10. Skandinaviya mamlakatlari Shedsiya. Finlandiya. Narvegiya. Daniya turizmi
1980 yillardan boshlab skandinaviyada ishbilarmonlar turizmi juda tez rivojlana boshladi. CHet mamlakatlardan kelgan mehmonlarning 1/3 qismini Skandinaviyaga tegishli
boshqa mamlakat fuqarolari tashkil qiladi. Buni esa o‘z shaxsiy turistik mahsulotlarini rivojlantirayotgan mahalliy turistik tashkilotlarning faol ish natijalari deb hisoblash lozim. Bu yerda shubhasiz mamlakatlar orasidagi madaniy tafovutlar va mahalliy qonunlar muhim rol‘ o‘ynaydi. Skandinaviya mamlakatlarini turizm bozorini ta‘minlovchi asosiy mamlakatlar Shimoliy Amerika mamlakatlari hisoblanadi. XIX asrda Skandinaviyadan Shimoliy Amerikaga katta emigratsiya uyushtirilganligi natijasida ushbu ikki hudud orasida madaniy aloqalar o‘rnatilgan.
Dunyo haritasini kuzatsangiz. Yevropa qit‘asining Shimoliy qismida o‘ljasiga tashlanayotgan yo‘lbarsga o‘xshab ketadigan quruqlikni ko‘rasiz - bu Shedsiyadir. Bu quruqlik qadimdan Skandinaviya deb yuritilib kelingan. Yarim orolning bir qismida Birlashgan millatlar tashkiloti toifalashtirishiga ko‘ra. eng rivojlangan davlatlarning biri - Shedsiya joylashgan. Bu iqtisodiy baquvvat. aholisi farovon yurtning hududi yarim orolning 60%ni egallaydi. hududi - 449 kv.km. Mamlakat hududining 54% o‘rmonlar. 16% tog‘lar. 9% ko‘llardan iborat. Aholisi 10 mln. kishiga yaqin bo‘lib. uning bir millionini muhojirlar tashkil etadi. Yevropa Ittifoqi a‘zosi.
Mamlakatning keyingi vaqtdagi erishgan iqtisodiy muvaffaqiyati butun dunyoga
―Shedsiya modeli‖ nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Bizning respublikamiz Shedsiya bilan taqqoslanganda. hududi qariyb teng bo‘lsa-da. ammo bu ikki mamlakatning jo‘g‘rofiy o‘rni. tabiiy boyliklari. aholisining soni bilan bir-biridan keskin farq qiladi. SHunday bo‘lsa-da. mustaqil respublikamiz bozor iqtisodiyotiga jadal kirib borayotgan bir sharoitda Shedsiya iqtisodchilarimizda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir.
Mamlakatning 80-yillardagi rivojlanishi. 1983 yildan beri Shved iqtisodiyotida uzluksiz o‘sish qayd qilinishi shuni ko‘rsatadiki. Shved modeli sharoitga moslasha oladi. Bu bilan u o‘zining hayotiyligini isbot qildi. SHuni ta‘kidlash kerakki. Shved modeliga 50-yillarning boshlarida asos solindi va keyinchalik sotsial-demokratlar iqtisodiy siyosatining muhim o‘zagi bo‘lib kelmoqda.
Shved modeli shunga asoslanadiki. davlat firmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmaydi. mehnat bozorida faol siyosat yurgizadi. bozor ijtimoiy-iqtisodiy chiqimlarini iloji boricha kam miqdorda sarflaydi. Modelning yana bir muhim tomoni shundaki. xususiy tarmoq ishlab chiqarishini yuksak o‘stirish. xalqning turmush darajasini yaxshilash. soliqlar tizimi orqali davlat tomonidan olingan foydaning iloji boricha ko‘proq qismini aholiga bo‘lib berishni nazorat qiladi. Bunda asosan jamoa pul fondlari va infratuzilma unsurlariga ko‘proq yon bosiladi. O‘z navbatida soliqlar va davlat harajatlari orqali milliy daromadning taqsimoti iste‘mol qilinishi va qayta bo‘lib berilishida davlat roli tobora oshib bordi. Shuning uchun ham bunday faoliyatni
«funktsional sotsializm» deb atashmoqda. Shved modelining bu jihatlari mamlakatimiz faoliyatida o‘rin olsa. foydadan holi bo‘lmaydi.
YaMM 163.1 mlrd. AQSH dollari. jon boshiga 18580 dollarni tashkil etadi.
Shved modelining ahamiyat kasb etuvchi tomonlari. xususan. uning yuqori darajada institutlashtirilganligi. ya‘ni qonunlashtirilganligi davlatning inqirozlarga qarshi siyosatining faolligidadir.
Shedsiya mamlakatining turistik markazlari butun o‘lka bo‘ylab tarqalgan. Bu mamlakat xalqaro ichki turizmning asosiy markazi bo‘lib. poytaxti Stokgol‘m va shahar chekkalari hisoblanadi. Hudud o‘z tarkibiga ikki mingdan ortiq bo‘lgan orollardan tashkil topgan arxipelagni qamrab oladi. Ushbu orollarning ko‘pchiligiga katerlar yordamida boriladi. 1990 yilda ushbu hudud Upsala shahri bilan birgalikda ichki turistlarning 17% ni va xorijiy turistlarning 24% ni qabul qilgan. Mamlakatning boshqa ommabop turistik hududi plyajlarga ega bo‘lgan 400 km. masofalik oltin qirg‘oq hisoblanadi. Unga ichki turizmning 14%i. xalqaro turizmning 13.7%i to‘g‘ri keladi. Ulardan keyin Shved ko‘llari hududi. Glass mamlakati hamda tungi qirg‘oq turadi. Ularning har biriga turizm ichki bozorining 10%i to‘g‘ri keladi. Shedsiyaning internet orqali turistik mahsulotlarni sotish ulushi 2000 yilda 19% ni tashkil etgan.
Shedsiya O‘zbekiston Respublikasini 1992 yilning 16 yanvarida tan oldi. O‘sha yilning 8 aprelidan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi siyosiy. iqtisodiy va
madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.