1.Pedagogika nazariyasi va amaliyotida individual va differensial ta’lim.
Oliy o`quv yurtlarida «Ta’lim» sohasi va «Fan» sohasi bo`yisha kadrlar tayyorlanishi, shu sababli pedagogika va xususiy metodika fanlari mazmuni va ularga ajratilgan soatlarning bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi tufayli «Pedagogika nazariyasi va tarixi» kursida ko`zda tutilgan «Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish», «Hozirgi davr o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmunini tabaqalashtirish muammolari». «Majburiy va ixtiyoriy o`quv fanlari»; «Darsda o`quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yalpi, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini uyg’unlashtirish» kabi savollar hamda «Ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish», «O`qituvchining iqtidorli bolalar bilan ishlashi», «O`quvchilarda bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish» kabi kurs ishlari mavzulari bo`lajak fizika, matematika, biologiya va h.k. o`qituvchilariga mo`ljallangan. «Pedagogika» fani mazmunida o`z aksini topmagan. Shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari ushun amaldagi «Pedagogika masalalari» fani dasturi mazmunida ham tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasini o`rganishga urg’u berilmagan hamda bu sohada ularga mo`ljallangan o`quv-pedagogik adabiyotlar taqchilligi sezilmoqda.
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, oliy o`quv yurtida «Fan» sohasi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar – bo`lajak fizika, matematika, kimyo va h.k. o`qituvchilarini tabaqalashtirilgan ta’lim nazariyasi, mazmuni, shakl, metodlari bilan ma’lum darajada tanishtirish, ularga mo`ljallangan «Pedagogika» fanining bu sohadagi ichki imkoniyatlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi
Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Hozirgi davrda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, lektsion-seminarli, differensial va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual;
2) sinf-darsli;
3) ma’ruza-seminarli.
Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo‘lishi bilan o`sha davrda yashagan insonlar turli belgilar yordamida kata yoshdagilar o‘zining hayotiy tajribalarini yoshlarga o‘rgatgan. O‘qituvchi va o‘quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. Antik davr va o`rta asrlarda o`qishni tashkil etishning individual shakli yagona usul bo‘lgan, bu usul ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgasha keng foydalanilib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |