Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Sel va suv toshqinda muhofaza chora-tadbirlari



Download 23,75 Mb.
bet67/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Sel va suv toshqinda muhofaza chora-tadbirlari.
Sel – tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi, katta hajmdagi qum, tosh va tog‘ jinslari bo‘laklari aralashmasidan iborat loyqa yoki loy toshli oqimdir. Yer yuzida bu kabi hodisalar har yili takrorlanib, ko‘pgina vayrongarchiliklar va insonlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha tog‘li va tog‘ oldi xududlari sel xavfi mavjud zonalarga kiradi. Sel Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida boshqa joylarga nisbatan ko‘p ro‘y beradi. Sel oqimlari ko‘proq aprel-iyun oylarida yuz byeradi.
Respublikamizning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 1852 ta sel xavfi mavjud havza aniqlangan.
Sel vujudga keladigan yoki sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarni sel o‘chog‘i deb yuritiladi. Sel o‘chog‘i paydo bo‘lishining asosiy ko‘rsatkichi gidrometyerologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‘ishi va muzliklarning qisqa muddatda jadal erishi oqibatida daryo o‘zanlaridagi suv miqdori keskin ko‘payib kyetadi. Katta kuchga ega bo‘lgan oqim paydo bo‘lishi natijasida maydonning quyi qismlarida ko‘pgina vayrongarchiliklar yuz beradi.
Sellar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Glyatsial – muzlik va qorlarining tez erishi natijasida
2. Jalali – ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladi.
Sel oqimlari harakat xususiyati bo‘yicha turbulent va strukturali turlarga bo‘linadi. Turbulent sellar o‘zan bo‘ylab, daryo va soylardagi suv miqdori ortib ketishi natijasida hosil bo‘ladi. Strukturali sellar maydon bo‘ylab turli tosh bo‘laklarining butun yonbag‘ir bo‘yicha yoppasiga bostirib kelishi natijasida bo‘ladi.
Sel xavfi bor joylardagi aholi 10 daqiqa mobaynida, ko‘pi bilan 1-2 soat ichida ogohlantirilishi kyerak. Sel xavfi bo‘lishiga me’yoridan ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo‘lmagan haroratning birdan ko‘tarilishi sababchi bo‘ladi. Sodir bo‘lgan sel to‘g‘risida aholi yashash joylariga yaqinlashishida quyidagi ko‘rsatkichlar dalaolat beradi:
1. Daryo va soy bo‘ylarining oshib ketishi.
2. Barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash.
3. Oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida.
Sel sabablari:
1. Ko‘p miqdorda yog‘in yog‘ishi
2. Tog‘larda qor va muzliklarni jadal erishi.
3. Suv havzalaridan suvning urib ketishi.
Bunday xolatlarda eng muhimi sarosimaga tushmaslik va kyerakli zhtiyot choralarini qurish zarurdir.
Sel oqimiga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri axolining barcha tabaqalari bilan agrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha tashkiliy- xo‘jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Sel xavfi bor joylardagi daryo o‘zanlari, suv omborlari, kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash zarur. Bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda sel oqimi tuzoqlari, oqimi aholiga zarari etmaydigan joylarga yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim.12
Sellar mavsumiy vaqtlarda sodir bo‘ladigan jarayonlardan hisoblanadi. Shu vaqtlarda sel xavfi yuqori bo‘lgan xududlarda faoliyat ko‘rsatishning ayrim talablariga rioya qilishi zarur. Ko‘p holatlarda aholining ma’lum qismi dam olish vaqtlarini tog‘li o‘lkalarda, daryo bo‘ylarida o‘tkazishga harakat qilishadi. Lekin daryo bo‘ylarida vaqtinchalik chodir qurishdan oldin joyning tabiiy sharoiti, relefi, atrof- muhitning tuzilishi to‘g‘risida fikr yuritib, so‘ng to‘xtash joyini belgilash kerak.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3- 5 soat davom etadi. Oldindan sel oqimlari keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha sel omborlari, ularni yo‘naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor byerilishi lozim. Sel oqimi o‘tib ketganidan so‘ng ham sel o‘zaniga tushish kyerak emas, chunki birinchi oqim ketidan ikkinchisi kelishi mumkin. Albatta turar joy binosining holatini tekshirib ko‘rish, elektr, gaz va ichimlik suvi tarmoqlaridagi nosozliklarni aniqlash zarur. Shundan so‘ngina bino ichiga kirsa bo‘ladi. Mabodo uy o‘pirilgan qirg‘oq yaqinida bo‘lsa yoki poydevor qisman yuvib ketgan bo‘lsa, bunday joylarda qolish xavfli hisoblanadi.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish