O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Qiyosiy ustunlik nazariyasi
Bajardi: Suyarov B
Qabul qildi: Saitov S
Jizzax-2021
Reja:
Mutlaq ustunlik
Qiyosiy ustunlik
Rikardo, Smit va savdo asoslari
A.Smitdan farqli o’laroq, David Rikardo mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb hisobladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek xarajatlarda mutlaq ustunlikka ega bo’lmagan mamlakatlar nima qilishlari kerak? Bir qator misollar bilan D.Rikardo ―xarajatlardagi mutlaq ustunlik mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini isbotlab berdi. Savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida qiyosli xarajatlar farq qilishi kifoya.
Shu asosda D.Rikardo qiyosiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida hamma tan olgan nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni qiyoslab ko’rgan holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu bois, qiyosiy ustunlik nazariyasiga binoan mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan Angliyaga nisbatan katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan vino tayyorlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya‘ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki, u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya‘ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosiy xarajatlar g’oyasi – bu o’zaro foyda ko’rish g’oyasidir. Unga ko’ra ―... Fransiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika va Polshada don yetishtirilishi, Angliyada metall buyumlari va boshqa tovarlar ishlab chiqarilishi kerak. Lekin qiyosiy xarajatlar nazariyasida bir qator soddalashtirishlar mavjud bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo’ladigan qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli –bu ikki mamlakat o’rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosiy xarajatlarning o’zgarishini, savdo qilayotgan mamlakatlarning unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.
Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning naqadar donishmand ekanligini namoyon etdi. Mazkur nazariya orqali u erkin savdoning shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning xalqaro chegaralardan tovarlar o’tishidan olinadigan samara tahlilini kengaytirdi. Agar A mamlakati B mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar ishlab chiqarsa, B mamlakati esa boshqa tovarni A mamlakatga qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham hududiy ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro savdo terminologiyasi bilan aytganda, agar bir mamlakat biron-bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo’lsa, boshqa mamlakat esa boshqa tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikkga ega bo’lsa, ularning har biri tovar ixtisoslashuvi orqali boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib, samara olishlari mumkin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasi asoschisining nomini aytishda bir to’xtamga kelganlari yo’q. Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill(1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo’lmasin bu Rikardoning keyingi iqtisodiy ta‘limotlarga ta‘sir ko’rsatgan qarashlaridan biri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |