Terini yara qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish.
Terini yara qiluvchi zaharli moddalarga iprit kiradi. U terini yara qiluvchi va tyeria rezorbtiv ta’sirga ega, odam organizmiga aerozollar va bug‘lar ko‘rinishida aerogen yo‘l bilan, teriga kontakt yo‘l bilan va zararlangan ovqat va suv bilan alimentar yo‘l bilan kiradi.
Iprit yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar yashirin davrdan so‘ng 2-24 soat ichida yuzaga keladi. Bu davr ichida hech qanday sub’ektiv o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Tyerining ta’sirlanish og‘irligiga qarab, eritematoz, bullyoz, bullyoz-yara va nekrotik shakllari farqlanadi.
Eritematoz shakli juda oz miqdordagi iprit bilan teri ta’sirlanganda rivojlanadi. Yashirin davrdan so‘ng tyerida och pushti rangdagi chegaralanmagan eritema (qizarish) paydo bo‘ladi. Keyinchalik eritemaning kattalashadi, qichishish, og‘riq va shish rivojlanadi. Engil darajali zararlanishda eritema 5-10 kundan so‘ng dog‘ hosil qilib yo‘qoladi.
Bullyoz shakli zararlangan terida 8-24 soatdan keyin qirg‘og‘ida mayda pufakchalari bo‘lgan eritema rivojlanadi.So‘ngra bu pufakchalar kattalashadi va kattaroq pufakchalarga qo‘shiladi, ularning ichida qahrabosimon-sariq rangdagi suyuqlik bo‘ladi “iprit marjoni”. Pufakchalarning hosil bo‘lishi kuchli qichishish va og‘riq bilan davom etadi. Birinchi haftaning oxiriga borib, pufakchalar kichiklashadi, ularning o‘rnida qatqaloq hosil bo‘ladi, oyning oxiriga borib, epiteliyning regenyerasiyasi yuz beradi.
Bullyoz-yara shakli teriga katta dozada yoki kechikkan sanitar ishlovi vaqtida rivojlanadi. Bunday vaqtda yashirin davr 2-6 soatni tashkil qiladi, pufakchalar 2-3 kuni hosil bo‘ladi. Keyinchalik ular yoriladi, infisirlanadi va yaralanadi. To‘qimalarning regeneratsiyasi zararlanishdan keyingi birinchi oyning oxirida paydo bo‘ladi, 2-3 oydan keyin chandiq hosil bo‘ladi.
Nekrotik shakli. Teriga tomchi suyuq holatdagi ipritning ta’siri oqibatida rivojlanadi. Kuchli og‘riq, qichishish, shish, eritemadan so‘ng katta yaralar paydo bo‘ladi. Nekrotik shakli uzoq vaqt davolanishni talab qiladi, 3-6 oy cho‘ziladi. Bitgach, yaraning o‘rnida xunuk chandiq hosil bo‘ladi.
Klinik belgilarning rivojlanishiga qarab, zaharlanishning engil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir formalari farqlanadi.
Engil shaklida klinik belgilar 6-12 soatdan keyin paydo bo‘ladi va sekin rivojlanish bilan xaraktyerlanadi. Birinchi bo‘lib, kataral kon’yunktivit belgilari paydo bo‘ladi: ko‘z achishishi, ko‘zdan yosh oqishi, yorug‘dan qo‘rqish. 10-12 soatdan keyin quruq yo‘tal, ovozning bo‘g‘ilishi, tomoqda qichishish, yuqori nafas yo‘llarining kataral yallig‘lanish belgilari paydo bo‘ladi. Birinchi tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilganda 7-8 kundan so‘ng belgilarning yo‘qolishi va to‘liq davolanish bilan tugallanadi.
O‘rtacha og‘irlikdagi shaklida ko‘zlarning zararlanishi 2-6 soatdan keyin paydo bo‘ladi. Kon’yunktivitdan tashqari shox pardaning yaliig‘lanishi – kyeratit xam qo‘shiladi. 2 –kunga kelib, qovoqlarda spazm, shish pafdo bo‘ladi va ko‘zlar byerkilib qoladi. Nafas yo‘llarining shikastlanishi oqibatida traxeit va bronxitlar rivojlanishini ko‘rish mumkin. Doimiy asoratlari sifatida bronxopnevmoniya kuzatiladi.Birinchi yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilgan holatlarda ko‘rish funksiyasi 2-4 haftadan keyin tiklanadi, keyinchalik bir necha oylar va yillar davomida zararlanish asoratlari kuzatilishi mumkin.
Og‘ir shakldagi zaharlanishda qisqa vaqtli yashirin davrdan keyin ko‘zlarda kuchli og‘riq paydo bo‘ldi, og‘ir formadagi kon’yunktivit va kyeratit rivojlanadi, og‘ir xollarda shox pardaning teshilishini ko‘rish mumkin. Shu bilan bir qatorda nafas yo‘llarining shikastlanish belgilari – afoniya, kuchli yo‘tal, ipritli pnevmoniyaning rivojlanishi kuzatiladi, bu esa kuchli asoratlar – o‘pka abssessi yoki o‘lim xolati bilan tugallanadi.
Zararlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Zudlik bilan gazniqob va himoya kiyimlarini kiyish va kiydirish kerak. Teriga tushgan zaharli moddalarni IPPdagi deegazatsiyalovchi vosita yordamida qisman zararsizlantirish tadbirlari amalga oshiriladi, so’ng:
Tananing shikastlangan qismlariga aseptik bog’lam qo’yib iloji boricha
immobilizatsiya qilish:
Zahari modda ko’zga tushganda ularni 2%li natriy gidrokarbonat yoki 0,25% li xloramin
eritmasi bilan yuvish. Ko’zlarni IPPdagi suyuqlik bilan yuvish mumkin emas;
Shikastlanganlarni o’choqdan evakuatsiya qilish;
Zaharli moddani oshqozon-ichak traktiga ketganligidan dalolat beruvchi belgilar
kuzatilganda 2 tabletka karbolen beriladi va oshqozon yuviladi. Buning uchun 1-1,5 l
ichimlik suvi ichirilib, mexanik yo’l bilan qusish markazi qo’zg’atiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |