olam, tabiiy boyliklar, jonli va jonsiz tabiat, 
dunyoqarash, tabiiy boyliklar, hisoblash, atrof-muhit. 
Hozirgi zamonda matematik g‘oya va metodlar ko‘p fanlarning tadqiqot jabhalariga jadal kirib 
bormoqda. Natijada bilimning yangi sohalariga asos solinmoqda. Matematika fanining jadal rivojlanishi 
natijasida matematik texnologiya, matematik tabiat, matematik o‘qish kabi fanlar vujudga keldi. Yolg‘iz 
aniq fanlargina emas, balki tilshunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar ham ilmiy tadqiqotning matematik 
usullariga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda. Ayrim fanlarning rivojlanishiga ko‘p hollarda ularning 
matematika fani bilan o‘zaro mustahkam sabab bo‘lgan va bo‘lmoqda desak, mubolag‘a qilmagan 
bo‘lamiz. 
Fanlarning turli yo‘nalishlarida olimlarning tajribada tekshirib bo‘lmaydigan sohalarida 
mavhumlikdan chiqishlarida matematik apparatdan foydalanganliklariga ko‘plab misollar keltirish 
mumkin. Jumladan, matematika va tabiatshunoslik fanlarini integrativ yondashuv asosida tashkil etish, 
bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o‘rganib borishlariga asoslanib, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida o‘quvchilarda tabiat to‘g‘risida o‘z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to‘g‘ri- 


81 
sida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O‘quvchilar vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar 
o‘zlarining mehnat faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga 
odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatish g‘oyat muhimdir. 
Shu talablarga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga: 
-jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish; 
-odam organizmi va salomatligini saqlash to‘g‘risida ma’lumot berish; 
-tabiatda kuzatishlar o‘tkazish o‘quvi va ko‘nikmalari bilan qurollanish; 
-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko‘paytirishga qaratilgan insonning mehnat 
faoliyatini o‘rgatish; 
-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash; 
Umumta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga 
kiritilgan o‘zgarishlar ko‘rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o‘quvchilarning 
ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni va har bir o‘quvchi gigiyena va 
meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o‘z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay 
olishi uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. 
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish jarayonida dunyoni milliy 
materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, 
vatanparvarlikni va go‘zallikni tushuntirishni tarbiyalash kerak. 
Zamonaviy pedagogikada ta’lim va tarbiya tarbiyalovchi ta’lim deb atalib yagona jarayonning ikki 
tomoni deb qaraladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning 
uchun ham tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchilarga o‘quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish 
faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham 
tarbiyaviy ahamiyatga ega, o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan 
bog‘liqdir. 
Shu munosabat bilan ham matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish 
o‘qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan 
bog‘liq holda o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich maktablarda «Atrofimizdagi olam» (1-2-sinflarda) va «Tabiatshunoslik» 
(3-4 sinflarda) fanlari o‘qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo‘lib, 
o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz 
imkoniyatlarga ega. 
O‘qituvchi ekologik ta’lim-tarbiya haqidagi bilimlarni jamiyatimizdagi har bir insonning hayot va 
mehnatidagi ulug‘vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim. Shunday ishonchni 
o‘quvchilarda tarbiyalashi zarurdir. 
O‘quvchi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tabiat haqidagi bilimlarni ola turib, tabiat faktlari va hodisalarni 
o‘zaro bog‘lanishda, harakat, o‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o‘rganadi. 
Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan 
muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan uni qo‘riqlash, asrash, tabiat in’omlaridan oqilona 
foydalanish, ana shu boyliklarni o‘z qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishni o‘rganadi. 
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va 
maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan 
chambarchas bog‘lamoq zarur. 
Bularning hammasi o‘qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish 
bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular 
shaxsini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda matematikani 
tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish o‘qitishning maqsadi – botanika, zoologiya, anatomiya, 
fiziologiya, gigiyena, jug‘rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir. 
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog‘liq holda o‘qitish darslaridagi ta’lim va tarbiya 
jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchilar tomonidan dasturlarda mo‘ljallangan bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni 
egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham 
qaratmoq lozim. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ish dastur belgilagan 
doirada, dastur materialida, maktabning barcha ta’lim-tarbiya ishlari bilan bog‘liq holda olib borilishi 
kerak. 
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish – bu ularni tahlil qilish, 
sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operasiyalarni uquv bilan 
bajarishga o‘rgatish, oddiy tushunchalarni o‘zlashtirishda, o‘z mulohazalarini bayon qilishda va xulosalar 
chiqarishda ularga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli 


82 
bo‘lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. Butun o‘qitish jarayoni, to‘g‘ri tashkil 
etilgan bo‘lsa, shu paytning o‘zida o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog‘i zarur. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinflarda mantiqiy usullar (taqqoslash, tahlil qilish va 
sintezlash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan foydalangan holda darslarni 
integrativ yondashuvlardan tabiatshunoslikni o‘qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar, 
muhokamalar ustida ishlash – bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmun- 
liroq qiladi, o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga uning ta’sir darajasini kuchaytiradi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish