86
tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik
muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi,
chunki intervyu
javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim
paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi.
Test
metodi –ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga
javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini
o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa
vaqt ichida katta hajmdagi
ma'lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test
sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga
aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning o‘rtalarida abiturient biron bir oliy
o‘quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon
topshirar va ularning javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p
hollarda sub'ektiv quyilar, imtihon qilinayotgan fanlar
javoblari birin-ketin
chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy
baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois
yoshlarning talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay olmasdi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning
bilimiga xolisona
yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida
oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e'tiboran abiturientlarning bilim
darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari
o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob'ektiv baholanadi.
Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni o‘zlashtirganlik
darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga
zamin yaratadi.
Test savollarining o'rni va ularning mazmunan rang-barang qilib
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning
mustaqil fikrlarini
o'stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi.
So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini
bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini
87
o‘rganishga
imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-
istaklarini bilish va
tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida
o'tkaziladi.
Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard
natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi
anketalar mazmuniga, berilayotgan
savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda test
savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan
ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: