Selga qadar harakat:
1. Sel kelishi mumkin bo‘lgan xavfli joylarni bilib olmoq.
2. Qurilish ishlarini faqat davlat organlarining ruxsati bilan olib bormoq.
3. Xavfli maydonlarda dai olish uchun to‘xtamaslik.
4. Sel belgilari, xabar signallarini kuzatib bormoq.
5. Evakuasiya to‘g‘risidagi xabarni olgach, rejaga asosan harakat qilmoq.
Sel vaqtidagi harakat:
1. Sarosimaga tushmay, olingan axborot va vaziyatni tezda baholamoq.
2. Asoslangan qaror qabul qilgach, unga binoan harakat qilmoq.
3. Sel kelishi mumkin bo‘lgan xavfli maydonlarni tezda tark etmoq.
Sel bo‘lib o‘tgandan keyingi harakat:
1. Sel takrorlanmasligiga ishonch hosil qilmoq.
2. Shikastlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatmoq.
3. Uyning mustahkamligini sinchiklab tekshirib ko‘rmoq.
4. Turar joy qum, tosh, loyqa bilan to‘lib qolgan bo‘lsa, tozalash ishlarini o‘tkazmoq.
5. Elektr simlaridan ehtiyot bo‘lmoq.
Toshqin.
Tabiiy ofatlar ichida katta talofatlar keltiradigan, aholini og‘ir tahlikaga soladigan va qisqa vaqt ichida shiddatli bo‘ladigan suv toshqinlaridir.
Toshqin – daryolar, soylar, dengizlar, ko‘llarda suv sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelib, yer yuzasining katta maydonlarini vaqtincha suv bosishidir.
Toshqinlar ko‘p holatda kuchli jala, harorat ko‘tarilishi bilan qor va muzliklarning keskin erishi natijasida havzalardagi suv miqdorining ko‘payishidan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag‘irlarda ko‘chki sodir bo‘lishi qoyalardan tog‘ jinslari o‘pirilishi bilan havzadagi suv toshib chiqishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, dengiz suvini qirg‘oqlarga ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo‘ladi. Ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi natijasida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lishi aholi yashash joylari va xududlariga turli ta’sir ko‘rsatadi. Bular ichida eng kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular uzoq muddat yoqqan yomg‘ir natijasida yuzaga keladi.
Selli toshqinlar qisqa vaqtda paydo bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini, qirg‘oqlarni, ba’zan to‘g‘on va ko‘priklarni yuvib kyetadi. Natijada suv sathining ko‘tarilishidan katta maydonlarni suv bostirib yuborishi oqibatida shu joydagi ekinlar, inshootlar katta zarar ko‘radi.13
Toshqin sodir bo‘lganda quyidagi muhofaza qoidalariga rioya qilish kyerak. Avvalo, toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo‘yish kyerak. Toshqinning hosil bo‘lish xususiyatiga ko‘ra, ba’zi ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim. Ya’ni oziq- ovqat, ichimlik suvi, kiyim- kechak va boshqa maishiy- xo‘jalik zahiralariga ega bo‘lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash. Kyerakli hujjatlar, zarur mol- mulk bilan evakuasiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarur.
Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo‘lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, binoda bo‘lsangiz yuqori qavatlarga ko‘tarilish, tomlarga chiqib olish kyerak. Zaruriyatga ko‘ra uylarni xonalarni tark etayotganda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirish kyerak. Toshqin talofatidan so‘ng, quyidagi ishlarni amalga oshirish kyerak:
1. Ma’lum muddatgacha faqat qaynagan suv iste’mol qilish.
2. Quruq oziq- ovqat bilan chegaralanish kerak.
3. Uyning holatini, atrof- yo‘laklarni sinchiklab ko‘zdan kechirish kerak.
4. Suv to‘planib qolgan joylardan alohida yo‘laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak.
5. Xona ichida qfolgan oziq- ovqatni iste’mol qilmaslik kerak.
6. Mavjud asbob- uskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan ehtiyotlik bilan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |