b) kuch chidamkorligi;
c) tez harakatlanish;
d) tezkor chidamkorlik.
10. Joyidan turib va yugurib kelib tik sakrash, 60 va 100 m ga yugurish
«archasimon» yugurish, kross, tortilish testlari yordamida tayyor-
garlikning qanday turi aniqlanadi?
a) futiksional tayyorgarlik;
b) integral tayyorgarlik;
c) jismoniy tayyorgarlik;
d) texnik tayyorgarlik.
VIII BOB. VO LEY BO LC HI LAR TAYYORIASH
JARAYONINI REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
8.1. Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha
«Boshqaruv» tushunchasi — bu biror maqsad rejasi (moduli)ni
ilmiy-ijodiy asosda ishlab chiqish, talab va me’yorlar istiqbolini
beigilash hamda ushbu jarayonlarni ilg‘or texnologiyalar yordamida
boshqarish tufayli qo‘yilgan maqsad ning amaliy natijasiga erishishni
anglatadi.
Ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali
voleybolchilar va voleybol jamoasini tayyorlash uzoq muddatli
pedagogik jarayon bo‘!ib, uni murabbiy boshqaradi. Boshqaruv
deganda biror-bir obyektga muntazam ta’sir ko‘rsatib, shu ta’sir
natijasida aniq bir maqsadga erishish uchun hosil qilingan o'zgarish
tushuniladi. Sportda tayyorlash jarayoniga murakkab dinamik
tuzim sifatida qaralib, uni boshqaruvchi subyekti vazifasini
pedagog-murabbiy, boshqaruv obyektlari vazifasini esa sportchiiar,
jamoalar yoki o‘quv guruhlari bajaradi.
Sport tayyorgarligi tuzimining murakkabligi shundan iboratki,
u katta qismdagi bir-biri biian bog‘langan va bir-biri bilan harakat
qiladigan jarayonlar (texnik, taktik, psixologik va boshqa)dan
Do'stlaringiz bilan baham: |