80
Aniqlik
tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik
hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli
manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar.
Pedagogik
metodologiyada
izchillik
qabul qilingan atamalarning bir
xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishga
erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida namoyon bo‘ladi
.
Tizimlilik
- o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida
tasniflash,
tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o‘rnatish,
konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni
Tanqidiylik
–urganilayotgan muammoga turli nuktai nazardan baho bera
olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta'minlash bilan farazlar va nazariyalarni
uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan
voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini
belgilashda ob'ektivlik, izchillik,
aniqlikni nozik, ehtiyotkorona ko‘llashni talab
etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni
tanqidiy tekshirib ko‘rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi.
Boshqacha
aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya –
xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi.
Yuqoridagi fikrlar turli fan soha lari buyicha tadkikot olib boruvchilarga
tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga xos ba'zi bir xususiyatlari bilan
farqlanadi. Avvalambor, pedagogika soxasidagi izlanishlar tadkikotchidan
pedagogik tajribaga ega bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-
chikir”laridan xabardor bulishni talab etadi.Kolaversa, pedagogik muammoning
dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim
bosqich hisoblanadi.
Pedagogikada tadqiqotchi ob'ektlar (o‘qituvchi,
tarbiyachi, o‘quvchi
talabalar va boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda
undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga,
dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim.
81
Pedagogik voqyelikni to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish
uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”
22
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning metodologik
masalalariga qiziqish katta. Ijtimoiy hayot davomiyligi va fan rivojining yuqori
pog‘onasi shaxs kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo‘lgan savollarni yuzaga
chiqarmoqda. Masalan, shaxsning ma'naviy kiyofasini sotsiokorreksiya kilish
masalalari, shaxs tarbiyasida
vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo
bo‘lishi, ularni bartaraf etish yo‘llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu
masalalarni hal etishda eskicha yondashuvlar yordam bera olmaydi. Metodologiya
ham amaliyot talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarish
qonuniyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi.
Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni davom etmoqda,
mavjudlarini tubdan takomillashtirish, ilmiy bilish mantiqini loyihalash,
tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga e'tibor
qaratilgan.
Boshqa tomondan, metodogiyaning dunyoqarash jihatlari – chuqur
nazariy umumlashma, bashoratlash, fan strategiyasini va uning mavqyeini oshirish
jamiyat islohotlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarning
tezlashuvini ta'minlashda o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan
to‘la xalos bo‘lish, milliy g‘oyani fuqarolar ongiga singdirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: