Chili Janubi - Farbiy Amerikada joylashgan davlat. Hududi 756.626 kv.km. Yirik shaharlari: Sant‘yago (4.3 mln.). Vin‘ya- del‘-Mar (302 ming). VAl‘paraiso (276 ming). Tal‘kauano (221 ming). Konseps‘on (330 ming). Aholisi 14.2 mln. kishiga yaqin. shundan kreollar 68%. yevropaliklar 30%ni. 2.0%ni xindular tashkil etadi.
Chili hududi F.Magellanning ekspeditsiyasi tomonidan 1520 yilda ochilgan va Ispaniya mustamlakasiga aylantirilgan. XIX asrning boshlarida mustaqillik uchun kurash kuchaydi va 1810 yilning 18 sentyabrida mustaqil Chili davlati yuzaga keldi. Boshqa Lotin Amerikasi davlatlaridan farqli ravishda bu yerda nisbatan siyosiy mo‘‘tadillik hukmron bo‘ldi. 1973 yil 11 sentyabrda Sal‘vador Al‘ende boshliq hokimiyat harbiy yo‘l bilan ag‘darildi. hokimiyat tepasiga A.Pinochet (1973-1989 yy.) boshChiligidagi harbiy xunta keladi.
Siyosiy partiyalar faoliyati ta‘qiqlanadi. Iqtisodiy sohada neoliberal tamoyillarga amal qilinadi. «Ochiq» iqtisodiy siyosat oqibatda yaxshi natijalar berdi. 1980-yillarning boshida «Chili mo‘‘jizasi» to‘g‘risida gapira boshladilar. chunki aholining iste‘mol darajasi o‘rta miqyosda rivojlangan mamlakatlar qatoriga yetib olgandi.
Olib borilgan siyosat tufayli Chili Lotin Amerikasidagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylandi. Mamlakat erishgan yutuqlarda liberal siyosat bilan birga xorij investitsiyalari ham katta ahamiyat kasb etdi. Xorijiy sarmoyalarning 34% xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirildi. Iqtisodiy faol aholining 60.5% savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
YaMM 97.7 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga 7.010 AQSH dollarini tashkil etadi. Temir yo‘llar uzunligi 7.766 km.. avtomobil‘ yo‘llar uzunligi 79025 km.. ichki daryo yo‘llarining uzunligi esa 725 km. asosiy dengiz portlari: Ikike. VAl‘paranso. Asosiy savdo sheriklari AQSH. Yaponiya. Buyuk Britaniya. Germaniya. Braziliya. so‘nggi yillarda Yangi industrial mamlakatlar va asosan XXR bilan savdo-sotiq tobora avj olmoqda. Mamlakatda ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan. qashshoqlik masalasi keskin muammo bo‘lib turibdi. 44% aholi kambag‘allik darajasida yashaydi.
Xalqaro va ichki turizm sust darajada rivojlanmoqda. 2000 yilda bu mamlakatga 1.7 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgani kuzatilgan. 1999 yilga nisbatan 6.0% ga o‘sish kuzatiladi. Lekin
2002 yilda 1.4 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 2000 yilga nisbatan 2001 yilda 1.1% ga. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda 18.0% ga xorijiy turistlar tashrifi kamaygan.
Bu keltirilgan misollar mamlakatda turizm sohasiga yaxshi e‘tibor qaratilmaganligi natijasi bo‘lsa kerak.
Chili mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarning 0.20%i. Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 1.2%i Chili mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi – 18.0% ga kamaydi.
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining 0.15%i. Amerika mintaqasi tushimlari bo‘yicha 0.6% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yil daromadlar miqdori 8.2% ga kamayganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Chili mamlakatida 519 AQSH dollarini tashkil qilgan. jahon bo‘yicha bu ko‘rsatgich 23.2% ga. Amerika mintaqasi bo‘yicha 48.0% ga past bo‘lgan. Tahlil natijalari ham Chili mamlakatida turizm industriyasini sust rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Chili va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994 yil 15 sentyabrda o‘rnatilgan. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 26% turli soliqlar hisobiga to‘ldiriladi va Lotin Amerikasida eng yuqori hisoblanadi. Hukumat qadamba-qadam minimal ish haqini oshirib borayapti. Inflyatsiya darajasi ham ancha past. bu mamlakatda savodxonlik darajasi ancha yuqori -
89%. Ta‘lim tizimi ham yaxshi rivojlangan. Yetakchi universitetlari: Chili. Val‘parasio. Katolik.
Chili davlatining og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqishi o‘rnak bo‘lishi mumkin. Uni o‘rganish va amalda qo‘llash katta ahamiyat kasb etadi.