Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona



Download 1,22 Mb.
bet95/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Junubiy turistik rayoni. Ushbu turistik rayon o‘zining tarixiy va tabiiy rekreatsiya imkoniyatlari jihatidan boshqa turistik rayonlardan ajralib turadi.Qashqadaryo viloyatining betakror tabiati, Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli, ko‘plab diniy ziyoratgoh va madaniy yodgorliklar, milliy an‘ana va udumlari, to‘y va marosimlari mintaqada turizmning ko‘plab turlarini tashkil etish va rivojlantirish imkonini yaratadi. Ayni paytda u bilan chegaradosh Surxondaryo vohasi o‘zining ming yillik tarixi va muqaddas qadamjolari, tabiiy sharoiti va o‘ziga xos mikroiqlimi sayyohlikni rivojlantirishda ahamiyatlidir.
Bu yerda yashab ijod etgan buyuk siymolardan At-Termiziy ziyoratgohi, yuzlab tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklari, jumladan, eramizdan oldingi shahar va qal‘alar xarobalarining halqaro turizmdagi o‘rni nihoyatda muhimdir.
Viloyatda tabiiy go‘zal va o‘ziga xos tabiati, rel‘efi turizmning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish imkonini beradi. Ayniqsa, Xisor tog‘ining go‘zal manzarasi va undagi ko‘plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholining ishdan bo‘sh vaqtlarida miriqib dam olishi va salomatligini tiklashga xizmat qiladi. SHuningdek, bu yerda yashayotgan xalqning uzoq o‘tmish an‘analari, san‘ati, madaniyati va urf-odatlari, mahalliy hamda jahon sayyohlarini qiziqtirishi shubhasizdir. A. Ro‘ziev ta‘rifi bilan aytganda, «bu hudud turizm sohasida ochilmagan qo‘riq bo‘lib, turistik boyliklari hali kashf etilmagan» (Ro‘ziev, 1996).
Quyi Amudaryo turistik rayoni ham ulkan turistik imkoniyatlarga ega bo‘lib, u o‘zining madaniy, tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, hunarmandChiligi hamda san‘atining o‘ziga xosligi, tabiati va boshqalari bilan ajralib turadi. Xorazm vohasi qadimiy madaniyat, ilmu
– fan va san‘ati bilan jahon sayyohlarini hayratga solib keladi. SHu o‘rinda Xiva dunyoda xech bir joyda uchramaydigan majmuali va ko‘p tarmoqli ochiq muzey shahar sifatida mashhurligini ta‘kidlash joiz. Binobarin, yurtimizga tashrif buyurgan har bir chet ellik sayyoh bu afsonaviy sanalmish shaharni tomosha qilishga qiziqadi.
SHuningdek, Qoraqalpog‘iston dunyo miqyosida ekoturizmning o‘ziga xos jihatlarini mujassamlashtirgan turistik rayon hisoblanadi. SHu bois, mintaqani chuqur ilmiy jihatdan o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. CHunki, bu mintaqada yirik shahar va qo‘rg‘onlarning mavjudligi turistik rayonda katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Xususan, qadimiy shahar va qal‘a harobalarini sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish mumkin.
Orol dengizi va uning fojiasini har bir sayyoh o‘z ko‘zi bilan ko‘rgisi keladi. SHu jihatdan Orolbuyi hamda Orol dengizi bo‘ylab turistik marshrutlarni kengaytirish lozim. Ammo hozirgi kunda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish past darajada.
Respublika mintaqalarining turizm imkoniyatlarini tadqiq qilish bilan birgalikda barcha rayonlarda jahon andozalari asosida turizm infratuzilmasi va bozorini shakllantirish lozim. SHu bilan birga kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, firma va korxonalar o‘rtasida sof iqtisodiy raqobatni yuzaga keltirish, shuningdek, turizm sohasini mukammal egallagan malakali turli kadrlarni tayyorlash mintaqalarning turizm muammolarini hal etish va kelajakda mazkur sohani iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘iga aylantirishga xizmat qiladi. Binobarin, respublikaning har bir viloyatidagi o‘ziga xos turistik ob‘ektlaridan oqilona foydalanish O‘zbekistonni turizm rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishiga imkon beradi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish