BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING YANGILANISH JARAYONIDA INNOVATSION
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Nigora Mamayusufovna Kenjaboeva,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Turg‘unoy Saydullaevna Abdieva,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Maqolada boshlang‘ich ta’limning yangilanish jarayonida innovatsion raqamli
texnologiyalarning asosiy jihatlarini ochib berilgan. Unda boshlang‘ich ta’limning yangilanishi va yangi
mazmuni bilan bog‘liq holda metodik va muammoli innovatsion jarayonlar kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ta’lim texnologiyalarini yangilash, ta’lim
xizmatlari sifatini oshirishga ustuvorlik berish lozimligi haqidagi fikrlar qalamga olingan.
Kalit so‘zlar
: boshlang‘ich ta’lim, innovatsiya, innovatsion jarayon, texnologiya, texnik
innovatsiya, ta’lim xizmati, sifat.
Mamlakatimizda innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish,
uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni
jahon andozalari darajasiga ko‘tarish masalalariga oid tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunida innovatsiya, innovatsion infratuzilma, innovatsion
loyiha, innovatsion faoliyat, innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi, texnologiyalar transferi,
yangi ishlanma kabi tushunchalarga izoh beriladi. Jumladan, “innovatsiya ‒ fuqarolik muomalasiga
kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy
samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma” deb, ta’rif berilgan bo‘lsa, “innovatsion faoliyat ‒
yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga
oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat” [1] deb ta’riflanadi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik
sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarash
lozim. Iqtisodiy adabiѐtlarda “innovatsiya” tushunchasiga ta’rif berish uchun turli xil ѐndashuvlar paydo
bo‘la boshladi. Masalan, E.A.Utkinning fikriga ko‘ra, innovatsiya deganda “ishlab chiqarishga joriy
etilgan obyekt” [2] tushuniladi.
So‘nggi o‘n yillikda mamlakatimizda maktab ta’limi tizimidagi innovatsion jarayonlar, shu
jumladan, boshlang‘ich sinflardagi yangiliklarni o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy
268
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z faoliyatida yangi uslub va texnologiyalardan foydalanishga tayyor
bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati kichik yoshdagi o‘quvchilarda bilim
olishga qiziqishni rivojlantirish, ularning shaxsini shakllantirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, ta’lim jarayoniga
yangiliklarni kiritish bilan tavsiflanadi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirishda ko‘plab boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari qiyinchiliklarga duch keladi, bu birinchi navbatda kichik yoshdagi o‘quvchilarning
yoshi va individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu boshlang‘ich maktabdagi innovatsiyalarning xos
xususiyatlari va tabiatida bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi.
Boshlang‘ich sinflardagi innovatsiyalar, birinchi navbatda, kichik yoshdagi o‘quvchilarni
tarbiyalash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
uning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishi, uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan pedagogik
mahoratni kashf etishi muhimdir. Boshlang‘ich maktab o‘quv jarayonida faol va interfaol o‘qitish
usullaridan foydalanish innovatsion hisoblanadi [3].
Ko‘pgina boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion jarayonning bir qismi sifatida dars
sxemasidan emas, balki o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun tavsiyalar beradigan texnologik xaritadan
foydalanadi. Texnologik xarita kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishning asosiy maqsadiga erishishga
qaratilgan: qanday o‘rganishni o‘rgatish [4]. Bunda materialni oddiy tushuntirish va uni mustahkamlash
emas, balki o‘quvchi ta’lim jarayonining ishtirokchisiga aylanadi, ya’ni o‘quvchilar va o‘qituvchi
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga asosiy e’tibor beriladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda innovatsion
jarayon sinfdan tashqari ishlarni qamrab olishi kerak. Bugungi kunda bolalarni maktabdan keyingi
mashg‘ulotlarga qiziqtirish juda muhim, bu esa, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim va tarbiya
uchun to‘liq huquqli makonga aylantirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda o‘qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilar uchun
sinfdan tashqari ishlarni yangicha usulda qurish imkoniyatiga ega.
Boshlang‘ich sinflarda innovatsiyalarni rivojlantirishni quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
ta’limni individuallashtirish va differentsiallashtirish maqsadida yangi tipdagi maktablarni yaratish;
yangi o‘quv kurslarini yaratish va joriy etish, ta’lim mazmunini o‘zgartirish;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar ishlab chiqish;
innovatsion texnologiyalar, usullarni joriy etish; eksperimental maydonlarni, sinflarni yaratish;
o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish [5].
Yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion faoliyati yangi shakllar,
usullar va o‘qitish usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Yaqin vaqtgacha kichik maktab o‘quvchilari
dars berishda «Alifbo» kitobidan foydalangan holda bitta usul bilan shug‘ullanishgan.
Hozirgi vaqtda zamonaviy dunyoda ta’limning ko‘plab usullari va dasturlari mavjud. Ta’lim
tizimini yangilashdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi salomatligini asrab-avaylagan holda ta’limni
takomillashtirish, iste’dod va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishdan iborat. Barcha maktablarda
kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartiga o‘tgandan so‘ng, o‘quv-biluv
faoliyati qobiliyatni rivojlantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoniga aylanadi.
Yangilanish jarayonida innovatsion texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Erta maktab yoshida aqliy
qobiliyatlarning intensiv rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu bosqichda zamonaviy texnologiyalardan
foydalangan holda uning keyingi ta’lim olishiga mustahkam zamin yaratadi, bu esa o‘quv materialini
taqdim etishning turli usullarini qayta ko‘rib chiqish zarurligiga olib keladi.
Yangiliklardan biri MacBook-dan boshlang‘ich maktabda foydalanishdir. MacBook boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilariga o‘rganishni oson va qiziqarli qilish imkonini beradi. Tasvirlar, videolar va audiolar
bilan ta’lim loyihalarini yaratish uchun MacBook-dan foydalanishingiz mumkin. MacBook yordamida siz
qo‘shiqlarni yozib olishingiz va tahrirlashingiz, raqamli taqdimotlar va portfelьlar yaratishingiz va
videolar tayyorlashingiz mumkin. MacBook va uning ilovalari ta’lim jarayonida qo‘llanilishi o‘quv
dasturi talablariga to‘liq javob beradi. Bundan kelib chiqqan holda, boshlang‘ich sinflarda MacBook dan
foydalanish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
MacBookda ishlash imkoniyatlari bilan tanishish;
MacBook-dan foydalanish samaradorligini ko‘rsatish;
kichik yoshdagi o‘quvchilarning ta’limini osonlashtirish va diversifikatsiya qilish.
O‘qituvchilar MacBook-dan savodxonlik va yozish darslarida foydalanishlari mumkin. Bu kichik
yoshdagi o‘quvchilarning nutqini boyitish va rivojlantirishga, ijodiy va matematik ko‘nikmalarni,
algoritmik fikrlashni shakllantirishga, multimedia texnologiyalari va dasturlash asoslarini, shuningdek,
jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi [7].
269
Xulosa shuki, boshlang‘ich sinflarda innovatsiyalarning joriy etilishi kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ta’lim texnologiyalarini yangilash, ta’lim
xizmatlari sifatini oshirish, davlat buyurtmasini bajarishga xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |