Nazorat savollari:
1. O‘zbekiston hududidagi radiatsiyaviy xavfli ob’ektlar.
2. Radiatsiyaviy avariya va halokatlar.
3. Yadro quroli va uning zararlovchi omillari.
4. Radiaktivlik va radiaktiv nurlar.
5. Ionlovchi nurlanishning inson organizmiga ta’siri.
6. O‘tkir va surunkali nur kasalligi.
MAVZU: KIMYOVIY XAVFLAR.
Reja:
1. Kimyoviy xavflar va kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar va halokatlar.
2. Zararlovchi moddalarning fizik–kimyoviy hususiyatlari va klassifikatsiyasi.
3. Zararlovchi moddalarning organizmga kirish yo‘llari va zaharlilik haqida tushuncha.
4. Zaharlanishlarda birinchi tibbiy yordam, antidototerapiya.
Tayanch so‘zlar: zaharli moddalar, kimyoviy zararlanish o‘chog‘i, kimyoviy qurol, fosfororganik, umumzaharlovchi, antidot, antidototerapiya.
Kimyoviy xavflar va kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar va halokatlar.
Kimyoviy xavflar – bu kishilar, hayvonlar, o‘simliklar, havo, joylar, suv, oziq – ovqatlar, em- xashak hamda boshqa buyumlarni zaharlovchi zaharli kimyoviy birikmalardir. Kimyoviy zaharli moddalarning (KZM) oqishi portlashlar, suv omborlari va texnologik quvurlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi, bu havo va suv havzalarining, katta maydonlarning ifloslanishiga, odamlar va hayvonlarning o‘limiga, o‘simliklarning nobud bo‘lishiga yoki jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Kimyoviy xavfli ob’ektlar - xalq xo‘jaligida yoki sanoat texnologiyalarining ehtiyoji uchun har xil zaharli moddalardan foydalaniladigan, shunday moddalarni ishlab chiqaradigan, saqlaydigan, ularni bir joydan boshqa joyga ko‘chiradigan vostalardir.
O‘zbekiston xududida ko‘plab kimyoviy xavfli ob’ektlar mavjud. Shulardan 5 ta yirik xavfli kimyoviy korxonalar Chirchiq, Olmaliq, Navoiy, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida joylashgan. Bu korxonalarda o‘zbekisstondagi o‘ta kuchli zaharli moddalarning 80 % i ishlatiladi. Agar bu korxonalarning birortasida avariya sodir bo‘lsa, O‘ZMlarning tarqalish chuqurligi 40-45 kmni, tarqalish maydoni esa 450 km2 ni tashkil qiladi.
Respublikamizda ko‘plab kimyo sanoati rivojlangan shaharlar hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun ammiak va xlor saqlanadigan sanoat korxonalari keng tarqalgan va ular kimyoviy xavfli ob’ektlar hisoblanadi:
Navoiy va Olmaliq shaxarlaridagi “Tog‘konmetallurgiya” sanoat korxonasi
Chirchiq shaxridagi minyeral o‘g‘it – selitra ishlab chiqaruvchi korxona.
Buxoro va Farg‘onada “Neftni qayta ishlash” korxonasi
Farg‘ona va Navoiyda azot ishlab chiqaruvchi korxona
Buxoroda oltingugurt ishlab chiqaruvchi zavod
Zarafshon shaxridagi “Oltinni qayta ishlash” korxonasi
Qashqadaryoda propan gazini qayta ishlash korxonasi
Toshkent shaxridagi “Tamaki” va “Lakokraska” ishlab chiqarish korxonalari
Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya sodir bo‘lganda shu ob’ekt atrofida yashovchi aholiga birinchi navbatda shu ob’ektning lokal xabar byerish tizimi yordamida xabar beriladi. Avariya sodir bo‘lganda elektrosirenalar, ishlab chiqarish korxonalarining gudoklari va boshqa signal byerish manbalari ishlatiladi. Bu «DIQQAT HAMMAGA» signalidir.
Zaharli modda tarqalgan hudud va undagi binolar, suv manbalari, odamlar, hayvonlarning hammasi kimyoviy zararlanish o‘chog‘i deyiladi. Uning xarakteri va katta–kichikligi ZMning turiga, qo‘llanish usuliga va meterologik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Zaharlanganlarning soni ZMning zaharliligiga, turg‘unligiga, ob–havoga, “Kimyoviy hujum” deb aholini ogohlantirish tezligiga, himoya vositalarining mavjudligiga, ulardan foydalana bilishga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Turli zaharlovchi moddalar va ularni joylarda changlatish uchun manzilga etkazib beruvchi vositalar kimyoviy qurollar deyiladi.
Kishilar va hayvonlarni, o‘simliklarni, shuningdek havoni, joylarni, suv, oziq–ovqatlarni hamda turli buyumlarni zararlovchi zaharli kimyoviy birikmalar zaharlovchi moddalar deyiladi.
ZM birinchi marta birinchi jahon urushida (22 aprel 1915 yilda) nemis armiyasi tomonidan qo‘llanilgan edi. Ular asosan xlor, fosgen, difosgen, iprit, xlorpikrin kabi ZMni keng qo‘llagan. Xlor qo‘llanilgan birinchi gaz atakasi ingliz–fransuz qo‘shinlaridan 15000 kishini zaharlanishiga sabab bo‘ldi. Ulardan 5000 tasi hayotdan ko‘z yumdi. Birinchi jahon urushi davrida hammasi bo‘lib, bir milliondan ko‘proq kishi ZM bilan zaharlangan.
1925 yilda zaharlovchi moddalarni harbiy maqsadlarda qo‘llashni taqiqlash haqida Jenyeva bitimi tuziladi. Ammo bu bitimga AQSh va Yaponiya shu kunga qadar imzo chekmagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniya fashistlari kimyoviy qurol qo‘llashga astoydil tayyorlangan hamda o‘sha vaqtda o‘ta maxfiy bo‘lgan nyerv sistemasini falajlash xususiyatiga ega bo‘lgan va yashin tezligida o‘limga olib keladigan ZM–tabun, zarin va zomanga ega bo‘lsada ulardan foydalana olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |