Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Yadro quroli va uning zararlovchi omillari



Download 23,75 Mb.
bet89/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Yadro quroli va uning zararlovchi omillari
Yadro qurollarining yaralishi dunyodagi geopolitik muhitni keskin darajadaa o‘zgartirib yubordi. Hozirgi yadro kuchlari bilan bog‘liq mamlakatlarni asosan 4 guruhga ajratish mumkin:
1-guruh-1968 yilgacha ya’ni yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi imzolangunicha ushbu qurolga ega bo‘lgan davlatlar AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy.
2-guruh-yangi yadro kuchiga ega bo‘lgan davlatlar: Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya.
3-guruh-bir vaqtlar o‘zida yadro quroli saqlagan yoki hozirda shunday qurollarga kuchli intilayotgan mamlakatlar: ukraina, belorussiya, Qozog‘iston, Eron.
4-guruh-yadro quroli mavjud bo‘lgandan buyon shu qurol ustida izlanishlar olib borgan, uni qo‘lga kiritishga intilayotgan davlatlar.
Kishilarning radiatsion zararlanishiga atom yadrosining parchalanishidan hosil bo‘ladigan ko‘zga ko‘rinmaydigan ionlovchi nurlarning ta’siri sabab bo‘ladi. Bu ta’sir natijasida turli shakldagi nur kasalliklari kelib chiqadi. Odamlarning ommaviy radiaktiv moddalar bilan zararlanishi yadro quroli ishlatilgandagina ro‘y berishi mumkin.
Yadro quroli portlaganda yadrodan radioaktiv α, β, γ - nurlar va neytronlar tarqaladi. Nurlanishning tarqalish hodisasi radiaktivlik, alfa, beta, gamma nurlar tarqatadigan moddalar radioaktiv moddalar deyiladi. Xalq xo‘jaligining ma’lum sohalarida radioaktiv moddalardan turli maqsadlarda foydalanib kelinmoqda. Bularni saqlash, ishlatish, tashlab yuborish va qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya qilinmasa atrof- muhitning radiaktiv zararlanishiga, odam va hayvonlarning halok bo‘lishi va o‘simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Chunki bu nurlanishlarning hammasi o‘zi o‘tib borayotgan muhitda (havoda, odam va hayvon organizm hujayralarida) atomlarning ionlashtirish xususiyatiga ega, shuning uchun ular ionlovchi nurlanish deyiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish dozasi rentgen birligi bilan o‘lchanadi. Rentgen bir sm. kub havoda 1,16 milliard ion hosil qiladigan nurlanish miqdoridir. Portlashish va ta’sir kuchi atom enyergiyasidan foydalanishga asoslangan har qanday qurollar (raketa, torpeda, bombalar) yadro quroli hisoblanadi. Ular og‘ir elementlar Uran-235 yoki plutoniy-239 yadrosining zanjirli reaksiya bilan parchalanishga asoslangan. Yadro quroli portlashining zararlovchi faktorlariga zarb to‘lqini, yorug‘lik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi kiradi.
Zarb to‘lqini (50 %) portlash markazida gazlarning bir onda kengayishidan hosil bo‘ladigan havoning kuchli qisingan zonasini tashkil etadi va juda katta tezlik bilan tarqalib binolarni vayron qiladi hamda odamlarni jarohatlaydi. Barcha uylar, pana joylar va past balandliklar zarb to‘lqinidan himoya vositasi hisoblanadi.
Yorug‘lik nurlanishi (35%). Otash shardan 2-3 sekund davomida juda yuqori darajada issiqlik ajralib chiqib, kuchli yorug‘lik nuri tarqaladi va o‘zidan yong‘in chiqaradi. Bundan saqlana olmagan kishilar kuyadi, hatto ko‘r bo‘lib qolishi mumkin. Yorug‘lik nurlanishining ta’sir radiusi portlash kuchi va turiga bog‘liq. Har qanday tiniq bo‘lmagan narsa kuyishdan saqlaydi.
Singuvchi radiatsiya (5 %). Gamma nurlari va neytronlar oqimidan iborat bo‘lib, ular yadro portlashi vaqtida 10- 15 sekund ichida ajralib chiqadi. Uylar va pana joylar singuvchi radiatsiyadan saqlanishga imkon beradi.
Joylarning radiaktiv moddalar bilan zararlanishi (10%). Yadro quroli portlashining «qo‘ziqorinsimon» bulutidan radiaktiv moddaning yerga tushishi joylarning radiaktiv zararlanishi deyiladi va ularning darajasi rentgen soat bilan ya’ni himoyasiz odamning shu joyda bir soat mobaynida olgan nurlanish dozasi bilan o‘lchanadi. Joylarning radiaktiv zararlanish darajasi portlash kuchi va turiga, shamolning tezligi va yo‘nalishiga, joylarning xaraktyeriga bog‘liq. Zararlangan hududlarda odamlar gamma va beta nurlari bilan nurlanadi. Radiaktiv modda organizmga nafas yo‘li, zararlangan joy, oziq - ovqat va suv orqali kirishi mumkin.15

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish