1.2. SEMINAR MASHG‘ULOTLARI
MAVZU: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI
B.B.B texnikasini qo‘llash
Talaba-o‘quvchilar o‘zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan jadval to‘ldiriladi. Ro‘yxatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo bo‘lgan. talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo‘shimcha ravishda qayd etilib boriladi.
№
|
Mavzu savoli
|
Bilaman
(+ -)
|
Bilishni hohlayman
|
Bilib oldim
(+)
|
1.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fani maqsad va vazifalarini ayting
|
|
|
|
2.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi faniga asos solgan ulug‘ allomalardan kimlarni bilasiz?
|
|
|
|
3.
|
Salomatlikka tahdid tushunchasiga izoh byering.
|
|
|
|
4.
|
Xavf-xatar turlarini ayting.
|
|
|
|
5.
|
Havfsizlikning ta’minlashning yo‘llari va usullarini ko‘rsating
|
|
|
|
Keys stadi.
1-vaziyat: So‘nggi 30 yil ichida tabiiy ofat 2 marta, asab kasalliklari 24 marta, turli kimyoviy vositalardan, ayniqsa is gazidan zaharlanish va yo‘l-transport hodisalari oqibatida esa o‘lim va nogironliklar soni bir necha baravarga ko‘paygan.
Muammo. Ushbu vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yishi kerak?
1-variant: Texnosferada insonni tabiiy va antropogen salbiy ta’sirlardan himoya qilish va hayotiy faoliyatida qulay sharoitlarga erishish.
2-variant: Xavf-xatar turlari chuqur o‘rganish
3-variant: Xavfsizlik - bu maqsad, hayot faoliyati xavfsizligi bo‘lsa, shu maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan vositalar, yo‘l-yo‘riq, qo‘llanmalar va usullar ekanligi haqida ma’lumot berish.
2-vaziyat: Ma’lumki bugungi kunda “Korona virus” pandemiyasi butun dunyodagi insonlarning sog‘ligi va hayot faoliyatlariga jiddiy tahdid solib turibdi. Kundan-kunga bu kasallikka chalingan kishilar va eng achinarlisi o‘lganlar soni ortib bormoqda.
Muammo: Virusga qarshi kurashish hamda jiddiy talofatlarni oldini olish va ularni kamaytirish uchun qanday xavfsizlikni ta’minlash yo‘llarini tanlash kyerak?
1-variant: Gomosfyera va noksosfyerani vaqtiy va fazoviy ma’noda bir-biridan ajratib qo‘yish kyerak
2-variant: Noksosfyerani me’yorlashtirish orqali xavfsizlikni ta’minlash
3-variant: Odatdagi hayotiy faoliyatni davom ettirish.
“Romashka” usuli
Bunda o‘qituvchi oldindan tayyorlangan “Romashka” guli asosi qismiga “xavf-xatar” deb yozilgan qismini stol ustiga talabalarga ko‘rinadigan qilib qo‘yadi. Mavzuni bilgan har bir talaba bittadan chiqib “Romashka” gulbandi qismlariga yozilgan to‘g‘ri javob bilan to‘ldirib “Romashka” guli hosil kilinadi. Bu usul talabalarni ko‘rgan narsalarini yaxshi eslab qolishlariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |