Ijtimoiy rivojlanish funktsiyasi mehnat mehnat mazmunining ishchilarga, jamoalarga va butun jamiyatga ta'sirida namoyon bo'ladi. Buning sababi, mehnat vositalarining rivojlanishi va takomillashishi bilan mehnat mazmuni murakkablashib, yangilanib boradi. Bu jarayon insonning ijodiy tabiati bilan bog'liq. Shunday qilib, zamonaviy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida xodimlarning bilim darajasi va malakasiga qo'yiladigan talablar ortib bormoqda. Xodimlarni o'qitish funktsiyasi zamonaviy tashkilotda xodimlarni boshqarishning ustuvor funktsiyalaridan biridir.
Ijtimoiy tabaqalanish funksiyasi mehnat ijtimoiy tuzilishning hosilasi bo'lib, mehnatning har xil turlari natijalari jamiyat tomonidan turlicha mukofotlanishi va baholanishi bilan bog'liq. Shunga ko'ra, mehnat faoliyatining ayrim turlari ko'proq, boshqalari esa kamroq ahamiyatga ega va obro'li deb e'tirof etiladi. Shunday qilib, mehnat faoliyati jamiyatdagi hukmron qadriyatlar tizimini shakllantirish va qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shadi va mehnat faoliyati ishtirokchilarini darajalar bo'yicha - tabaqalanish piramidasi va obro'-e'tibor zinapoyasining bosqichlari bo'yicha tartiblash funktsiyasini bajaradi.
Xulosa
Kurs ishini yozish uchun o’tkazilgan o’rganishlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Mehnat va mehnat faoliyati tushunchalarini to’liq o’rganish va uning mohiyatini yoritishdagi ilmiy texnik xatolarni to’g’rlash;
2.Mehnatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni ilmiy jhatdan yoritilib uning bugungi kunda iqtisodiyotda qanday muhim tushuncha ekanligiga et’tbor qarartildi;
3.Mehnat faoliyatida band bo’lgan aholi uchub munosib mehnat tushunchasini va uni qanday tashkil etish boyicha ilmiy va huquqiy asoslar tahlil qilib berildi;
Avvalambor, amaldagi Oʻzbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida» Qonuni1 hozirgi vaqtdagi bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga va davlat-хususiy sheriklikni mustahkamlash, mamlakatda mehnat qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarga mos kelmaydi.
Shu bilan birga, “Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Radiatsiya хavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinganligi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish zaruratiMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ushbu qonun loyihasini tayyorlashda qator vazirliklar va tarmoq idoralarining, yirik sanoat korхonalarining takliflari va хalqaro tajriba2 inobatga olingan holda qonun loyihasida oʻz aksini topdi. Bu qonun loyihasi Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzstandart agentligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan hamda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan.
Yana bir muhim fakt – mazkur qonun loyihasining amalga oshirilishi vazirlik va tashkilotlar hamda byudjetdan qoʻshimcha mablagʻni talab etmaydi.Quyidagi asosiy yoʻnalishdagi masalalarni hal etish uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi zarurati tugʻilmoqda:
-tashkilotlarda ish beruvchi va хodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish boʻyicha mas’uliyatini oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baхtsiz hodisa holatlarini yashirish yoki oʻz vaqtida tekshirishni oʻtkazmaslik, mehnatni muhofaza qilish talablari ijrosini nazorat qiluvchi davlat organining koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmaslik holatlariga chek qoʻyish;
-mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarning moliyaviy ta’minotini kuchaytirish;
-mehnat sharoitlari va muhofazasi boʻyicha tegishli nazoratni ta’minlash boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi, davlat boshqaruvi organlari va idoralarining funksiya va vazifalarini belgilash.
Oʻylaymizki, 2016 yilning 1 sentyabridan kuchga kirishi koʻzda tutilgan «Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri:
birinchidan, mehnatni muhofaza qilishni respublika, tarmoq va hudud darajasida samarali va toʻgʻri tashkil qilinishini ta’minlaydi;
ikkinchidan, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishda ish beruvchi bilan birga хodimning ham mas’uliyatini oshiradi;
uchinchidan, mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat nazorat organlarining aralashuvisiz, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarni toʻgʻri tashkil qilishda ish beruvchining qiziqishini oshiradi;
toʻrtinchidan, kasb kasalliklarining va ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalarning oldining olinishi va kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatining oʻsishiga sabab boʻladi hamda хodimlarning, shu jumladan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy himoyasi mustahkamlanishiga hissa qoʻshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |