Xulosa.
II-bob. “Hayrat ul-abror” dostonini integrativ yondashuv asosida o`rgatish yo`llari
2.1 “Hayrat ul-abror” dostonini o`rganishda fanlararo integratsiyaning o`rni
2.2“Hayrat ul-abror” dostonini o`rgatishda zamonaviy yondashuvlar
Xulosa.
III-bob. Ishning amaliyotga tadbiqi
3.1 Umumiy o`rta ta`limda adabiyotga oid dastur va darsliklar ustida ishlash
3.2 Ochiq dars ishlanmasi
Xulosa.
Kirish. Mavzuning dolzarbligi.Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda kun tartibiga qo‘yilayotgan samarali chora-tadbirlar natijasida ta’lim tizimi rivojlanishning o‘ziga xos yangi yo‘liga kirmoqda.
Mustaqil yurtimizda shaxsni intellektual, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biri, ta’lim tizimini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etishdan iborat. Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun muntazam tarzda ta’lim tizimida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu orqali talabalarning kompetentsiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev yoshlarimizning bugungi va ertangi kuni haqida qaygʻurib shunday deydi: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘grisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o‘tish yangi ta’lim standartiga aylanmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash jarayoni mustaqil O‘zbekiston davlatining ta’lim-tarbiya tizimida umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-sonli Qaroriga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida Bitiruv ishlari tashkil etilishi Nizom talablarida ko‘zda tutilganligi o‘qitishda modulli yondashishni dolzarbligidan dalolat beradi.
Alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o‘zining abadiyatga daxldor asarlari va benazir dahosi bilan turkiy xalqlarning ma’naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum etgan ezgu g‘oyalari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan so‘z san’atkoridir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi 2016 yil 13 maydagi № PF-4797 Farmonida aks etganidek, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi. Ham adabiy va ilmiy asarlari, ham go‘zal insoniy fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Alisher Navoiyning rang-barang ijodi barcha siyosatu rayosatlardan ustun kelib, Vaqt atalmish oliy hakamni ham o‘z izmiga bo‘ysundirganligi, dunyodagi eng oliy mo‘‘jiza – So‘z qudrati va uning go‘zal o‘zbekona ifodasi sifatida umumbashariyat mulkiga aylanganligi rad etib bo‘lmas haqiqatlardan hisoblanadi. Shu bois, ma’naviyatning umrboqiy sarchashmalariga doimiy ehtiyoj sezadigan bashariyat farzandlari bugungi kunda ham Navoiyning o‘lmas satrlarida tajassum topgan hayotiy hikmatlardan ko‘proq bahramand bo‘lishga harakat qiladi.
Bu muazzam ijodni o‘rganish, tadqiq va talqin etish Navoiyning hayotligi davrlaridayoq boshlangan bo‘lib, o‘tgan besh asr davomida so‘z san’ati bilan shug‘ullanadigan ko‘plab olim va ijodkorlar turli shaklda Navoiy merosini o‘qib-o‘rganish va boshqalarni ham bahramand qilishga harakat qilganlar. Mamnuniyat bilan aytish kerakki, Navoiy ijodini bor bo‘y-basti bilan, xolislik va ilmiylik mezonlariga mos holatda o‘rganish va o‘rgatish imkoniyati istiqlol sharofati bilan yanada kengaydi.
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov mumtoz adabiyotimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodiy merosini yuksak ma’naviy qadriyat sifatida alohida e’tirof etib, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotidagi xizmatlarini munosib baholab, shunday degandilar: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”2. Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi va bu etuk mutafakkir bizning bobokalonimiz ekanligidan faxrlanishimiz zarur. Zero, ona tiliga muhabbat, milliy g‘urur singari tuyg‘ular ham bizning ongu shuurimizga dastavval Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Xalqimizni, ayniqsa yoshlarni Navoiyning bebaho merosidan bahramand etsak, madaniy yuksalishimizda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishimizda shunchalik kuchli ma’naviy qurolga ega bo‘lamiz. Shuning uchun ham Alisher Navoiy asarlarini o‘qib-o‘rganish, shoir ilgari surgan yuksak gumanistik g‘oyalarning mohiyatini tushunib etish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun g‘oyatda muhimdir.
Mazkur bitiruv ishida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonini interfaol metodlar asosida o‘rganish maqsadi ko‘zda tutildi. Shu orqali dostonni o‘rganishdagi zamonaviy yondashuvlarni tahlil etish, asarni o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga harakat qilindi.Bu ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
toptirishimizda shunchalik kuchli ma’naviy qurolga ega bo‘lamiz. Shuning uchun ham Alisher Navoiy asarlarini o‘qib-o‘rganish, shoir ilgari surgan yuksak gumanistik g‘oyalarning mohiyatini tushunib etish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun g‘oyatda muhimdir.