Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


E) Magistral quvurlardagi (gaz va neftlarning otilib chiqishi) bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar



Download 23,75 Mb.
bet76/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

E) Magistral quvurlardagi (gaz va neftlarning otilib chiqishi) bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar.
Bunday avariyalar portlovchi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan portlashlar, yong‘inlar, fuqarolarning halok bo‘lishi, suyuqliklarning tarqalishiga hududlar, inshootlar, binolarning buzilishiga olib keladi. O‘zbekiston hududida asosiy neft va gaz mahsulotlarini tarqatuvchi quvurlar ko‘p. Ular asosan, yer osti va yer usti qismlaridan o‘tkazilgan.
Kelib chiqish sabablari: quvur tarmoqlarining, ularning ventillarining tabiiy emirilishi natijasida hizmat muddatlarini o‘tab, eskirib ketganligi, ularni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, ulardan noto‘g‘ri foydalanish.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlari:
1. Rejaviy-profilaktik ko‘rik;
2. Texnik ta’mirlash tadbirlarini vaqtida o‘gkazish;
3. Barcha xavfsizlik choralariga amal qilish;
4. Barcha hizmat muddati talablariga rioya qilish va h.
Aholini muhofaza tadbiri: O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 23.12.1997 yildagi 558-sonli qaroriga muvofiq “Neft va Gaz milliy korporasiyasiga ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kuchli xavfli o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish“ hamda “Idoraga qarashli ob’ektlarda avariyalarning kelib chiqish ehtimollarini va oqibatlarini bashoratlash, tarmoqning birlashmalari va ob’ektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish” vazifalari yuklatilgan.
Yong‘in chiqishi, portlash xavfi bo‘lgan ob’ektlardagi falokat va
halokatlar, aholini muhofaza qilish tadbirlari
Yong‘in – bu nazorat qilib bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo‘q qiluvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favqulodda vaziyatdir.
Yong‘inning kelib chiqishi uchun 3 omilning bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishining o‘zi kifoya:
1. Yonuvchan modda: neft, aseton, qog‘oz, yog‘och va b.
2. Havo harorati: kislorod miqdorining ortishi.
3. Uchqun, alanga: gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi.
Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:
1. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik;
2. Fuqarolarning e’tiborsizligi;
3. Elektr simlarining nosozligi;
4. Gaz, ko‘mir, o‘tin bilan isitiladigan vositalardagi nosozliklar;
5. Bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari;
6. Qasddan o‘t qo‘yishlar.
Yong‘in natijasida odamlar turli xil kuyish darajalari shikastlanishlarni va is gazidan zaharlanish holatlari (80%) kelib chiqishini ko‘rish mumkin.
Yong‘inning birlamchi keng tus olishi sabablari:
1. Yong‘inning sodir bo‘lish omili;
2. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda yon-atrofning qizib ketishi;
3. Yong‘inda yonayotgan jismlardan chiqayotgan tutun va zaharli moddalar;
4. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda va tyevarak-atroflarda havo haroratining o‘zgarishi.
Yong‘inning ikkilamchi keng tus olish sabablari:
1. Yong‘in sodir bo‘lgan bino yoki inshoot devorining qulab tushishi;
2. Portlashlar sodir bo‘lishi;
3. Yong‘in sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning
atrof-muhitga tarqalishi;
Yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi hosil bo‘lishi natijasida portlashlar yuz byerishi sabab bo‘ladi.
Yong‘in kengligi jihatdan 3 turga bo‘linadi:
1. Kichik hajmda. 2. O‘rta xajmda. 3. Katta hajmda.
Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablari:
1. Inshootlarning loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
2. Inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari, qoidalari, davlat standartlariga rioya qilmaslik;
3. Yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan
yong‘inni oldini olish tadbirlarini bajarilmasligi;
4. Fuqarolarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga
tushishlari;
5. Bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;
6. Yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi.
Yong‘inlar moddalarning turlariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:


Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish