KO’NGIL OCHAR TURLAR– (entertainment) turizm dasturlarida ma‘lum ma‘noda turistlar uchun qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. «Turistning yaxshi ko‘ngil ochishi» uchun xizmatlarning barcha qirralarini ochishda yordam beradi. Bu faol o‘yinlar (gol‘f, kriket, kegli), otlarda sayr qilmoq, attraktsionlarga borish (tematik bog‘lar, masalan, Disneylend, Delfi kari, zooparklar), restoranlar, dangsinglar, disko klublar, magazinlar, kazino va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
LYuKS KLASS. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli xashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, xashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
MALAKAVIY ISH TURIZMI. Turizmning mazkur turiga ish maqsadlari bilan safarlar kiradi. Hozirgi zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog‘lash zaruriyatini chiqarmoqda. So‘ngi yillarda ishchan soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari ommaviy tus olmoqda.
MAROSIM TURIZMI– (ritualtour) odatda qarindoshlarning qabrlari yoki janglarda vafot etganlar dafin etilgan joylarga uyushtiriladi. Qarindoshlar yoki yaqinlar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qilish marosim turizmining asosini tashkil etadi.
MEHMONXONA-APARTAMENT (APART-OTEL)- Sig‘imi bo‘yicha kichik yoki o‘rta o‘lchamli (400 o‘ringacha) yirik shaharning doimiy bo‘lmagan aholisi uchun xosdir. Vaqtinchalik turar joy sifatida ko‘p yillarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishdan foydalaniladigan kvartira (ijara) tipidan tashkil topadi. Mehmonxonani mazkur tipida narxlar qoidaga ko‘ra joylashuv muddatiga bog‘liq ravishda (turlanib) turadi. Uzoq muddatga to‘xtab o‘tuvchi oilaviy turistlar, biznesmenlar va ijarachilarga xizmat ko‘rsatadi.
MEHMONXONA-HOVLI- Otellardan sig‘imi, xizmat ko‘rsatishi, sodda standartligi bilan ajralib turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi uchun qator jamoa xonalarini mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Mehmonxona-hovli tarkibi (strukturasi)da restoran yoki barni mavjud bo‘lishi majburiydir.
MOTEL-SHahar tashqarisida, shahar bo‘yida, magistral yo‘l yoqalarida joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki o‘rta korxonalardir (400 o‘ringacha). Kam sonli xodimlarni o‘rta darajali xizmat ko‘rsatishi harakterlidir. Mijozlari bo‘lib havaskor avtoturizmiga urg‘u berilgan turli kategoriyadagi turistlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |