106
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim
tizimini
takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining
ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi
«Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son
Farmoni qabul
qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida,
shu jumladan,
ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-
internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda
akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv
yilidan
boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining
11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka
(kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida
amalga oshirilishi belgilab berildi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilari ta'lim
olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va
qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari
yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur
jihozlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-
oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga
kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar
kollejlarida amalga oshiriladi.
107
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib
quyidagilar belgilab qo‘yildi:
o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini
ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni
o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari,
mahalliy va xorijiy
ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda
kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik
ta'minotini takomillashtirib borish;
kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim
berish
sifatini ta'minlash;
o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol
shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash;
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab
etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash.
Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning
intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va
kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi.
Akademik litseyda
o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b.
sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga
qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: