Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Samarqand viloyati yodgorlik resurslari



Download 1,22 Mb.
bet97/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Samarqand viloyati yodgorlik resurslari


Samarqand tarixi. Ko‘hnaAfrosiyob. Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayot. Arab sayyohi ibn Battutaning Samarqandga tashrifi. Ispan elchisi Lui Gonzales de Klavixoning Temur saroyida bo‘lishi.
Samarqand memorchiligi: Shohizinda majmuyi. Milodiy 7 - asrda yashagan payg‘ambarimizning amakivachchasi bo‘lmish Qusam ibn Abbos 677 - yili shu erda shahid bo‘lib, dafn etilganlar. Mazkur yodgorliklar majmuyi uning sharafiga Shohizinda (Tirik shoh), - deb ataladi. Undaasosan melodiy 9 - asrdan turli maqbaralar qurila boshlagan. Amir Temur bu erda go‘zal binolar - maqbaralar bunyod ettirgan. Arab sayyohi Ibn Battuta ham SHohizinda ziyoratida bo‘lgan. Majmuyda Qusam ibn Abbos maqbarasidan tashqari Qozizoda Rumiy, SHirinbekaog‘a, Shodi Mulk og‘a, Tuman og‘a, Tug‘li Tekin, Amirzoda, UstaAli, Amir Burunduq, Xo‘jaAhmad hamda shaxsi noma‘lum maqbaralar, sakkiz yoqli shiypon va boshqa inshootlar mujassam. Barcha maqbaralar 14 - 15 asrlargaoid.
Go‘ri Amir maqbarasi. Maqbaraasli Temurning farmoni bilan nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun qurdirilgan, lekin, oradan besh oy o‘tgach, Temurning o‘zi ham shu erda dafn etilganligi sababli, Go‘ri Amir nomini olgan. Bu erda Temur va Muhammad Sultondan tashqari, sohibqironning o‘g‘illari - Shohrux va Mironshoh, nabirasi Ulug‘bek, ustozi Mir Sayyid Baraka hamda Shoh Xo‘ja ismli shaxsi noma‘lum qabrlar mujassam. 1941 - yili iyun oyida Go‘ri Amir maqbarasidaarxeolog komissiya qazishmalar o‘tkazgan.
Ruhobod maqbarasi. Shayx Burxonuddin Sag‘arjiy nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu maqbaraAmir Temur tomonidan qurdirilgan va uning ma‘naviy piri, - deyiladi. 19 - asr ma‘lumotlarida uning oldida masjid, minora, darvozaxonalar bunyod etilganligi yozilgan.
Bibixonim masjidi. Amir Temurning Hindistonga zafarli yurishi sharafiga 1399 - yili go‘zal malikasi Saroy Mulkxonim masjid qurdira boshlagan va uni 1404 - yili tugallagan. Masjid ro‘parasida Bibixonim maqbarasi ham mavjud. 1941 - yilgi arxeologik ekspeditsiya ushbu maqbarani ham ochgan. Unda Bibixonim jasadi Temur va Ulug‘bek jasadlari kabi mo‘miyolangan edi.
Registon. Bu erda uchta yodgorlik ansambli mujassam:
Mirzo Ulug‘bek madrasasi. 1417 - yili Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan. O‘z davrida ilm - fan markazigaaylangan. Uning memorchiligi monumental peshtoqlar, yon gumbazlar va minoralardan iborat. Madrasa pishiq bo‘lishiga qaramay shimoli - Sharqiy minora peshtoqdan qochib, anchaog‘a boshlagan, 1932 - yili minora to‘g‘rilangan. Madrasa juda ham hashamatlidir.
Sherdor madrasasi. 1619 - 1636 yillarda Samarqand shahri hokimi Yalangto‘shbiy Bahodir farmoni bilan qurdirilgan. Registondagi Mirzo Ulugbek madrasasining qarama - qarshi tomonida joylashgan va Ulug‘bek madrasasining me‘moriy uslubini qaytargan. Uning me‘mori ustaAbduljabbordir. Madrasa diniy oliy o‘quv yurti vazifasini bajargan. Uning peshtoqi alohida bezaklar va koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoqdagi sherlar tasviri juda jozibali. SHerlarning ohuga tashlanayotgan manzarasi tasvirlangan. SHerlar orqa fonida quyush aks ettirilgan. U odam qiyofasidadir.
Tillaqori madrasasi. 1646 - 1647 yillarda qurilgan bu bino ham Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan. U Registondagi me‘moriy yodgorliklar kompozitsiyasini simmetrik tarzda to‘ldiradi. Ichidagi masjid nihoyasiga yetmagan. Masjid markaziy xonasi jozibali va damdabalidir. Barchaxusnkor jilolarga tilla suvi yurgizilgan. SHuning uchun uni Tillakori, - deb ataladi.
Ulug‘bek rasadxonasi. Mashhur rasadxona Cho‘pon ota tepaligi etagida, Obirahmat arig‘i bo‘yicha qurilgan. Bobur uni uch qavatli, usti sirli qilib bezatilgan edi, - deya yozgan. Rasadxona diametri 46,40 metr, balandligi kamida30 metr bo‘lib, ichida kattaasbob o‘rnatilgan. Bu erda quyosh, oy va boshqa sayyoralar kuzatilgan. Uni arxeolog V.L. Vyatkin topgan vaochgan. Buzilib ketgan rasadxonadan hozirda uning er ostidagi qoldig‘i qolgan, xolos.
Abu Mansur Moturudiy maqbarasi. Uning to‘liq nomi - Imom Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al - Xanafiy al - Moturudiy as - Samarqandiydir. U Samarqandning Moturud
mavzesida 10 - asrda tug‘ilgan, xanafiya mashabining yaratilishida faol ishtirok etgan. Uning tam‘limoti Muvarounnahr, Turkiya va Hindistonda keng yoyilgan. Qabri CHokardiza qabristonida. 2000 - yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov farmoni bilan yodgorlik qayta tiklandi, go‘zal ziyoratgohgaaylandi.
Imom al - Buxoriy maqbarasi. 9 - asrda yashab, "hadis ilmidaamir al - mo‘‘miniyn", - degan sharafli nomga sazovor bulgan muhaddislarning eng buyugi hisoblanadilar. Bobomizdan "Al - jome‘ as - sahih" dek asar bunyod bo‘lib, uning nomini butun islom olamiga tanitdi. Ul zot Buxoro shahrida tavallud topganlar. Ziyoratgoh esa Samarqand viloyatining CHelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida joylashgan. Prezidentimiz farmoni bilan 1998 - yil buyuk muhaddisning hijriy - qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi keng nishonlanib, ungaajoyib yodgorlik majmuyi bunyod etildi.
Hazrati Hizr masjidi. Samarqandda qurilgan birinchi masjid shu ekanligi rivoyat qilinadi.
19 - asrning o‘rtalarida qadimgi masjid poydevoriga hozirgi masjid o‘rnatilgan. Tikkalikda joylashgan bu masjidning oldi peshayvonli bo‘lib, hashamatli. Xonaqoh, darvozaxona, minoralardan iborat. Turli davrlarda qurilgan va tiklangan. Bosh me‘mori ustaAbdulqodir Boqievdir. Yaxshi niyatlar bilan unga yuqoridagi nom berilgan.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish