— 15 marta chap oyoqda sakrash va mashq tugashi bilan sakrab to‘p uzatish taqlidi; — shu sakrash mashqlari qaytariladi va mashq tugashi bilan to‘pni yiqilib qabul qilish, zarba berish, to‘siq qo‘yish malakalari taqlid qilinadi; — «mokisimon» yugurish — mashq tugashi bilan navbatma- navbat o‘yin malakalarini taqlid qilish; — «archasimon» yugurish va o‘yin malakalari taqlidi; — ixtisoslashtirilgan harakatli o ‘yinlar; — ma’lum vaqt davomida (20 s, 30 s, 45 s, 60 s) imkoni boricha ko‘p marta samarali o ‘yin malakalarini bajarish (to‘p bilan) va hokazo. 7.5.8. Maxsus chaqqonlik 0 ‘yin davomida keskin o‘zgarib turuvchi o ‘yin vaziyati texnik- taktik malakalami shu vaziyat talabiga mos ravishda ijro etilishini taqozo etadi: — to‘siqlar osha (3 ta ketma-ket to'siqdan) oldinga va orqaga chopish-to‘siq qo‘yish-sakrab zarba berish; — yiqilib to‘pni qabul qilish — sakrab to‘p uzatish taqlidlari (60, 61-rasmlar). 191
к-
60-rasm 61-rasm 7.5.9. Maxsus egiluvchanlik Voleybol o‘yinida ijro etiluvchi texnik-taktik malakalarni samarali ijro etishda egiluvchanlik sifatining ahamiyati alohida o ‘rin egallaydi. Voleybolchining egiluvchanligi o'ziga xos optimal amplitudada rivojlangan bo‘lishi lozim. M e’yoridan ortiq yoki kam amplitudaga ega egiluvchanlik o‘yin malakasining ijro etilish samarasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, ko‘krak bilan yiqilib to£pni qabul qilishda ortiq- amplitudalik egiluvchanlik jarohatlanishga olib kelishi ehtimoldan