Vodiy tarixi. Arxeologiyasi, ilm fani va madaniyati. Hunarmandchilik va savdogarlik. Farg‘ona viloyatidagi me‘moriy yodgorliklar.
Qo’qon shahri bo’yicha:
O‘rda - Xudoyorxon saroyi. 19 - asrning ikkinchi yarmida qurilgan. 4 gektar maydonni egallagan. Darvozaxona peshtoqiga "Arki oliy Sayyid Muhammad Xudoyorxon" deb bitilgan. 100 ga yaqin xonalar bor. Asosan g‘ishtdan qurilib zeb berilgan.
Jome masjidi va minorasi. 19 - asr boshlarida Qo‘qon xoni Umarxon qurdirgan. Undaxonaqoh va 98 yog‘och ustunli ayvon mavjud. Masjid 97,5 x 25,5 metrga teng. Uning yonidagi minora22 metr balandlikda.
Kamol qozi madrasasi. 19 - asr o‘rtalarida qurilgan. Unda darsxona, hujralar vaayvonli masjid bo‘lgan.
Miyon hazrat (Miyon Ahmad) madrasasi. 18 - asr oxirida qurilgan. Madrasani xon huzurida maslahatchi lavozimida ishlagan Miyon Ahmad ismli kishi qurdirgan. Unda darvozaxona, hujra (darsxona)lar, masjid, xovli va minoralar bor. Muqimiy shu madrasada tam‘lim olgan.
Dahmai Shohon va Modarixon dahmalari. Bu ikkala yodgorlik ham 19 - asrgaoid. Dahmai Shohon hazirasi - Qo‘qon xonlarining qabristonidir. U qubba - peshtoqli kirish yo‘lak, ikki ustunli masjid vaayvondan iborat. Modarixon "Xon onasi" hazirasida esaxonzodaayollar ko‘milgan. Majmuada peshtoq, gumbaz va ikki minora saqlanib qolgan.
Norbo‘tabiy madrasasi. 18 - asrning ikkinchi yarmida qurilgan. U bir qavatli hovlili binodan iborat, tarxi to‘rtburchak. (52 m. x72 m.). To‘rt burchagida minoralar ishlangan. Unda masjid va darsxona bor.
Gishtli masjid. Mahalla masjidi bo‘lib, 20 - asr boshlarida qurilgan. Xonaqoh vaayvondan iborat. Ixcham tarxli va go‘zal qilib bezatilgan.
SHuningdek, Mulkobod masjidi (20 - asr), Ayubboy, Olimxon xoji, Abdurrahmon qozi,
Sm‘dixon qozi nomli 20 - asr boshlarida qurilgan uylar ham alohida tarixiy qimmatga ega.
Buvayda tumani bo‘yicha:
Podshoh Pirim majmui. Uning o‘zagini SHoh Jalil dahmasi tashkil etadi. SHoh Jalil avliyo sifatida tan olingan. Majmua ikki hovlidan iborat: 15 - asrgaoid peshtoqli - gumbazli darvozaxona va 20 - asrgaoid ochiq masjid. 15 - 16 asrgaoid qabr va dahmalar.
Bo‘stonbuva maqbarasi. Bu erda SHoh Jalilning otasi dafn etilgan. Obida 15 - 16 - asrlarga tegishli ekanligi aniqlangan.
Bibi Buvayda dahmasi. Bu ayollar dahmasidir. Unda shoh Jalilning onasi vaxotini ko‘milgan. Gumbazli ikki xonadan iborat. Buvayda tumani shu nom bilan saqlanib qolgan.
Shuningdek, Rishton tumanidagi Jahonobod masjidi, Xo‘ja Ilg‘or masjidi, Qorixonaxonaqohi. Oltiariq tumanidagi Xalfa Tillo majmui (bularning bari 20 - asr boshlarigaoid); Marg‘ilondagi Pir Siddiq majmui, Xo‘ja mag‘iz maqbarasi (bularning ikkalasi 18
asrgaoid), CHaqar masjidi (20 - asr), Sayyid Ahmadxo‘ja madrasasi (19 - asr oxiri), Turonbozor masjidi (19 - asr) ham tarixiy ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |