TURIZMNING PASSIV TURIGA turistlik sayyohlikning tinchroq va kam kuch sarf qilinadigan, jismoniy zuriqishga xos bo‘lmagan turi kiradi.
TURIZM STRATEGIYaSI turizmni rivojlantirish va qayta tashkillashtirish sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat avvalo amalga oshirish uchun vaqt va kattagina moliyaviy resurslarni talab etuvchi maqsadli dasturlar va rivojlanishning umumiy kontseptsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
TURISTIK AGENTLIK- xorij yoki mamlakat ichida turistik safarlarga tayyorgarlik ko‘rishda ma‘lum ishlarini bajaradigan tashkilot.
TURISTLIK KLASS 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, Shved stoli bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turidir.
TURTO’PLAM(turpaket) – iste‘molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi.
TURIZM TAKTIKASI – bu aniq sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish usullari va aniq chora tadbirlardir (masalan, xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi, turizmda narxni shakllantirish, soliqqa tortish va h.k.). Turizm taktikasining maqsadi mazkur xo‘jalik vaziyatida yanada maqbul yechimni tanlashdan iboratdir.
TURISTLIK TALAB -to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistlik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistlik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi
TURIZMDA TAKLIF-bozordagi talabga muvofiq vujudga keladi, ya‘ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi.
FLAYTEL- Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat va mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‘nish maydonchasi va meteorologik xizmat aloqalari bilan jihozlangan.
FLOTEL- Ko‘p hollarda «suvdagi kurort» deb nomlanuvchi katta mehmonxona. Turistlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi shinam nomerlar: basseyn, suv chang‘ilari, baliq ovlash uchun sharoit yaratadigan, suv ostida suzish, suv osti ovi, trenajer zallari, konferentsiya va kongresslar uchun zallar, kutubxona, turli-tuman ta‘minotlar (telefon, telefaks, teletayn, televizor, va x.k).
XALQARO TURIZM –vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to‘lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistlik maqsadlarda safar qilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |