Biz qiyosiy ustunlik nazariyasi ichki yoki xalqaro savdoning rivojlanishida va bozor iqtisodiyotining taraqqiy etishiga kuchli turtki bo’lganligini, bunday tashkiliy tarkib ostida kishilar o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab ixtiyoriy, o’zaro manfaatli ayirboshlashda qatnashishlarini va bu butun jamiyatga naf keltirishini ko’rdik. Boshqa tomondan qiyosiy ustunlik nazariyasining vujudga kelishi iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va shuningdek, bizning iqtisodiyotni tushunishimizga ko’proq to’siq bo’ldi. Chunki Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasi kishilarning va mamlakatlarning nisbiy unumdorligi aniq va o’zgarmaydi, degan taxminga asoslanadi. Iqtisodchilar bunday belgilangan ma‘lumotlarni ―tashqi‖, ―ekzogen‖ deb atashadi va bu bilan ularning qiymati aniq model tarkibidan tashqarida ekanligini ko’rsatishadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi savdodan olish mumkin bo’lgan afzalliklarni ko’rsatadi.
Biz Adam Smitning ochiq va erkin savdoning foydaliligi to’g’risidagi tasdiqlarini tadqiq qilganimizda uning mutlaq ustunlik nazariyasi asosida vaqt o’tishi bilan mehnat taqsimoti unumdorlikning oshishiga olib keladi, degan g’oyasini topdik, bunda statik (o’zgarmas) emas, balki dinamik (o’zgaruvchan) ssenariy yotibdi. Smitning tushunchalarini qo’llaydigan bo’lsak, ya‘ni ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti yuqori unumdorlikka olib keladi, bugun ikki mamlakat qiyosiy ustunlikni ko’rsatmayapti, lekin ishlab chiqarishning aniq jarayonlariga ixtisoslashuv orqali ma‘lum vaqtdan keyin qiyosiy ustunlikni
rivojlantirishlari mumkin. Masalan, Angliyada ham, Portugaliyada ham qiyosiy ustunlik yo’q, ya‘ni savdo uchun hech qanday asos mavjud emas. Agar Portugaliya vino ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlasa va bundan ko’payadigan foydani yig’sa, bu holda uning o’rtacha xarajatlari ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan kamayadi va Portugaliyaning muqobil xarajatlari Angliyanikidan farq qila boshlaydi, shunday qilib savdo uchun asos vujudga keladi.
Angliyada 1800-yillarda rivojlangan, savdo ekzogen o’zgaruvchi bilan aniqlanadi, deb taxmin qilgan qiyosiy ustunlik nazariyasi Adam Smitning qimmatli tadqiqotini oxirigacha ishlanmay qolishiga olib keldi. Faqat XX asrning ikkinchi yarmida iqtisodchilar savdo nazariyalarini ishlab chiqa boshladilar, bunda o’sib boruvchi daromadlilikning endogen aniqlovchilari paydo bo’la boshladi.
Smit va Rikardoning savdo asoslarini tushunishlaridagi tafovutlar ularning uslubiy yondashuvidagi farqlar bilan izohlanadi. Kirish qismida biz pozitiv, normativ iqtisodiy nazariya va iqtisodiyot san‘ati o’rtasidagi farqlarni ko’rsatib bergan edik. 4-bobda Adam Smit iborali, so’z orqali tahlilning ustasi ekanligi va shu asosda u iqtisodiy siyosat bo’yicha takliflarni ishlab chiqqani ta‘kidlab o’tilgan. Rikardo esa Smitga qaraganda abstrakt uslubiyoti bilan iqtisodiyot nazariyasi san‘atini juda yaxshi egallagan. Rikardo Britaniya qishloq xo’jaligini himoya qilayotgan iqtisodiy siyosatning oqibatlaridan xavotirda edi. Qiymatning mehnat nazariyasidan va boshqa ahamiyatli qarashlaridan foydalanib, u Britaniya qishloq xo’jaligini himoya qiluvchi don to’g’risidagi qonunlar foydaning kamayishiga, kapital jamg’arilish va iqtisodiy o’sish sur‘atlari pasayishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. Rikardoning fikri bo’yicha, erkin savdoning o’zi yaxshi siyosat. Uning qiyosiy ustunlik modeli abstrakt edi va matn bilan to’liq asoslanmagan edi. U model bo’yicha erkin ixtiyoriy ayirbosh- lashlar davlatning iqtisodiy hissasini kengaytiradi, deb xulosaga kelish mumkin. Smit va Rikardo keltirgan misollardan ko’rinib turganidek iqti- sodiy siyosat san‘ati turli uslubiy ko’nikmaga ega bo’lgan iqtisodchilar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
T.T. Jo’rayev – “Iqtisodiyot nazariyasi”. Toshkent – “Fan va texnologiya” nashriyoti -2018.
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G’afurov- “Iqtisodiyot nazariyasi”. Toshkent-“Fan va texnologiya” – 2005.
Karimov.I.A. “Asosiy vazifamiz –Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. – “O’zbekiston”, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |