329
qaraldi. Keyinchalik, uning tadqiqot obyekti sifatida tildagi o‘zgarishlarni, bu o‘garishlarning sabablarini
paydo bo‘lish davrini o‘rganish nazarda tutildi. Aslida, diaxron tilshunoslik tilining tarixiy taraqqiyot
bosqichlari nuqtai nazaridan o‘rganish bo‘lsa, sinxronik lingvistika tilni geografik o‘rganishdir. Diaxronik
lingvistika tilning vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanishini o‘rgatishni anglatadi.
Qadimgi ingliz davrdan
XX asrgacha ingliz tilining rivojlanishini kuzatish bu diaxronik tadqiqot sanaladi. Tilni sinxron o‘rganish
bu tillarni yoki lahjalarni taqqoslash ba’zi bir fazoviy vaqt mobaynida va o‘sha vaqt oralig‘ida
ishlatiladigan bir xil tilning turli xil og‘zaki dialektal va fonetik farqlarini tahlil qilish. Orqali namoyon
bo‘ladi. XX asrning 2-yarmida lingvistik nazariyada diaxronik yondashuv paydo bo‘ldi. Til tarixini
davrlarga bo‘lish o‘rganish bilan bog‘liq sof tarixiy yo‘nalishdan farqli o‘laroq, til tizimida sodir
bo‘ladigan diaxronik o‘zgarishlarni, tilning tizim sifatidagi taraqqiyoti qonunyatlarini o‘rganishga
qaratildi. Diaxron til faoliyati xususiyatlarini zamonga, jumladan sinxroniyada
bilishga imkon beruvchi
vosita bo‘lib, umuman, til nazariyasining muhim qismidir.
Subektiv bahoni ifodalashda usual okkazional ma’noning o‘rni va ahamiyati muhimdir.
Okkazionallik ma’nolari quyidagi usullar bilan hosil bo‘ladi:
1.
Aloqadorlik asosida ma’no ko‘chirish, ya’ni elliptik ma’nolar okkazional ma’no sanaladi.
Masalan: Oloyga bordik (Toshkent viloyatidagi Oloy bozori nazarda tutilyapti). 2. Sifatlovchi
birikmalarni ixchamlashtirish orqali okkazionallik ma’nosini hosil qilish. Masalan: Har qancha urinmasin,
bu qora niyat maqsadiga yeta olmaydi. “Qora niyat” sifatlovchisi odamga nisbatan ishlatilgan, odam so‘zi
yoki kishi nomi tushirib qoldirilgan. Sifatlovchi aniqlovchilar orqali okkazional uzual ma’no hosil
bo‘lgan.
3.O‘xshatish tipidagi qurilmalar ixchamlashtirilganda uzual okkazional ma’no hosil bo‘ladi.
Masalan: Burgut changaliga dosh berolmas yov. “burgut changali’-mard, kuchli, jasur, qo‘rqmas, dadil,
pahlavon yigit ma’nosida ishlatilmoqda. Diaxron lingvistikasi fanda shvedsar olimi Ferdinard de Sossyur
tomonidan ilk bor ilmiy- nazariy tadqiq qilingan bo‘lsa, usual okkazionallik atamasi va nazariyasi ilk bor
tilshunos olim N.I.Feldman tomonidan qo‘llangan. Okkazional so‘zi lotincha “occosinalis” so‘zidan
olingan bo‘lib, “tasodifiy” degan ma’noni anglatadi. “Okkazional” atamasi “uzual” terminiga qarama-
qarshi qo‘yiladi. “Uzual” so‘zi lotincha “urf-qoida”, “qo‘llash”, degan ma’nolarni anglatuvchi, ma’lum til
vakillari tomonidan qo‘llash uchun qabul qilingan so‘zlardir. G.Paul nomli tilshunos olim birinchilardan
bo‘lib, hosila ma’noni uzual va okkazional ma’noga ajratib o‘rgangan. Shu o‘rinda tabiiy ravishda savol
tug‘iladi: Okkazional va niologizm so‘zlar bir-biriga teng kela oladimi? Tasodifiy-okkazional so‘zlarga
nisbatan qaysi atamani qo‘llash ma’qulroq? A.Arjanov nomli tilshunos olimning fikricha,
bundan
tasodifiy-okkazional so‘zlarga nisbatan “niologizm” (nutqimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlar) atamasini
qo‘llab bo‘lmaydi. Neologizmlar- yangi paydo bo‘lgan so‘zlartezda umumxalq mulkiga aylanadi, xalq
orasida oson va tez tarqaladi.
Neologizmlar lug‘at tarkibiga ham tezda to‘la huquqli so‘z sifatida
kiritiladi. Neologizmlar nutqimizda yangi paydo bo‘lganida, yangilik bo‘yog‘ini saqlab turadi, til
iste’molchilari tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotib, me’yoriy so‘zlar
qatoriga o‘tadi. Faqat shu soha bilan shug‘ullanuvchilar va tilshunoslargina bu so‘zlarni kishilik
jamiyatiga qanchonlardir neologism bo‘lganini eslab qoladilar. Okkazionalizmlar
esa neologizmlarga
nisbatan o‘z matnlarida yashaydi. Yuqoridagi mulohazalardan namoyon bo‘ladiki, okkazionalizmlar
uchun qulay bo‘lgan qaysi termini-atamani qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Aniq va qulay bo‘lishi uchun
okkazionalizmlarni ikkiga ajratib o‘rganish
Maqsadga muvofiqdir. Okkazional so‘zlar va okkazional ma’noga ega so‘zlar. Bunga bir
okkazional so‘zlar va okkazional ma’noni o‘zaro bir-biridan farqlashimiz kerak bo‘ladi. Okkazional so‘z
tilning lug‘at sathida mavjud bo‘lmagan, bir ijodkor tomonidan qo‘llangan, g‘ayriodatiy yasalish tizimiga
ega bo‘lgan so‘zlar hisoblanadi: saharxez, xazonrez,
boshpana, tillakor, qayg‘uzor kabi. Keltirilgan
misollardan ham bu so‘zlarning g‘ayriodatiy, yasalish tizimi ham tasodifiy ekanligini, lug‘at tarkibida
uchramasligini ko‘rishimiz mumkin. Okkazional ma’no okkazional so‘zga
nisbatan kengroq, qamrov
doirasi ham kattaroq hisoblanadi. Okkazional ma’noga ega so‘zlar semantik okkazionalizm bo‘lganligi
uchun ham bu hodisalar badiiy matndagina okkazional ma’no hosil qilishi kerak. Masalan:
Elparast
kaptarlar
yurak qabrida
Armon ko‘zlaridan to‘kdi
olov yosh
.
Xulosa o‘rnida shu masalani ta’kidlash joizki, o‘zbek tilshunosligida turli sohaga oid birliklarni
uzual okkazionallik belgisi va diaxron yuzaga chiqish omillarini o‘rganish, ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib
boorish, bugungi zamon tilshunosligining muhim vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: